{"id":101944,"date":"2023-08-27T17:39:33","date_gmt":"2023-08-27T14:39:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=101944"},"modified":"2023-08-27T17:39:35","modified_gmt":"2023-08-27T14:39:35","slug":"xojand","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xojand\/","title":{"rendered":"Xo&#8217;jand"},"content":{"rendered":"\n<p>Xo&#8217;jand (193691 yillarda Leninobod) \u2014 shahar, Tojikiston Respublikasi Sug&#8217;d viloyati markazi. Farg&#8217;ona vodiysining g&#8217;arbiy qismida, Turkiston tizmasi bilan Mo&#8217;g&#8217;ul tog&#8217; o&#8217;rtasida, Sirdaryo bo&#8217;yida joylashgan. Temir yo\u2019l stantsiyasi. Dushanba shahrigacha 341 kilometr. Aeroport bor. Aholisi 147 ming kishidan ziyod (2001), asosan, tojiklar va o&#8217;zbeklar, shuningdek, rus, tatar, ukrain, koreys, afg&#8217;on, nemis, qirg&#8217;iz, turkman va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Xo&#8217;jand O&#8217;rta Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan bo&#8217;lib, miloddan avvalgi 1-ming yillikda vujudga kelgan. Arxeologik qazishmalar natijasida shahar hududidan miloddan avvalgi 6-4-asrlarga oid tarixiy ashyolar topilgan. Miloddan avvalgi 329 yilda shaharni Aleksandr Makedoniyalik egallagan. Tarixiy ma&#8217;lumotlar bo&#8217;yicha shahar 7-asrning 2-yarmida Xo&#8217;jand nomi bilan mashhur bo&#8217;lgan (Xo&#8217;jand orqali Xitoydan Yevropaga Buyuk ipak yo&#8217;li o&#8217;tgan). 8-asrda Arab xalifaligi, 13-asrda mo&#8217;g&#8217;ullar imperiyasi, 14-15-asrlarda Temuriylar, 16-asrda Shayboniylar, so&#8217;ngra Qo&#8217;qon xonligi tasarrufida bo&#8217;lgan. 1866 yilning 24 mayida shaharni podsho Rossiyasi qo&#8217;shinlari bosib oddi. Xo&#8217;jand 1924 yilda O&#8217;rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi o&#8217;tkazilgandan so&#8217;ng O&#8217;zbekiston tarkibiga kirgan, 1929 yildan Tojikiston tarkibiga o&#8217;tkazilgan. O&#8217;tmishda Xo&#8217;jandda kustar Ipakchilik rivojlangan. Shahar savdo va hunarmandchilik markazi sifatida Buyuk ipak yo&#8217;lining chorrahasida O&#8217;rta Osiyoni Hindiston, Eron, Yaqin Sharq, Xitoy va O&#8217;rta dengiz havzasidagi mamlakatlar bilan bog&#8217;lab turishda muhim ahamiyatga ega bo&#8217;lgan. Shahardan o&#8217;nlab tarixiy shaxslar, Temur Malik, munajjim va riyoziyotshunos Abdumahmudi Xo&#8217;jandiy (10-asr), shoirlardan Mahasti Xo&#8217;jandiy (12-asr), Kamol Xo&#8217;jandiy (14- asr), Muhammadaminxo&#8217;ja Koshif (1825 \u2014 87), Abdullo Fayoz (1847-1934), Asiriy; geograf va sayyoh Hoji Yusuf Mirfayozov (1842\u2014 1925), faylasuf olim Muhammad Osimiy (1920-96) va boshqalar yetishib chiqqan. Xo&#8217;jand \u2014 mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniyat markazi. Sanoatining asosiy tarmoqlari \u2014 to&#8217;qimachilik, metallsozlik, oziq-ovqat sanoatlari. Ipak kombinati, poyabzal, mebel fabrikalari, konserva va go&#8217;sht, sut ktlari, yog&#8217;moy ekstrakt, pilla, paxta tozalash, sirli idishlar, avtota&#8217;mirlash va boshqa zavodlar, qurilish materiallari, shisha ishlab chiqarish, matbaa korxonalari, mebelsozlik fabrikalari, &#171;Panjshanbe&#187; bozori faoliyat ko&#8217;rsatadi. 20 dan ziyod umumiy ta&#8217;lim maktabi, 5 oliy o&#8217;quv yurti, Tojikiston Fanlar Akademiyasining, Respublika yozuvchilar uyushmasining bo&#8217;limlari, 10 dan ziyod o&#8217;rta maxsus bilim yurti, kasb-hunar bilim yurtlari, madaniyat saroyi, musiqali drama va xalq teatrlari, o&#8217;lkashunoslik muzeyi, madaniyat va istirohat bog&#8217;i, Toshxo&#8217;ja Asiriy nomidagi viloyat kutubxonasi, Tojikiston Fanlar Akademiyasining Botanika bog&#8217;i, mehmonxonalar mavjud. Me&#8217;moriy yodgorliklardan Shayx Muslihiddin maqbarasi (14-asr), shahar qal&#8217;asi (O&#8217;rda qoldiqlari, 7-8-asrlar) saklangan. Nasriddin Mamanazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xo&#8217;jand (193691 yillarda Leninobod) \u2014 shahar, Tojikiston Respublikasi Sug&#8217;d viloyati markazi. Farg&#8217;ona vodiysining g&#8217;arbiy qismida, Turkiston tizmasi bilan Mo&#8217;g&#8217;ul tog&#8217; o&#8217;rtasida, Sirdaryo bo&#8217;yida joylashgan. Temir yo\u2019l stantsiyasi. Dushanba shahrigacha 341 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xojand\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-101944","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101944","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=101944"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101944\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":101945,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101944\/revisions\/101945"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=101944"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=101944"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=101944"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}