{"id":102206,"date":"2023-08-29T12:36:37","date_gmt":"2023-08-29T09:36:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102206"},"modified":"2023-08-29T12:36:41","modified_gmt":"2023-08-29T09:36:41","slug":"xalq-selektsiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xalq-selektsiyasi\/","title":{"rendered":"Xalq selektsiyasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Xalq selektsiyasi &#8212; selektsiyaning rivojlanish tarixidagi bir bosqich va yo&#8217;nalish; qishloq xo\u2019jalik ekinlarining yangi nav, klon, payvandlarini hamda chorva mollarining yangi zotlari, guruhlarini noma&#8217;lum mualliflar, Mirishkor dehqonlar va chorvadorlar tomonidan oddiy usullarda tanlab, saralab yaratilishi. Xalq selektsiyasi bir necha ming yillik tarixni o&#8217;z ichiga oladi. O&#8217;rta Osiyo hududida ko&#8217;pgina madaniy ekinlar \u2014 bug&#8217;doy, arpa, sholi, meva, uzum, sabzavotpoliz ekinlari va boshqalar bundan bir necha ming yil avval o&#8217;stirilganligi ma&#8217;lum. Odamlar ekinlarni ekish, ularga ishlov berish bilan bir qatorda ular orasidan qimmatli xo&#8217;jalik belgilariga ega bo&#8217;lgan nusxa, shakllarini tanlab, saqlab, ko&#8217;paytirib borganlar va shu tariqa Xalq selektsiyasi paydo bo&#8217;lgan. Chorvachilikda ham asrlar davomida tanlash va saralash asosida qoramol, qo&#8217;y, echki, ot va tuyalarning qimmatli xo&#8217;jalik belgilariga ega bo&#8217;lgan ko&#8217;plab noyob zotlari yaratilgan (Xisori, saraji kuy zotlari, qorabayir, Laqay ot zotlari, zebusimon sigar zotlari). Xalq selektsiyasi an&#8217;analari hozirgi davrda ham ilmiy selektsiya usullari va muassasalari bilan yonmayon davom etib kelmoqda. O&#8217;zbekistonda 20-asrning 40-yillari boshida surxondaryolik Muslima Begimova mashxur &#171;Muslimka&#187; bug&#8217;doyini kashf etdi. N. Niyozov (Toshkent viloyati) g&#8217;o&#8217;zaning meva shoxlari cheklangan navlarini (N, va N2), K. Ne&#8217;matshoyev (Andijon viloyati) 108\u2014F navidan meva shoxlarining bo&#8217;g&#8217;imlari juda kalta, tupi ixchamligi bilan farqlanadigan g&#8217;o&#8217;za nusxalarini (Paxtaobod navi), U. Abdullayev (Namangan viloyati) Koson navini, N. Haydarov (Farg&#8217;ona viloyati) Beshariq navini yaratdilar. 1950-90 yillarda poliz-sabzavotchilikda xalq selektsiyachilari qovun va tarvuzning 50 dan ortiq navlarini (Abbosxon Aligavharov, O&#8217;rinboy Karimov, Hoshim Qosimov, Tirkash Tojiev, Hakimpolvon Usmonov, Xo&#8217;jamberdi Qo&#8217;shoqov, Matvafo Yusupov), kartoshkaning Obidov (Ali Obidov), pomidorning Yusupov (Karim Yusupov) navini yaratdilar va bu navlarning ko&#8217;pchiligi davlat reestriga kiritilgan va rnlashtirilgan. Xalq selektsiyachilari yaratgan navlar ekin turlari kollektsiyalarini boyitishda muhim ahamiyatga ega. Bu navlarning ko&#8217;pchiligi selektsiyada boshlang&#8217;ich material sifatida ham foydalaniladi. Bahodir Normatov, Abdulaziz Abbosov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xalq selektsiyasi &#8212; selektsiyaning rivojlanish tarixidagi bir bosqich va yo&#8217;nalish; qishloq xo\u2019jalik ekinlarining yangi nav, klon, payvandlarini hamda chorva mollarining yangi zotlari, guruhlarini noma&#8217;lum mualliflar, Mirishkor dehqonlar va chorvadorlar tomonidan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xalq-selektsiyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-102206","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102206","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102206"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102206\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102207,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102206\/revisions\/102207"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102206"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102206"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102206"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}