{"id":102096,"date":"2023-08-29T08:52:26","date_gmt":"2023-08-29T05:52:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102096"},"modified":"2023-08-29T08:52:34","modified_gmt":"2023-08-29T05:52:34","slug":"xalqaro-terrorizm-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xalqaro-terrorizm-2\/","title":{"rendered":"Xalqaro terrorizm"},"content":{"rendered":"\n<p>Xalqaro terrorizm &#8212; bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizm; odamlarning behuda halok bo&#8217;lishiga olib keluvchi, davlatlar va ular rasmiy vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchi, hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar o&#8217;rtasida transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli harakat va qilmishlar yig&#8217;indisi. Xalqaro terrorizm 20-asrning 60-70-yillariga kelib o&#8217;zini yaqqol namoyon qildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, o&#8217;z davlatiga nisbatan ekstremistik ruhdagi guruhlar birlashib, ijtimoiy-iqtisodiy jixatdan orqada qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat ko&#8217;rsata boshladi. Xalqaro terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, xalqaro miqyosda obro&#8217;ga ega bo&#8217;lgan siyosatchilarga chetdan turib suiqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy xavfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan, samolyotlarni olib qochish bilan shug&#8217;ullana boshladilar. 80-yillarga kelib Xalqaro terrorizm yanada jidtsiy tus oldi. Begunoh, tinch aholi o&#8217;rtasida ko&#8217;pdanko&#8217;p qurbonlar bo&#8217;lishi, xalqaro terrorchilarning boshqa yovuzliklari jahon jamoatchiligini qatgiq tashvishlantirib qo&#8217;ydi. 1978 yil kuchli &#171;yettilik&#187; davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) shahridagi uchrashuvida Xalqaro terrorizmga qarshi kurash to&#8217;g&#8217;risida bayonot qabul qilindi. Xalqaro terrorizmning oshib borayotgan xavfi va unga qarshi kurash masalalari oliy darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzui bo&#8217;lib qoldi. Chunki xalqaro terrorchilar bir tizimga birlashib, baynalmilallashdi. Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik ruhtsagi shaxslar, narkobiznes va qurol-yarog&#8217; savdosidan foyda ko&#8217;ruvchi jinoiy to&#8217;dalar, yollanib xizmat qiluvchilar paydo bo&#8217;ldi. Xalqaro terrorchilik va ekstremizm markazlarida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan maxsus lagerlar ochildi. Xalqaro terrorchilar aholini, xususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi qo&#8217;yishga hamda hokimiyatga qarshi muholafatni shakllantirishga harakat qiladi. O&#8217;zbekiston Respublikasi o&#8217;z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab terrorizm va ekstremizmning har kanday ko&#8217;rinishga qarshi qat&#8217;iyat bilan kurashib kelmoqda. O&#8217;zbekiston Respublikasi ko&#8217;plab xalqaro bitimlarning, chunonchi, Xalqaro terrorizm ko&#8217;rinishlariga qarshi kurashga qaratilgan bitimlarning, jumladan, havo kemalarini qonunga xilof ravishda egallab olishga qarshi kurash to&#8217;g&#8217;risidagi 1970 yilgi Gaaga Konventsiyasining, fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi qaratilgan qonunga xilof harakatlarga qarshi kurash to&#8217;g&#8217;risidagi 1971 yilgi Monreal konventsiyasining, Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, jumladan, diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va jazolash to&#8217;g&#8217;risidagi 1973 yilgi konventsiyaning , terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to&#8217;g&#8217;risidagi va boshqa konventsiyalarning ishtirokchisi. 2004 yil 1 yanvardan Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo&#8217;mitasi faoliyat ko&#8217;rsata boshladi. Ad.: Karimov I.A., O&#8217;zbekiston XXI asr bo&#8217;sag&#8217;asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997. Karimov I.A., Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o&#8217;z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog&#8217;liq, T., 2004. Sayfiddin Jo&#8217;rayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xalqaro terrorizm &#8212; bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizm; odamlarning behuda halok bo&#8217;lishiga olib keluvchi, davlatlar va ular rasmiy vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchi, hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xalqaro-terrorizm-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-102096","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102096","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102096"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102096\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102112,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102096\/revisions\/102112"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102096"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102096"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102096"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}