{"id":101964,"date":"2023-08-27T18:03:55","date_gmt":"2023-08-27T15:03:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=101964"},"modified":"2023-08-27T18:03:56","modified_gmt":"2023-08-27T15:03:56","slug":"xojayev-olim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xojayev-olim\/","title":{"rendered":"Xo&#8217;jayev Olim"},"content":{"rendered":"\n<p>Xo&#8217;jayev Olim (1910.24.9, Buxoro 1977.14.2, Moskva, Toshkentga dafn qilingan) \u2014 aktyor, rejissyor, jamoat arbobi. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1948). Buxoro maorif bilim yurtini tugatgan (1929). 1929-77 yillar Hamza teatrida aktyor (1975-77 yillar direktor). 30-yillar kalaf (K. Gossi, &#171;Malikai Turandot&#187;), Yarovoy (K. Trenyov, &#171;Lyubov Yarovaya&#187;) kabi obrazlarni yaratdi. Yuksak ijrochilik mahorati, sahnaviy jozibasi, ma&#8217;noli va nafis harakatlari, talaffuzining ravon va ohangdorligi \u2014 san&#8217;atkorning o&#8217;ziga xos ijodiy tabiatini belgiladi. Ijodi davomida 100 dan ortiq obrazlar yaratdi. Ularning badiiy darajasi \u2014 aktyorning xarakterli rollardan kura, e&#8217;tiqodli, Fozil va chuqur falsafiy fikrlaydigan, qat&#8217;iyatli shaxslar obrazini gavdalantirishga moyilligi ko&#8217;proq sezildi. O&#8217;zbek teatri tarixidan oltin sahifa bo&#8217;lib o&#8217;rin olgan obrazlaridan biri Hamlet (U. Shekspir, &#171;Hamlet&#187;)dir. U yaratgan Hamlet kuchli ehtirosi va ulug&#8217;vorligi bilan ajralib turadi (30 yil davomida uzluksiz ijro etgan). Aktyor Hamza (K. Yashin, A. Umariy, &#171;Hamza&#187;) obrazini yaratish bilan ham o&#8217;z ijodida alohida sahifa ochdi. Qahramoniga xos serg&#8217;ayrat harakatlar, shoirona tabiati, ichki va tashqi qiyofasini ochishda Hamza bilan shaxsan tanish bo&#8217;lgani katta yordam berdi. Aktyor o&#8217;z qahramonini ijtimoiypsixologik obraz darajasiga ko&#8217;tarib muvaffaqiyat qozondi (&#171;O\u2019zbekfilm&#187;da yaratilgan &#171;Hamza&#187; badiiy film&#187;da ham Hamza obrazi Xo&#8217;jayev tomonidan yaratilgan). &#171;Alisher Navoiy&#187; (Uyg&#8217;un, I. Sulton) dramasidagi Navoiy obrazi nafaqat teatr tarixida, balki aktyor ijodida ham aloxida o&#8217;ringa ega. Hayotga chinakam ijodkor ko&#8217;zi bilan qaragan, o&#8217;zbek xalqining porloq kelajagiga ishonchini o&#8217;z asarlarida ehtiros bilan kuylagan, davlat ichidagi ijtimoiy ziddiyatlar, xalq va saroy o&#8217;rtasidagi qarama-qarshiliklarni aql-idrok kuchi bilan hal qilgan dovyurak shoir va ulug&#8217; mutafakkir qiyofasini yorqin gavdalantira oldi. Navoiy obrazini lirik-falsafiy yo&#8217;sinda hal etib, insoniy, ijtimoiy va ijodiy faoliyatini uning shoirlik tabiati bilan ochib berdi. Xo&#8217;jayev bu rolni sahnada 25 yil davomida ijro etdi va Davlat mukofotiga sazovor bo&#8217;ldi (1949). Karl Moor (F. Shiller, &#171;Qaroqchilar&#187;), Sattor (B. Rahmonov, &#171;yurak sirlari&#187;), Chjin Gun (Van Shi Fu, &#171;may to&#8217;kildi&#187;), Astrov (A. Chexov, &#171;Vanya tog&#8217;a&#187;), nolinakxa (R. Tagor, &#171;Gang daryosining qizi&#187;), Polvonov (S. Azimov, &#171;Yulduzlar jamoli&#187;), Sodiq Sobirovich (uyg&#8217;un, &#171;qotil&#187;) kabi obrazlari aktyor ijodining yangi qirralarini ochdi. &#171;Imon&#187; (I. Sulton) dagi Komilov obrazi o&#8217;zining badiiy yaxlitligi, hayotiyligi bilan ajralib turadi. Obraz bilan aktyor o&#8217;rtasidagi uyg&#8217;unlik, tengqurlik, ularning axloqiy, ma&#8217;naviy va insoniy qarashlar jihatidan bir-biriga yaqinligi, inson psixologiyasini yaxshi bilishi san&#8217;atkorga sahnada ziyolining badiiy umumlashma qiyofasini gavdalantirishga imkon berdi. X. Paratov (A. Ostrovskiy, &#171;Sepsiz qiz&#187;), Solihboy (Hamza, &#171;boy ila xizmatchi&#187;), ayniqsa, Yago, Yuliy Tsezar (U. Shekspir, &#171;Otello&#187;, &#171;Yuliy Tsezar&#187;) kabi salbiy obrazlarni mohirona talqin etdi. Aktyor sahnada yaratgan yirik obrazlaridan yana biri Qirol Lir (U. Shekspir, &#171;Qirol Lir&#187;) bo&#8217;lib, bu obrazni aktyor psixologik o&#8217;tkir, ijtimoiy, falsafiy va g&#8217;oyaviy mazmunga to&#8217;la tarzda gavdalantirdi. Salvador Alende (V. Chichkov, &#171;Chili, senga ishonaman&#187;), Kreont (Sofokl, &#171;Antigona&#187;), Mattias Klauzen (N. Gauptman, &#171;Quyosh botish arafasida&#187;) kabi g&#8217;oyaviybadiiy mukammal obrazlarni aktyor umrining so&#8217;nggi yillarida yaratgan. Xo&#8217;jayev rejissyor sifatida &#171;may to&#8217;kildi&#187; (Van Shi Fu), &#171;Abu Rayhon Beruniy&#187; (Uyg&#8217;un), &#171;yurak sirlari&#187; (B. Rahmonov), &#171;Boy ila xizmatchi&#187; (Hamza, Bolgariyaning Xaskovo teatrida) singari spektakllarni sahnalashtirgan. Kinoda Hakimboyvachcha (&#171;qutlug&#8217;qon&#187;), Davronbek (&#171;farzandlar&#187;), Obiliy (&#171;Umid&#187;) kabi rollari bilan tanildi. O&#8217;zbekiston teatr arboblari uyushmasining raisi (1955-77). Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). Vafotidan so&#8217;ng &#171;Buyuk xizmatlari uchun&#187; ordeni bilan mukofotlangan (2002). Sirdaryo teatri, Buxoro madaniyat kolleji, Toshkent o&#8217;rta maktablaridan biriga Xo&#8217;jayev nomi berilgan. Ad.: Feldman Ya. S, Olim Xo&#8217;jaev, T., 1961. Frunze Jo&#8217;rayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xo&#8217;jayev Olim (1910.24.9, Buxoro 1977.14.2, Moskva, Toshkentga dafn qilingan) \u2014 aktyor, rejissyor, jamoat arbobi. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1948). Buxoro maorif bilim yurtini tugatgan (1929). 1929-77 yillar Hamza teatrida aktyor (1975-77 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xojayev-olim\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-101964","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101964","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=101964"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101964\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":101969,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101964\/revisions\/101969"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=101964"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=101964"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=101964"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}