{"id":102776,"date":"2023-08-30T13:17:46","date_gmt":"2023-08-30T10:17:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102776"},"modified":"2023-08-30T13:17:49","modified_gmt":"2023-08-30T10:17:49","slug":"xitoy-tibet-tillari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xitoy-tibet-tillari\/","title":{"rendered":"Xitoy-Tibet tillari"},"content":{"rendered":"\n<p>Xitoy-Tibet tillari, sin tibet tillari \u2014 jahondagi eng yirik til oilalaridan biri; XXR, Myanma (birma), Nepal, Butanda va Hindistonning shimoliy Sharqiy qismida tarqalgan 100 dan ortiq, ba&#8217;zi ma&#8217;lumotlarga ko\u2019ra, bir necha yuz qabilaviy va milliy tilni o&#8217;z ichiga oladi. So&#8217;zlashuvchilarning umumiy soni, 2003 yil ma&#8217;lumotlariga ko&#8217;ra, 1 milliard 360 milliondan ortadi (shundan 1 milliard 320 milliondan ortiqrog&#8217;i Xitoy tilida so&#8217;zlashadi). Hozirgi tilshunoslikda Xitoy-Tibet tillari, odatda, ularning ichki bo&#8217;linishi va dunyo lingvistik xaritasidagi o&#8217;rniga qarab 2 asosiy tarmoqqa ajratiladi: 1-tarmoqni ko&#8217;plab lahjalar va sheva guruhlariga ega bo&#8217;lgan Xitoy tili tashkil etadi. Ba&#8217;zi tasniflarda dungan tili ham shu tarmoqqa mansub deb ko&#8217;rsatiladi; 2-tarmoqni Tibet-birma tillari tashkil etadi. Ushbu tarmoqdagi asosiy tillar yoki qarindosh tillar guruxlari quyidagilardir: birma tili \u2014 Myanma davlatining rasmiy tili (35 millionga yaqin kishi so&#8217;zlashadi); Tibet tili \u2014 asosan XXRda, qisman nepal va Butanda, Hindistonning Kashmir hududida tarqalgan (6 millionga yaqin kishi so&#8217;zlashadi), Karen tillari \u2014 Myanma va Tailandtsa tarqalgan (tegishli ravishda 3,5 milloondan va 200 mingdan ortiq kishi so&#8217;zlashadi); xani \u2014 XXRda tarqalgan (1,5 millionga yaqin kishi so&#8217;zlashadi), manipuri \u2014 Hindistonning Assom va Tripuri Shtatlarida, shuningdek, Bangladesh va Myanmada tarqalgan (1 million 300 mingga yaqin kishi so&#8217;zlashadi); Bodo (kachari) \u2014 Hindistonda tarqalgan (800 ming kishi so&#8217;zlashadi); garo \u2014 Hindistonda tarqalgan (800 ming kishi so&#8217;zlashadi); szinpo (Kachin ) \u2014 XXR va Myanmada tarqalgan (600 mingdan ortiq kishi so&#8217;zlashadi); Lisu \u2014 XXRda tarqalgan (600 mingga yaqin kishi so&#8217;zlashadi); tamang, nevar va gurun tillari \u2014 Nepalda tarqalgan (har birida 500 mingdan ortiq kishi so&#8217;zlashadi) va boshqalar. Xitoy-Tibet tillari bo&#8217;g&#8217;inli, ozmi-ko&#8217;pmi agglyutinatsiyaga moyil bo&#8217;lgan amorf tillardir. Bo&#8217;g&#8217;in asosiy fonetik birlik bo&#8217;lib, bunda bo&#8217;g&#8217;inlar chegarasi bir paytning o&#8217;zida morfema va so&#8217;zlarning chegarasi ham hisoblanadi. Bo&#8217;g&#8217;in tarkibidagi tovushlar qat&#8217;iy belgilangan tartibda joylashadi. Bo&#8217;g&#8217;in oxirida uchraydigan undoshlar soniga karaganda bo&#8217;g&#8217;in boshida uchrashi mumkin bo&#8217;lgan undoshlar soni ortiqroqdir. Ko&#8217;p tillarda ton mavjud. Tarixi yaxshi o&#8217;rganilgan tillarda konsonantizm (undoshlar tizimi)ning astasekin soddalashgani hamda unlilar va tonlar tizimining murakkablashganini kuzatish mumkin. Umumiy qoidaga ko&#8217;ra, morfema bo&#8217;g&#8217;inga teng keladi, o&#8217;zak esa o&#8217;zgarmaydi. Lekin barcha Xitoy-Tibet tillarida xam ushbu qoidaga to&#8217;liq rioya qilinavermaydi. O&#8217;zaklarni qo&#8217;shish so&#8217;z yasashning asosiy usulidir. Xitoy-Tibet tillarining yozuvlari 3 asosiy turga: ideografik yozuv, hind yozuvidan kelib chiqqan fonetik yozuv va yaqin vaqtlarda lotin yoki rus alifbolari asosida yaratilgan yozuvlarga bo&#8217;linadi. 1-turdagi yozuvga Xitoy ierogliflari, tangut yozuvi ( 11-asr, hozir yo&#8217;qolgan), Nasa yozuvi, i yozuvi kabilar kiradi. 2-turdagi yozuvga eng avvalo Tibet alifbosi (7-asrdan mavjud) vabirma alifbosi (11-asrdan mavjud) kiradi. Nevari (12-asrdan ma&#8217;lum), Rong (17-asr oxiridan ma&#8217;lum), manipuri va birma yozuvlari uncha keng tarqalmagan. Mazkur yozuvlarning umumiy o&#8217;ziga xosligi shundaki, ularda &#171;a&#187; unlisi maxsus shaklga ega emas \u2014 tegishli undoshlar ana shu unli bilan birga o&#8217;qiladi; boshqa unlilarning belgilari ham undoshni ifodalovchi harfning yo ostiga, yo ustiga joylashtiriladi. Lotin alifbosi aso- sidagi yozuvlar XXR va Myanmadagi bir qancha tillar (masalan, i tili) uchun ishlab chiqilgan. Rossiya va Qozog&#8217;istonda yashovchi dunganlar esa rus alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadilar. Xitoy-Tibet tillarini qiyosiy va tipologik o&#8217;rganish 19-asrning 80-90-yillaridan boshlangan. Ad.: Yaxontov S. E., Glottoxronologiya i kitayskotibetskaya semya Yazikov, M., 1964. Abduvahob Madvaliev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xitoy-Tibet tillari, sin tibet tillari \u2014 jahondagi eng yirik til oilalaridan biri; XXR, Myanma (birma), Nepal, Butanda va Hindistonning shimoliy Sharqiy qismida tarqalgan 100 dan ortiq, ba&#8217;zi ma&#8217;lumotlarga ko\u2019ra, bir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xitoy-tibet-tillari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-102776","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102776","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102776"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102776\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102777,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102776\/revisions\/102777"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102776"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102776"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102776"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}