{"id":102785,"date":"2023-08-30T14:23:26","date_gmt":"2023-08-30T11:23:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102785"},"modified":"2023-08-30T14:24:00","modified_gmt":"2023-08-30T11:24:00","slug":"xorazm-musiqa-uslubi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xorazm-musiqa-uslubi\/","title":{"rendered":"Xorazm musiqa uslubi"},"content":{"rendered":"\n<p>Xorazm musiqa uslubi &#8212; Xorazm vohasida qaror topgan muayyan musiqiy an&#8217;analar majmui. Qadimdan madaniyat va san&#8217;at maskani bo&#8217;lgan ushbu hududda o&#8217;ziga xos xalq musiqa ijodiyoti (bolalar va marosim qo&#8217;shiqlari, xalfa laparlari va boshqalar), og&#8217;zaki an&#8217;anadagi kasbiy musiqa (Doston, talqinchi va go&#8217;yandalar san&#8217;ati, maqom va boshqalar) namunalari keng o&#8217;rin tutadi. Xorazm musiqa uslubi doirasida xalq musikasining eng qadimgi davrlariga mansub kuyohang namunalari o&#8217;z aksini topgan. Jumladan, bolalar (&#171;momom moshiydi&#187;, &#171;Aravachi mani doyim&#187;, &#171;tuyalar, ho tuyalar&#187; va boshqalar) va mavsum marosim qo&#8217;shiqlari (&#171;Sust xotin&#187;, &#171;Ashsha daroz&#187; va boshqalar)da musiqaning ilk bosqichlariga oid dastlabki tuzilma va ohang alomatlari, boshlang&#8217;ich parda asoslari saqlanib qolgan. Xalfalar san&#8217;atida &#171;ichkari&#187;ga xos ixcham diapazondagi past ovoz ko&#8217;lamida aytiladigan, faqat ayollargagina xos bo&#8217;lgan qo&#8217;shiq va ashulalar urin olgan. Bunda qudalar tomonidan to&#8217;yga ruxsat berilgandan keyin aytiladigan &#171;boring boshlang, o&#8217;nglar bo&#8217;lg&#8217;ay tuyinggiz&#187;, tuy boshlanishida &#171;Muboraklar bo&#8217;lg&#8217;ay etgan tuyinggiz&#187; yoki kelin kelgandan keyin &#171;Aylanaman kelinni qaddi bo&#8217;yinnan&#187; va boshqa qo&#8217;shiqlar tuyning uziga xos rivojini belgilagan. Ayniqsa, qayroq bilan o&#8217;ynab aytiladigan lapar turi xalfa raqqosalariga juda xosdir. Xorazmda xonandalik, sozandalik va raqqoslikni o&#8217;ziga kasb qilib olgan san&#8217;atkorlar guruxlari &#171;sozanda qo&#8217;shlari&#187; deyilgan. Ular ikki xil tarkibda, ya&#8217;ni 2 ta surnaychi, doirachi, tanburchiashulachi, sozchi (garmonchi) ashulachi, raqqos, masxaraboz, so&#8217;z ustasi (shuning o&#8217;zi mag&#8217;aldoqchiakrobat); dorbozchi, chodir xayol (qo&#8217;g&#8217;irchoqboz) va boshqalardan tashkil topgan. Sozanda qo&#8217;shlarining vazifasi to&#8217;yda baxshi dostonni tugat- gandan keyin yoki to&#8217;yni yanada qizdirish maqsadida o&#8217;z san&#8217;atlarini (Lazgi kabi kuy va raqslarni ijro etib) namoyish qilishdan iborat. El orasida tanilgan sozanda qo&#8217;shlarining boshliqlaridan Husayn Kalot, Sobir Kalot, Shomurod surnaychi, ushli kal (mashhur &#171;Ushlini uforisi&#187; yallasining muallifi), durdi karnaychi, Sobir dorboz, Xo&#8217;ja ko&#8217;r, Otoq Jonli, Kupal Hoji, Bayotvoy, Ollabergan Hoji, Xudoybergan vovoq va boshqalar mashhur. Xorazm musiqa uslubining baxshidostonchilar san&#8217;a-ti o&#8217;ziga xos bo&#8217;lib, alohida o&#8217;ringa ega. Dostonning nasriy qismi hikoya, nazmiy qismi esa qo&#8217;shiq shaklida ochiq ovozda cholg&#8217;u ansambl jo&#8217;rligida ijro etiladi. Xorazm baxshichiligi Shirvoniy va Eroniy uslublarga bo&#8217;linadi. Shirvoniy uslub Amudaryoning yuqori va o&#8217;rta oqimidagi hududda tarqalgan (markazi \u2014 Xiva). Bu uslub namoyandalari dutor, g&#8217;ijjak, bo&#8217;lamon va doyra jo&#8217;rligida kuylaydilar. Unda 72 ta Doston kuylari mavjud bo&#8217;lib, bular: muxammaslar turkumi (5 ta kuy), ilg&#8217;orlar (4), Eshvoylar (5), Naylarmanlar (5), nolishlar (7), Shirvoniylar (3), Zorinjilar (2), &#171;Rahm ayla&#187;, &#171;Boboxonim&#187;, &#171;Gulandom&#187; va boshqalar. Eroniy uslub Amudaryoning quyi oqimi hududida tarqalgan (markazi \u2014 Mang&#8217;it shahri). Ushbu uslub baxshilari dutor, g&#8217;ijjak, bo&#8217;lamon jo&#8217;rligida doston kuylashadi. Ularning qo&#8217;shida doira qatnashmaydi. Eroniy uslubda 32 ta doston kuylari bo&#8217;lib, ularning ko&#8217;pchiligi Shirvoniy nomalar bilan o&#8217;xshash, lekin Sarparda, ko&#8217;r qiz, Qo&#8217;shadas, Qo&#8217;shim Polvon ilg&#8217;ori va boshqalar bilan ajralib turadi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida Xiva xonligida 40 dan ortiq baxshilar faoliyat ko&#8217;rsatgan va ulardan eng mashhurlari Eshvoy baxshi, Muhammadniyoz Go&#8217;rji, Rizo baxshi, ernazar baxshi, Suyov baxshi, Jumanazar baxshi, Axmad baxshi, bola baxshi Abdullayev va boshqalar. Xorazm musiqa uslubida talqinchi va go&#8217;yandalar ijodi aniq bir janr bilan chegaralanmagan bo&#8217;lsada, ularning o&#8217;z yo&#8217;llari va o&#8217;ziga xos uslublari mavjud. Ayniqsa, ular suvoralar va ularning savtlari hamda boshqa yirik shakldagi mumtoz ashulalarni Mashrab, So&#8217;fi Olloyor, Mahtumquli, Mulla nafas kabi shoirlarning tasavvuf yo&#8217;lidagi g&#8217;azallari, nasihat hamda o&#8217;gitlariga solib kuylaganlar. Shuningdek, musulmonchilikni targ&#8217;ib qiluvchi &#171;Kiyiknoma&#187;, &#171;Sayid Vaqqos&#187;, &#171;kaptar&#187;, &#171;Amir Hamza&#187;, &#171;Me&#8217;rojnoma&#187;, &#171;Sultonbobo hikoyati&#187;, &#171;Payg&#8217;ambarlar hikoyati&#187; kabi nomalarni ham ijod qilganlar. Talqinchi va go&#8217;yandalar &#171;Diyralishma&#187; deb nomlangan erkin tanlovlarda sinalgan, ulardan Polli Duzchi, Kalandar Banggi, Qurji ota va boshqalar mashhur. Hozirgi davrda Xorazmda 15 ta bolalar musiqa va san&#8217;at maktablari hamda musiqa kollejida Xorazm musiqa uslubi bo&#8217;yicha yoshlarga ta&#8217;lim berilmoqda. Ularning ko&#8217;pchiligida xalfa va baxshilar sinflari ochilgan. Viloyatdagi &#171;Qaldirg&#8217;och&#187;, &#171;Navbahor&#187;, &#171;Oltin qo&#8217;llar&#187;, &#171;orazibon&#187;, &#171;muborak&#187; va boshqa ansambllarda Xorazm musiqa uslubining yorqin ko&#8217;rinishlari namoyon bo&#8217;lmoqda. Botir Matyoqubov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xorazm musiqa uslubi &#8212; Xorazm vohasida qaror topgan muayyan musiqiy an&#8217;analar majmui. Qadimdan madaniyat va san&#8217;at maskani bo&#8217;lgan ushbu hududda o&#8217;ziga xos xalq musiqa ijodiyoti (bolalar va marosim qo&#8217;shiqlari, xalfa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xorazm-musiqa-uslubi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-102785","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102785","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102785"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102785\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102788,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102785\/revisions\/102788"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102785"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102785"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102785"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}