{"id":102199,"date":"2023-08-29T13:55:30","date_gmt":"2023-08-29T10:55:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102199"},"modified":"2023-08-29T13:55:41","modified_gmt":"2023-08-29T10:55:41","slug":"xutak-xotun","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xutak-xotun\/","title":{"rendered":"Xutak xotun"},"content":{"rendered":"\n<p>Xutak xotun \u2014 arablarga qarshi kurashgan Buxoro malikasi (673-695). 673 yilda Arab sarkardasi Ubaydulloh ibn ziyod Toxariston o&#8217;lkasini ishg&#8217;ol qilgandan keyin Amudaryoni kechib o&#8217;tib, Poykend va Romitan shaharlarini bosib oladi. Unga qarshi chiqqan Buxoro hukmdori Bidun o&#8217;ldirilgach, Buxoro hokimiyati uning ayoli qo&#8217;liga o&#8217;tadi va u arablarga qarshi kurashga boshchilik qiladi. Arabfors manbalarida ushbu ayolning ismi Xutak xotun, Qabaj xotun, xotun shakllarida zikr etiladi. Narshaxiyning &#171;Buxoro tarixi&#187; asarida qayd etilishicha, arablar tomonidan Buxorxudot Bidun o&#8217;ldirilgach, uning o&#8217;g&#8217;li Tug&#8217;shoda yosh bo&#8217;lganligi sababli o&#8217;rniga ayoli xotun o&#8217;tiradi. Xotun 695 yilgacha Buxoroni boshqargach, uning o&#8217;rnini o&#8217;g&#8217;li Tug&#8217;shoda oladi. Narshaxiyning ta&#8217;kidlashicha, Xotun hukmronlik qilgan davrda undan donoroq biror kishi bo&#8217;lmagan. U donolik bilan hukmronlik qilgani uchun xalq unga itoatda bulgan. Tabariyning &#171;Tarix arrasul valmuluk&#187; asarida qayd etilishicha, 681 yil arablarning Xurosondagi noibi Amir Salm ibn ziyod Buxoroga yurish boshlaydi. Bundan xabar topgan Xutak xotun turk xoqoni huzuriga elchi yuborib, uni yordamga chaqiradi. O&#8217;zining maktubida Xutak xotun xoqon bilan nikoh tuzishga rozi ekanligini xabar qiladi. Turk xoqoni katta qo&#8217;shin bilan Buxoroga yetib kelib, arablar bilan qattiq jang qiladi. Lekin, u arablardan mag&#8217;lubiyatga uchragach, Xutak xotun arablar bilan sulh tuzishga majbur bo&#8217;lsada, Buxoroni ancha yillar arablar hukmronligidan saqlab qoladi. Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xutak xotun \u2014 arablarga qarshi kurashgan Buxoro malikasi (673-695). 673 yilda Arab sarkardasi Ubaydulloh ibn ziyod Toxariston o&#8217;lkasini ishg&#8217;ol qilgandan keyin Amudaryoni kechib o&#8217;tib, Poykend va Romitan shaharlarini bosib oladi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xutak-xotun\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-102199","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102199","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102199"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102199\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102238,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102199\/revisions\/102238"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102199"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102199"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102199"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}