{"id":101980,"date":"2023-08-27T18:32:29","date_gmt":"2023-08-27T15:32:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=101980"},"modified":"2023-08-27T18:32:38","modified_gmt":"2023-08-27T15:32:38","slug":"xurshid-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xurshid-3\/","title":{"rendered":"Xurshid"},"content":{"rendered":"\n<p>Xurshid (taxallusi; asl nomi Sharafiddinov Shamsiddin) (1892. 20.6 \u2014Toshkent -1960.13.9) \u2014 shoir va dramaturg. O&#8217;zbekiston milliy musiqali drama teatri asoschilaridan biri. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1941). Toshkentdagi madrasalarning birida, so&#8217;ng rus-tuzem maktabida (1908-10) o&#8217;qigan. Otasi vafotidan keyin 1910 yilda o&#8217;qishni tashlab, Andijonga borgan va 1918 yilga qadar prikazchik bo&#8217;lib ishlagan. Xurshid Andijondalik paytida Qrim, Tatariston va Ozarbayjonda nashr etilgan gazeta va jurnallar bilan tanishgan. 1918 yilning yoz oylarida Toshkentga qaytib, o&#8217;qituvchilar tayyorlash 4 oylik kursida o&#8217;qigan, so&#8217;ngra &#171;Behbudiy&#187; va &#171;namuna&#187; maktablarida o&#8217;qituvchilik qilgan (191820). 1920 yildan boshlab eski shahar xalq maorif bo&#8217;limida xodim va Mannon Uyg&#8217;ur rahbarligidagi teatr truppasida suflyor, &#171;Mushtum&#187; jurnal tahririyatida texnik muharrir (1924\u2014 26), Andijon viloyat teatri (1929\u2014 33) va Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida (1933-48) adabiy emakdosh, til va adabiyot inti qoshidagi adabiyot muzeyida ilmiy xodim (194960). Xurshidning dastlabki she&#8217;rlari 1914 yilda &#171;Turkiston viloyatining gazeti&#187;, &#171;Sadoi Turkiston&#187; gazetalari, &#171;tarjimon&#187;, &#171;Oyna&#187; jurnallari va &#171;Tuhfai xislat&#187; bayozida (1914) &#171;Xoib&#187; taxallusi bilan e&#8217;lon qilingan. O&#8217;z she&#8217;rlarini jamlab, &#171;Devoni Shohidiy&#187; nomi bilan devon ham tuzgan (1912). Shoir keyinchalik &#171;Mushtum&#187; jurnalida bosilgan hajviy she&#8217;rlarida &#171;o&#8217;jar&#187;, &#171;tajang&#187;, &#171;chayon&#187; kabi taxalluslardan foydalangan. Xurshidning 1920 yildan keyingi ijodiy faoliyati asosan teatr bilan bog\u2019liq. Xurshid dramaturg sifatida 20 ga yaqin katta va kichik hajmli pyesalar yaratgan. Ayniqa, M. Uyg&#8217;ur truppasi bilan hamkorlik qilgan yillarda &#171;yomon o&#8217;rtoq&#187;, &#171;tuganmas boylik&#187;, &#171;kichik askar&#187;, &#171;Buyuk askar&#187; kabi sahna asarlarini yozgan. &#171;Jadid, qadim&#187; va &#171;Juvonbozlik qurboni&#187; pyesalari Xurshidning dramaturg sifatida muayyan tajriba hosil qilganidan darak berdi. Shundan keyin u o&#8217;zbek dramaturgiyasida birinchi marta Navoiy &#171;Xamsa&#187;siga kirgan dostonlar asosida musiqali dramalar yozishga kirishgan. Uning &#171;Layli va Majnun&#187; musiqali dramasi 1923 yilda, &#171;Farhod va Shirin&#187; musiqali dramasi esa 1926 yilda davlat namuna truppasi tomonidan sahnalashtirilgan. Xurshid keyinchalik bu 2 asarning ham musiqali teatr, ham opera teatri uchun bir necha nusxalarini yaratgan va bu asarlar respublika teatrlari sahnasida uzoq vaqt davomida muvaffaqiyat bilan namoyish etilgan. Xurshid, shuningdek, &#171;qalin&#187; (1930), &#171;Siyovush&#187; (Firdavsiyning &#171;Shohnoma&#187; asari asosida, 1945), &#171;Oybonu&#187; (1955) musiqali dramalarining ham muallifidir. Xurshidning musiqiy dramalar va opera librettolari uchun &#171;Dugoh&#187;, &#171;Segoh&#187;, &#171;Chorgoh&#187;, &#171;Ushshoq&#187;, &#171;Bayot&#187; singari xalq kuylariga moslab yozgan aksar qo&#8217;shiqlari o&#8217;zbek qo&#8217;shiqchilik san&#8217;atining mumtoz namunalariga aylangan va yetakchi hofizlar repertuaridan o&#8217;rin olgan. Xurshid o&#8217;zbek milliy jurnalistikasi, publisistikasining qaldirg&#8217;ochlaridan biri sifatida 20-asrning 10-20-yillarida gazeta va jurnallarda dolzarb mavzulardagi maqola, taqriz va feletonlar chop ettirib turgan. Xurshid til va adabiyot intida ishlagan paytida &#171;Yusuf va Zulayho&#187; dostonini, Munis va Ogahiy kabi shoirlarning asarlarini nashrga tayyorlagan. U badiiy tarjima bilan ham shug&#8217;ullanib, 20-yillarda noma&#8217;lum mualliflarning &#171;Shahzoda va tilanchi&#187;, &#171;avvali hoy, oxiri voy&#187; asarlarini Ozarbayjon tilidan tarjima qilgan, 50-yillarda esa Hofiz Sheroziyning bir qancha asarlarini o&#8217;zbek tiliga o&#8217;girgan. Respublika hukumatining qarori bilan atoqli shoir va dramaturg Xurshid tavalludining 100 yilligi keng nishonlandi (1995). Toshkentdagi mahalla, ko&#8217;cha, maktab va kinoteatrlardan biriga Xurshid nomi berilgan. As: tanlangan asarlar, T., 1967. Ad.: Nasriddinov B., Xurshid, T., 1972; Nasriddinov B ., Xurshid. Hayoti va ijodi haqida monografik ocherk, T., 1975.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xurshid (taxallusi; asl nomi Sharafiddinov Shamsiddin) (1892. 20.6 \u2014Toshkent -1960.13.9) \u2014 shoir va dramaturg. O&#8217;zbekiston milliy musiqali drama teatri asoschilaridan biri. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1941). Toshkentdagi madrasalarning birida, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xurshid-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-101980","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101980","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=101980"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101980\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":101987,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101980\/revisions\/101987"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=101980"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=101980"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=101980"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}