{"id":102040,"date":"2023-08-28T10:27:11","date_gmt":"2023-08-28T07:27:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102040"},"modified":"2023-08-28T10:27:11","modified_gmt":"2023-08-28T07:27:11","slug":"mavrikiy-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mavrikiy-2\/","title":{"rendered":"Mavrikiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Mavrikiy (Mauritius), Mavrikiy Respublikasi (Republic of Mauritius) \u2014 Hind okeanining g&#8217;arbiy qismida, Madagaskar orolidan sharqda joylashgan davlat. Mavrikiy oroli, Rodriges oroli, Kargadoskaraxos va Agalega orollari, Chagos arxipelagini o&#8217;z ichiga oladi (1982 yilda Mavrikiy parlamenti Chagos arxipelagini mamlakat hududining ajralmas qismi deb e&#8217;lon qilgan. Buyuk Britaniya esa bu arxipelagni tortib olib, uning tarkibidagi Diego-Garsiya orolini AQShga 50 yilga ijaraga topshirgan). Maydoni 2045 km2. Aholisi 1,8 million kishi (2001). Poytaxti \u2014 Port-Lui shahri. Ma&#8217;muriy jihatdan 5 shahar va 9 okrug (district)ra bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. Mavrikiy \u2014 respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo&#8217;stlik a&#8217;zosi. Amaldagi Konstitutsiyasi 1968 yilda qabul qilingan va keyinchalik qo&#8217;shimchalar kiritilgan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (1992 yildan Kassem utim). U parlament deputatlarining odsiy ko&#8217;pchilik ovozi bilan 5 yil muddatga sailanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyati \u2014 Milliy Assambleya (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Bosh vazir va vazirlarni prezident tayinlaydi. Tabiati. Orollar vulkanlar otilishidan paydo bo&#8217;lgan, bazalt, dolomit va tuflardan tuzilgan. Yer yuzasi, ayniqsa, Mavrikiy orolning Janubi-g&#8217;arbi qirlardan iborat (eng baland joyi 826 metr), orolning o&#8217;rta qismi \u2014 600 metrgacha balandlikdagi plato, shimol va sharqida sohili kambar tekislik. Rodriges orolning balandligi 396 metrgacha. Qirg&#8217;oqlar orolga o&#8217;tishni qiyinlashtiruvchi marjon riflari bilan o&#8217;ralgan. Iqlimi \u2014 tropik dengiz iqlimi. O&#8217;rtacha temperatura eng issiq oy \u2014 Fevralda 26\u00b0, eng salqin oy \u2014 avgustda 16\u00b0, sohilda 18,5\u00b0 gacha. Yillik yog&#8217;in 1500\u2014 5000 mm gacha, yozi seryog&#8217;in. Daryolari kamsuv, qurg&#8217;oqchil davrda quriydi, eng yirigi \u2014 Grandriver. Qalin tropik o&#8217;rmonlar tog&#8217;larda saqlangan. Mavrikiy orolining 1\/4 qismi o&#8217;rmon. Aholisi, asosan, hind-mavrikiylar (69%), kreollar (27%) va hokazolar. Rasmiy til \u2014 ingliz tili; frantsuz va kreol tili ham keng tarqalgan. Aholining 50% ga yaqini hindu, 33% xristian, 16% Islom diniga e&#8217;tiqod qiladi. Shahar aholisi 41%. Yirik shaharlari \u2014 Port-Lui, BoBassen-roz-Xill, Vakoa-Feniks. Tarixi. Mavrikiy oroli Arab sayyohlarining esdaliklarida Dina Arobi (kumush o.roli) nomi bilan tilga olinadi (10-asr). Orolda odam yashamagan. 16-asr boshlarida dastlab portugallar kelib o&#8217;rnashdi. 1958 yil orolni gollandlar egalladi va Shahzoda Moris (Oranlik) sharafiga Mavrikiy deb atadi. Gollandiya hukmronligi davrida orolga Sharqiy Afrikadan qullar keltirildi. 1715 yildan Orol Frantsiya, 1810 yildan Angliya hukmronligida bo&#8217;ldi. 1814 yildan esa rasman Angliya mustamlakasiga aylandi. Mavrikiy aholisi ko&#8217;p yillar davomida mustamlaka tuzumiga qarshi tinmay kurash olib bordi. 1935 yil Mavrikiyda kasaba uyushmalari yuzaga keldi, 1936 yil dastlabki siyosiy partiya \u2014 o&#8217;rta va mayda burjuaziyaga tayanuvchi Leyboristlar partiyasi tashkil topdi. 2-jahon urushi (1939-45)dan so&#8217;ng mustamlakachilikka qarshi kurash yanada kuchaydi. Natijada Buyuk Britaniya ma&#8217;muriyati bir oz yon berishga majbur bo&#8217;ldi. Qonun chiqaruvchi kengashning huquqi kengaytirildi, umumiy saylov huquqi joriy etildi. 1968 yil 12 martda Hamdo&#8217;stlik doirasidagi mustaqil davlat deb e&#8217;lon qilindi. Ammo hali Oliy hokimiyatni Buyuk Britaniya qirolichasi tayinlaydigan general-gubernator idora qilar edi. Nihoyat, 1992 yil 12 martda mamlakat respublika deb e&#8217;lon etilib, Mavrikiy Respublikasi nomini oldi. Mavrikiy \u2014 1968 yildan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 12 mart \u2014 Mustaqillik kuni (1968) va Respublika kuni (1992). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Mavrikiy leyboristlar partiyasi, 1936 yilda tuzilgan; Mavrikiy sotsial-demokratik partiyasi, 1955 yilda asos solingan; jangovar sotsialistik harakat, 1983 yil tuzilgan; Mavrikiy jangovar harakati, 1969 yilda tuzilgan; Rodriges xalq, tashkiloti, 1982 yilda asos solingan. Ishchilar umumiy federatsiyasi, 53 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi, 1971 yil tashkil etilgan; Mavrikiy mehnat Kongressi, 1963 yilda tuzilgan. Xo&#8217;jaligi. Mavrikiy \u2014 agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi hamda baliqchilikning ulushi 10,4%, sanoat, asosan, qayta ishlash tarmoqlarining ulushi 23%. Hududining 56% ekinzor va bog&#8217;lardan iborat. Asosiy qishloq xo\u2019jaligi o&#8217;simligi shakarqamish bo&#8217;lib, u ekinzorlarning 94%ni egallaydi. Choy, tamaki, banan, aloe, sholi, makkajo&#8217;xori, kartoshka, sabzavot, ho&#8217;l meva ham yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol va echki boqiladi. Parrandachilik mavjud. Baliq ovlanadi. Sanoatida shakarqamishni qayta ishlaydigan korxonalar ustun. Shveytsariya soat zavodlari uchun sun&#8217;iy yoqut ishlash, tranzistorlar uchun detallar, ko&#8217;zoynak gardishlari ishlab chiqarish, zargarlik toshlariga sayqal berish yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Choy va tamaki bargini, sabzavot va ho&#8217;l meva, agavani, mol terisini kayta ishlaydigan fabrikalar, kemasozlik, yengil sanoat tarmoqlari, ma&#8217;danli o&#8217;g&#8217;it va neft mahsulotlari korxonalari mavjud. Yiliga 390 mln. kVt\/soat ga yaqin elektr energiya hosil qilinadi. Sayyohlik rivojlangan. Mavrikiyda avtomobil yo&#8217;llari uzunligi -2 ming kilometr. Yirik dengiz porti \u2014 Port-Lui. Plezans shahrida xalqaro aeroport bor. Mavrikiy chetga qand-shakar, choy, teri mahsulotlari va poyabzal, to&#8217;qimachilik yarim mahsulotlari chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat va neft mahsulotlari, mashina va uskunalar, sanoat mollari keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk Britaniya, Frantsiya, AQSh, JAR, Germaniya, Yaponiya, Xitoy. Pul birligi \u2014 Mavrikiy rupiyasi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;rifiy muassasalari. Mavrikiydagi boshlang&#8217;ich va o&#8217;rta maktablarda o&#8217;qish bepul va majburiy. Davlat va xususiy o&#8217;quv yurtlari ham bor. Maorifi ingliz tizimi ta&#8217;sirida tarkib topgan: boshlang&#8217;ich maktab 6 yil, o&#8217;rta maktab 7 yil. Kasb-hunar ta&#8217;limi boshlang&#8217;ich maktab negizida 1 yildan 3 yilgacha davom etadi. 5 yillik to&#8217;liqsiz maktab negizida texnika kolleji ishlaydi. Port-Lui shahrida Mavrikiy universiteti (1965), Moko shahrida Mavrikiy Gandi nomidagi institut, qand-shakar sanoati uchun mutaxassislar tayyorlovchi regional markaz mavjud. Port-Lui shahrida institut (1980), Redyui shahrida qand-shakar sanoati tadqiqot instituti ishlaydi. Mavrikiyda unt, shahar kutubxonasi, Mavrikiy instituti, Britaniya kengashi, qand-shakar sanoati tadqiqot instituti kutubxonalari bor. Port-Lui shahrida muzey (1885), Mavrikiy gerbariysi (1960), Maebur shahrida Tarix muzeyi mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. Mavrikiyda nashr etiladigan asosiy gazetalar: &#171;Soushelist&#187; (&#171;sotsialist&#187;, kundalik gazeta, 1983 yildan), &#171;Chayna Tayms&#187; (&#171;Xitoy vaqti&#187;, Xitoy tilidagi kundalik gazeta, 1959 yildan), &#171;Ekspress&#187; (ingliz va frantsuz tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1963 yildan), &#171;uikend&#187;.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mavrikiy (Mauritius), Mavrikiy Respublikasi (Republic of Mauritius) \u2014 Hind okeanining g&#8217;arbiy qismida, Madagaskar orolidan sharqda joylashgan davlat. Mavrikiy oroli, Rodriges oroli, Kargadoskaraxos va Agalega orollari, Chagos arxipelagini o&#8217;z ichiga oladi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mavrikiy-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-102040","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102040","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102040"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102040\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102053,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102040\/revisions\/102053"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102040"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102040"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102040"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}