{"id":102126,"date":"2023-08-29T09:38:15","date_gmt":"2023-08-29T06:38:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102126"},"modified":"2023-08-29T09:38:19","modified_gmt":"2023-08-29T06:38:19","slug":"xulq-xulq-atvor-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xulq-xulq-atvor-2\/","title":{"rendered":"Xulq, xulq-atvor"},"content":{"rendered":"\n<p>Xulq, xulq-atvor \u2014 axloqshunoslik tushunchalaridan biri. Insonning fe&#8217;l-atvori bilan bog&#8217;liq axloqiy hodisa bo&#8217;lib, kishi fe&#8217;lining axloqiylik doirasida namoyon bo&#8217;lishi tushuniladi. Insonning axloqiylik doirasidagi xatti-harakatlari Xulqdan tashqari odob va axloqni o&#8217;z ichiga oladi. Odob inson haqida yoqimli taassurot uyg&#8217;otadigan, lekin oila, jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida o&#8217;zgarish yasaydigan darajada ahamiyat kasb etmaydigan xatti-harakatlardan iborat bo&#8217;lsa, axloq \u2014 muayyan jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun ta&#8217;sir eta oladigan turli xatti-harakatlar majmui, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma&#8217;naviy hodisa. Xulq qamrovlilik jihatidan ana shu ikki hodisa o&#8217;rtasidagi xususiyatlarga ega; u odobdan keng, axloqdan tor ma&#8217;noga ega bo&#8217;lib, axloq singari jamiyat, zamon, tarix miqyosidagi voqelikka ta&#8217;sir ko&#8217;rsata olmaydi. Lekin, oila, mehnat jamoasi, mahallako&#8217;y doirasida sezilarli darajada ko&#8217;zga tashlanadi. Axloq o&#8217;zini ezgulik va yovuzlik, adolat, insonparvarlik, fidoyilik singari ijtimoiylashgan tushunchalar va tamoyillarda namoyon qilsa, Xulq yaxshilik va yomonlik, burch, jumardlik, mehmondo&#8217;stlik kabi tushunchalarda aks etadi, odob esa kamtarlik, insoflilik, bosiqlik, halollik, rostgo&#8217;ylik va boshqa axloqiy me&#8217;yorlarda ifodalanadi. Sharq falsafasi va axloq ilmida mazkur uch axloqiy hodisa, juda qat&#8217;iy chegaralangan bo&#8217;lmasada, bir-biridan farqli tarzda olib qaralgan. Yevropada esa Xulq bilan axloq ko&#8217;p hollarda aynanlashtiriladi yoki ular bir-biriga sinonim tushunchalar sifatida talqin etiladi. Xulq o&#8217;zicha, &#171;sof&#187; olinganda mavhum axloqiy hodisa, u inson xattiharakatlarida aniqlik kasb etadi; ijobiy xatti-harakatlarda namoyon bo&#8217;lishi \u2014 xushxulqlilik, salbiy a&#8217;mollardagi ko&#8217;rinishi \u2014 badxulqlilik deb ataladi. Xushxulq inson muloyim, shirinsuxan, mexribonlik bilan munosabatda bo&#8217;lsa, badxulq odam qo&#8217;pol, og&#8217;zi shaloq, bemehr va hokazolar. bo&#8217;ladi. Abdulla Sher.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xulq, xulq-atvor \u2014 axloqshunoslik tushunchalaridan biri. Insonning fe&#8217;l-atvori bilan bog&#8217;liq axloqiy hodisa bo&#8217;lib, kishi fe&#8217;lining axloqiylik doirasida namoyon bo&#8217;lishi tushuniladi. Insonning axloqiylik doirasidagi xatti-harakatlari Xulqdan tashqari odob va axloqni o&#8217;z &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xulq-xulq-atvor-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-102126","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102126","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102126"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102126\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102135,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102126\/revisions\/102135"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102126"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102126"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102126"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}