{"id":101965,"date":"2023-08-27T18:32:24","date_gmt":"2023-08-27T15:32:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=101965"},"modified":"2023-08-27T18:32:25","modified_gmt":"2023-08-27T15:32:25","slug":"xusrav","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xusrav\/","title":{"rendered":"Xusrav"},"content":{"rendered":"\n<p>Xusrav \u2014 Sharqda an&#8217;anaviy badiiy obraz. Xusrav dastlab 6-asrda pahlaviy tilida yaratilgan &#171;Xusrav va Ridak&#187; asarida uchraydi. Asar axloqiy-ta&#8217;limiy xarakterga ega bo&#8217;lib, unda musiqa, xattotlik, insho, o&#8217;q otish, chovganbozlik, kurash, shatranj va nard o&#8217;yinlarini egallagan yosh yigitning hojasi Xusrav bilan savol javoblari tasvirlangan. Xusravning prototipi sosoniylar shahanshohi Xusrav II Parvizdir. Xusrav Firdavsiy &#171;Shohnoma&#187;si qahramonlaridan biri hisoblanadi. Nizomiy Ganjaviyning &#171;Xusrav va Shirin&#187; dostonida u mukammal badiiy obraz darajasiga ko&#8217;tarilgan. Shundan so&#8217;ng bu obraz yaqin va O&#8217;rta Sharq hamda Hindiston xalqlarining og&#8217;zaki ijodi, yozma adabiyotidan keng o&#8217;rin olgan. Hatto Xusrav Tabariy, Johiz, Bal&#8217;amiy, Saolibiy singari olimlar asarlarida ham ijobiy obraz sifatida tasvirlangan. Keyinchalik Xusrav obrazi Xusrav Dehlaviyning &#171;Xusrav va Shirin&#187; (13-asr), Alisher Navoiyning &#171;Farhod va Shirin&#187; (15-asr), Hotifiyning &#171;Xusrav va Shirin&#187; (16-asr), Vahshiy Bafqiyning &#171;Farhod va Shirin&#187;, (16-asr), Ruhilaminning &#171;Xusrav va Shirin&#187; (17-asr) singari asarlarida ham keng tasvirlangan. Garchi Nizomiy Xusravni haqiqiy oshiq sifatida tasvirlasada, undagi xudbinlik, maishatparastlik, davlatni boshqarishdagi o&#8217;zboshimchalikni qattiq qoralaydi. Navoiy Xusravni bosqinchi, zolim, xudbin shoh sifatida tasvirlagan va qoralagan. Xurshidning &#171;Farhod va Shirin&#187; (1948), Samad Vurg&#8217;unning &#171;Farhod va Shirin&#187; (1942), Nozim Hikmatning &#171;Ishq qissasi&#187; (1948), M. Tursunzoda va A. Dehotiylarning &#171;Xusrav va Shirin&#187; (1936), G. Ptisinning &#171;Xusrav va Shirin&#187; (1939) dramalarida ham Xusrav obrazi mavjud. Ad.: Aliev G. Yu., Legenda o xusrave i Shirin v literaturax narodov Vostoka, M., 1960.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xusrav \u2014 Sharqda an&#8217;anaviy badiiy obraz. Xusrav dastlab 6-asrda pahlaviy tilida yaratilgan &#171;Xusrav va Ridak&#187; asarida uchraydi. Asar axloqiy-ta&#8217;limiy xarakterga ega bo&#8217;lib, unda musiqa, xattotlik, insho, o&#8217;q otish, chovganbozlik, kurash, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xusrav\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-101965","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101965","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=101965"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101965\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":101985,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101965\/revisions\/101985"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=101965"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=101965"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=101965"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}