{"id":102771,"date":"2023-08-30T12:44:01","date_gmt":"2023-08-30T09:44:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102771"},"modified":"2023-08-30T12:44:04","modified_gmt":"2023-08-30T09:44:04","slug":"xoja-ahror","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xoja-ahror\/","title":{"rendered":"Xoja Ahror"},"content":{"rendered":"\n<p>Xoja Ahror (taxallusi; asl ismi Xoja Ubaydulloh ibn Xoja Mahmud ibn Xoja Shahobiddin Shoshiy) (1404, hozirgi Toshkent viloyatining Bo&#8217;stonliq tumani Bog&#8217;iston qishlog&#8217;i \u2014 1490, Samarqand) \u2014 o&#8217;rtaosiyolik mutafakkir, Naqshbandiya tariqati rahnamolaridan. Otasi Shayx Xoja Mahmud naqshbandiyaning xojagon sulukida bo&#8217;lgan, tijorat va ziroat ishlari bilan shug&#8217;ullangan. Shayx Xovandi Tohur ona tomondan uning bobosidir. Xoja Ahrorning bolalik va yoshlik davri Toshkentda o&#8217;tgan. Toshkent va Samarqand madrasalarida tahsil olgan. U tasavvuf ilmiga qiziqadi, shu maqsadda Hirotga borib Shayx Bahouddin Umar, Shayx Zayniddin Xavofiy kabi taniqli mutasavviflar suhbatida bo&#8217;ldi. Bahouddin Naqshbandniig shogirdi Shayx Yoqub Charxiy (1447 yil vafot etgan)dan Naqshbandiya tariqati asoslarini o&#8217;rgandi. U Yoqub Charxiydan irshod huquqini olib, Murshidi komillik maqomiga etgach, Toshkent, Turkiston atroflarida shuhrat topa boshlaydi. Naqshbandiya ta&#8217;limotining davomchisi sifatida ulamolar o&#8217;rtasida katta obro&#8217; orttirdi va &#171;valiy&#187; (&#171;avliyo&#187;) sifatida tanilib &#171;Ahror&#187; (&#171;Hur&#187;, &#171;ozod&#187;) nomiga ega bo&#8217;ldi. Tasavvufda bu nom 3 xil asirlikdan xalos bo&#8217;lgan: hayvoniy his-tuyg&#8217;ularni yenggan; o&#8217;zining barcha xohish-istagidan voz kechib, faqat Allohning irodasiga bo&#8217;ysungan; rasm-rusum va hayot kechirishning barcha odat va an&#8217;nalaridan xoli bo&#8217;lib, ilohiy nur yog&#8217;dusiga g&#8217;arq bo&#8217;lgan zotga nisbatan qo&#8217;llaniladi. Xoja Ahror, ayni vaqtda, dehqonchilik va tijorat ishlari bilan shug&#8217;ullanadi. Juda katta yer-suv, mol-mulk uning tasarrufida edi. Shu bois O\u2019rta Osiyoda beqiyos iqtisodiy va siyosiy qudratga ega bo&#8217;lib, mamlakatning ichki va tashqi siyosiy hayotida yetakchi o&#8217;rin egallaydi. U faqat Movarounnahrda emas, Xuroson, Hindistonda ham savdo-sotiq ishlarini yo&#8217;lga qo&#8217;ygan. Butun umri davomida el-yurt va xalqning manfaati yo&#8217;lida ko&#8217;p savob, xayrli ishlar qilgan. O&#8217;z xo&#8217;jalik faoliyatidan olgan daromadning ko&#8217;p qismini aholi to&#8217;lashi lozim bo&#8217;lgan soliqlarni to&#8217;lashga, diniy ishlarga, madaniy qurilishlarni amalga oshirishga sarflagan. Hojatmand insonlarga va oilalarga muttasil yordam berib, mehr va muruvvatini ayamagan. Jamiyatdagi tutgan yuksak mavqeidan foydalanib taxt uchun kurashgan shahzodalar o&#8217;rtasidagi nizolarni tinchlik yo&#8217;li bilan bartaraf qilgan. Xoja Ahror Amir Temur tuzgan buyuk saltanat parchalanayotgan, tahlikali va o&#8217;ta murakkab davrda yashadi. Shunday sharoitda u fuqarolar, el-yurt manfaatini ko&#8217;zlab, siyosiy voqealarda ishtirok etishga majbur bo&#8217;ldi. Garchi soliklar siyosatdan uzoq turishni afzal ko&#8217;rgan bo&#8217;lsalarda, Xoja Ahror bu an&#8217;anani buzdi. Xoja Ahrorning Sulton va podshohlar bilan muloqotda bo&#8217;lishi shunchaki yuksak martaba, shaxsiy manfaat va shuhrat ketidan quvish uchun emas, balki oddiy fuqarolar manfaatini himoya qilish uchun zarur edi. U shu tariqa mazlumlarning homiysiga aylandi. Jomiy, Navoiy, Bobur Xoja Ahrorni o&#8217;zlariga ma&#8217;naviy pirustoz deb bilganlar. Xoja Ahrorning 3 risolasi bizgacha etib kelgan. Birinchi, &#171;Faqarot ulorifin&#187; (&#171;Oriflar so&#8217;zlaridan parchalar&#187;) bo&#8217;lib, unda Xoja Ahror va boshqa ba&#8217;zi mutasavviflarning tariqatga oid fikrlaridan namunalar keltirilgan. Ikkinchisi &#171;Volidiya&#187; (&#171;otaga bag&#8217;ishlov&#187;) bo&#8217;lib, uni o&#8217;z otasi iltimosiga ko&#8217;ra yozgan. Unda tariqat yo&#8217;liga kirgan kishining axloqi, odobi, faqr va fano tushunchalari haqida so&#8217;z boradi. Bu risola o&#8217;z davrida keng shuhrat qozonib, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy unga munosib baho bergan. Zahiriddin Muhammad Bobur bu risolani fors tilidan o&#8217;zbek tiliga she&#8217;riy tarjima qilgan. Bu tarjima 1991 yilda Toshkentda nashr etilgan. Risola 2004 yilda sharqshunoslar Mahmud Hasaniy va Dilora Rajabova tomonidan forsi tilidan qayta tarjima qilingan va nashr etilgan. Uchinchi risola &#171;Havroiyya&#187; deb atalib, mashhur mutasavvif shoir Abu Sayd Abdulxayr (Pa.)ning &#171;Havro&#187; (&#171;hurlar&#187; yoki &#171;Farishtalar&#187;) so&#8217;zi bilan boshlanuvchi bir ruboiysini sharhlashga bag&#8217;ishlangan. Bu asarlardan boshqa Xoja Ahrorning o&#8217;z zamondoshlariga yo&#8217;llagan maktublari ham bizgacha yetib kelgan. Ular Xoja Ahrorning o&#8217;z davri ijtimoiy, siyosiy va ma&#8217;naviy hayotida tutgan o&#8217;rnini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Bu maktublarning ruscha tarjimasini tarix fanlari doktori Asomiddin O&#8217;rinboev tayyorladi. Maktublar A.O&#8217;rinboyev bilan amerikalik olima, NyuJersi universitetining professori Jo Enn Gross hamkorligida ingliz tiliga o&#8217;girilib, &#171;Xoja Ubaydulloh Ahrorning xatlari va uning muridlari&#187; nomi bilan 2002 yilda Gollandiyada nashr etildi. Xoja Ahror tasavvuf nazariyasi va amaliyotiga katta hissa qo&#8217;shgan. Uning madaniy merosida Qur&#8217;on oyatlarining tafsiri, hadislarning sharxlari aloxida urin egallaydi. Faxruddin Ali Safiyning &#171;Rashahot&#187; asarida Xoja Ahrorning 120 ga yaqin tafsiru sharxlari rashha (tomchi) lar tarzida berilgan. Xoja Ahror musulmon dunesining buyuk mutasavviflar silsilasida mo&#187;tabar o&#8217;rin tutadi. Musulmon dunyosida 356 ta avliyo o&#8217;tgan bo&#8217;lib, ulardan 3 tasi qutb ulaqtob (ulug&#8217;darajaga etgan avliyo) sifatida e&#8217;tirof etilgan. Shu 3 zotning biri Xoja Ahror bo&#8217;lgan. O&#8217;zbekistonda istiqlol tufayli Xoja Ahrorning ma&#8217;naviy merosi chuqur o&#8217;rganilmoqda. Xoja Ahror tavalludining 600 yilligini keng nishonlash haqida O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (2004 yil 25 mart) uning ana shu merosidan xalqni bahramand etishda muhim ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Ad.: Valixo&#8217;jaev B., Xoja Ahror tarixi, T., 1994; Ma&#8217;naviyat yulduzlari, T., 1999. Ubaydulla Uvatov, Zokirjon Kutiboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xoja Ahror (taxallusi; asl ismi Xoja Ubaydulloh ibn Xoja Mahmud ibn Xoja Shahobiddin Shoshiy) (1404, hozirgi Toshkent viloyatining Bo&#8217;stonliq tumani Bog&#8217;iston qishlog&#8217;i \u2014 1490, Samarqand) \u2014 o&#8217;rtaosiyolik mutafakkir, Naqshbandiya tariqati &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xoja-ahror\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-102771","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102771","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102771"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102771\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102772,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102771\/revisions\/102772"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102771"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102771"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102771"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}