{"id":101954,"date":"2023-08-27T17:45:12","date_gmt":"2023-08-27T14:45:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=101954"},"modified":"2023-08-27T17:45:13","modified_gmt":"2023-08-27T14:45:13","slug":"xojayev-fayzulla","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xojayev-fayzulla\/","title":{"rendered":"Xo&#8217;jayev Fayzulla"},"content":{"rendered":"\n<p>Xo&#8217;jayev Fayzulla (1896.1.7, Buxoro \u2014 1938.15.3, Moskva) \u2014 davlat va siyosat arbobi. Savdogar oilasida tug&#8217;ilgan. Buxoro madrasasida 2 yil tahsil olgach, 1907-12 yillarda Moskvada xususiy maktabda o&#8217;qigan. Buxoroga kaytgach, 1912 yildan yosh buxoroliklar partiyasining, 1913 yildan partiya MKning a&#8217;zosi bo&#8217;ldi. Otasidan meros qolgan katta boylikni yangi usul maktablari ochishga, yosh buxoroliklar siyosiy faoliyatini moddiy qo&#8217;llabquvvatlashga sarfladi. 1917 yildan boshlab Xo&#8217;jayev va Fitrat partiyaning so&#8217;l qanotiga boshchilik qilib, Buxoroda avval konstitutsion monarxiya, so&#8217;ngra demokratik respublika tuzish uchun kurashdilar. Yosh buxoroliklar Amir tomonidan ta&#8217;qib kilingach, Xo&#8217;jayev va uning safdoshlari Buxoroni tark etishga majbur bo&#8217;lishdi. Xo&#8217;jayev 1920 yil yanvarda Toshkentda tuzilgan inkilobchi yosh Buxoroliklar partiyasi Turkiston Markaziy byurosi raisi, &#171;Uchqun&#187; gazeta muharriri (1920 yil aprel\u2014 sentabr). 1920 yil 14 sentabrda BXSR hukumati \u2014 Xalq Nozirlar Sho&#8217;rosi tuzilib, Xo&#8217;jayev hukumat boshlig&#8217;i qilib saylandi. BXSR tashki ishlar noziri (1920-22), harbiy ishlar noziri (1921-24), ichki ishlar noziri (1922), BXSR mexnat va mudofaa kengashi raisi (1922-24). Shuningdek, Sharkiy Buxoro Inqilobiy harbiy kengashi raisi (1923 \u2014 24), SSSR harbiydengiz ishlari xalq komissarligining O&#8217;zbekiston SSR bo&#8217;yicha rasmiy vakili (1925 yildan). Xo&#8217;jayev BXSRning mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritishiga, iqtisodiy islohotlar o&#8217;tkazish va demokratik erkinliklarni joriy qilishga alohida e&#8217;tibor qaratib, Sovet Rossiyasidan tashqari Eron, Turkiya, Afg&#8217;oniston, Xitoy, Ozarbayjon, XXSR, shuningdek, Germaniya va Yaponiya bilan diplomatic aloqalar o\u2019rnatgan. U talabalarni xorijga jo\u2019natib o&#8217;qitishning tashabbuskorlaridan biri bo&#8217;lgan.O&#8217;zbekiston SSR inqilobiy qo&#8217;mitasi (Revkom) \u2014 Muvaqkat ishchidehqon hukumata raisi (1924 yil noyabr \u2014 1925 yil Fevral), O&#8217;zSSR XKS raisi (1925-1937), SSSR MIK raislaridan biri. Xo&#8217;jayev o&#8217;z faoliyati davomida o&#8217;zbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. U VKP(b) MK O&#8217;rta Osiyo byurosi va O&#8217;zbekiston KP MKga nisbatan muxolifat mavqeida turgan &#171;o&#8217;n sakkizlar guruhi&#187; (1925 yil noyabr) ga xayrixoh bo&#8217;lgan.. &#171;Quloq&#187;larni sinf sifatida tugatish siyosatini yoqlamagan. O&#8217;zbekistonda yoppasiga chigit ekilishi paxta yakkahokimligiga olib keladi, deb hisoblagan. O&#8217;zbekistonda zamonaviy sanoat inshootlari qurilishida tashabbuskor bo&#8217;lgan. Xo&#8217;jayev davlat arbobi, tarixchi va iqtisodchi olim, publitsistjurnalist sifatida boy ilmiy meros qoldirgan. Uning &#171;Buxoro inqilobining tarixiga materiallar&#187; (1926), &#171;Buxorodagi revolyutsiya va O&#8217;rta Osiyoning milliy chegaralanishi tarixiga doir&#187; (1932) kitoblari, &#171;BXSRdagi iqtisodiy ahvol&#187; (1924), &#171;yosh buxoroliklar to&#8217;g&#8217;risida&#187; (1926), &#171;Jadidlar&#187; (1926), &#171;Bosmachilik&#187; (1930) maqolalarida O&#8217;zbekiston tarixining 20-asr 1-choragidagi jiddiy muammolar ko&#8217;rsatilgan. Xo&#8217;jayev 1937 yil 9 iyulda Moskvada qamoqqa olindi. O\u2019nta Sovetlarga qarshi &#171;o&#8217;ng Troskiychi blok&#187; faoliyatiga qo&#8217;shilganligi hamda &#171;Milliy Ittihod&#187; tashkiloti faoliyatiga rahbarlik qilganlik, &#171;bosmachilik&#187; harakati va qo&#8217;rboshilarni qo&#8217;llabquvvatlaganlik, Fitrat, Cho&#8217;lpon, Abdulla Qodiriy va boshqa o&#8217;zbek ziyolilariga g&#8217;amxo&#8217;rlik ko&#8217;rsatganlik kabi ayblar qo&#8217;yishdi va otishga hukm qilindi. Hukm Moskva atrofidagi Butovo qatlgohida ijro etilgan. 1965 yil 6 martda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi Xo&#8217;jayevni aybsiz deb topdi va oqladi. O&#8217;zbekistonda Xo&#8217;jayevning 100 yillik yubileyi nishonlandi (1996). Xo&#8217;jayev asarlari va u haqidagi tadkiqotlar nashr etildi. &#171;Buxoroning jin ko&#8217;chalari&#187; (A. Muxtor) qissasi, &#171;inkilob tongi&#187; (K. Yashin) dramasi, &#171;men yashashni istayman&#187; (N. Naymov) romanxronikasi va boshqa asarlar Xo&#8217;jayev faoliyatiga bag&#8217;ishlangan. Bu xoro universiteti, Buxoro shahridagi pedagogika kolleji, Buxoro shahridagi ko&#8217;cha, Toshkentdagi metro bekati, ko&#8217;cha, ko&#8217;plab shirkat xo&#8217;jaliklari, maktab va mahallalar Xo&#8217;jayev nomi bilan ataladi. Buxoroda haykali bor. BXSRning qizil yulduz (I darajali) ordeni bilan mukofotlangan (1922). As: Izbrannie Trudi, t. 1-3, T., 1970\u2014 73; tanlangan asarlar, 1\u20143j. lar, T., 1976\u2014 80; Ad.: Politicheskaya jizn russkix musulman do fevralskoy revolyusii, Oksford, 1987; Fayzulla Xo&#8217;jaev qayoti va faoliyati haqida yangi mulohazalar, T., 1997; Fayzulla Xodjaev. 100 let, Navoi, 1996; O&#8217;zbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [O&#8217;zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Eshonov O. E., Fayzulla Xo&#8217;jayev, T., 1973; Hasanov M., Fayzulla Xo&#8217;jaev, T., 1990; Baqoev M., Fayzulla Xo&#8217;jaev jurnalist va publisist, T., 1992; Rajabov K,., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xo&#8217;jayev Fayzulla (1896.1.7, Buxoro \u2014 1938.15.3, Moskva) \u2014 davlat va siyosat arbobi. Savdogar oilasida tug&#8217;ilgan. Buxoro madrasasida 2 yil tahsil olgach, 1907-12 yillarda Moskvada xususiy maktabda o&#8217;qigan. Buxoroga kaytgach, 1912 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xojayev-fayzulla\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-101954","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101954","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=101954"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101954\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":101955,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101954\/revisions\/101955"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=101954"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=101954"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=101954"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}