{"id":102974,"date":"2023-08-31T07:40:56","date_gmt":"2023-08-31T04:40:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102974"},"modified":"2023-08-31T07:41:00","modified_gmt":"2023-08-31T04:41:00","slug":"kadrlar-tayyorlash-milliy-dasturi-4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kadrlar-tayyorlash-milliy-dasturi-4\/","title":{"rendered":"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"},"content":{"rendered":"\n<p>Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O&#8217;zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash milliy dasturi \u2014 1997 yil 29 avgustda O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida prezident I. A. Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan. Dasturning maqsadi ta&#8217;lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o&#8217;tmishdan qolgan mafkuraviy qoliplardan to&#8217;la xalos etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak ma&#8217;naviy va axloqiy talablariga javob beruvchi milliy tizimini yaratishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O&#8217;zbekiston Respublikasining &#171;Ta&#8217;lim to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qonuni (1997 yil avgust) qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo&#8217;lib,milliy tajribaning tahlili va jahon miqyosi ta&#8217;lim tizimidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar mada- niyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo&#8217;ljalni to&#8217;g&#8217;ri ola bilish mahoratiga ega bo&#8217;lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo&#8217;naltirilgan. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro&#8217;yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta&#8217;lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o&#8217;zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqalar tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o&#8217;z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan kadrlar tayyorlash milliy modeli qator noyob, takrorlanmas o&#8217;ziga xos xususiyatlarga ega. U O&#8217;zbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta&#8217;minlay oladigan dadil, mustaqil fikrli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda ezgu insoniy sifatlarga ega kadrlarni tayyorlash maqsadini ko&#8217;zlaydi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi I. Karimov tomonidan ijtimoiy ongga kiritilgan, davlatni, jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan tamomila yangi tushunchadir. Dastur 5 bo&#8217;limdan iborat: muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari; Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro&#8217;yobga chiqarish bosqichlari; kadrlar tayyorlashning milliy modeli; Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo&#8217;nalishlari; Milliy dasturni ro&#8217;yobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar. Dasturning 1-bo&#8217;limida O&#8217;zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o&#8217;ziga xos yo&#8217;lini tanlashi kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini qayta tashkil etish zarurligi, bu hol qator chora-tadbirlar ko&#8217;rishni taqozo etishni, lekin sodir etilgan o&#8217;zgartirishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq bo&#8217;lishini ta&#8217;minlay olmagani qayd etildi. Shuningdek, bu bo&#8217;limda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari bayon etilgan. Dasturning 2-bo&#8217;limida uning maqsadi, vazifalari va dasturni ro&#8217;yobga chiqarish bosqichlari aniq ifoda etilgan. Maqsad va vazifalarni ro&#8217;yobga chiqarish 3 bosqichdan iborat bo&#8217;lib, 1-bosqichi (1997-2000 yillar)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish, 2-bosqich (2001-2005 yillar)da milliy dasturni to&#8217;liq ro&#8217;yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish, 3-bosqich (2005 va undan keyingi yillar) da to&#8217;plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish nazarda tutiladi. Dasturning 3-bo&#8217;limida kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta&#8217;lim, fan va ishlab chiqarishdan iborat ekanligi ko&#8217;rsatilgan. Bunda shaxs \u2014 kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub&#8217;yekti va ob&#8217;yekti, ta&#8217;lim sohasidagi xizmatlarning iste&#8217;molchisi va ularni amalga oshiruvchisi, davlat va jamiyat esa, ta&#8217;lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari sifatida bayon qilingan. Uzluksiz ta&#8217;lim esa, malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo&#8217;lib, u maktabgacha ta&#8217;lim, umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim, o&#8217;rta maxsus va kasb-hunar ta&#8217;limi (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari), oliy ta&#8217;lim (bakalavriat va magistratura), oliy o&#8217;quv yurtidan keyingi ta&#8217;lim (aspirantura, ad&#8217;yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik), kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta&#8217;lim turlarini o&#8217;z ichiga oladi. Fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi hamda ulardan foydalanuvchi, ilgor pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchidir. Ishlab chiqarish kadrlarga bo&#8217;lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo&#8217;yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta&#8217;minlash jarayonining qatnashchisidir. Dasturning 4-bo&#8217;limida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo&#8217;nalishlari bayon qilingan. Bular ta&#8217;limning uzluksizligini ta&#8217;minlash, pedagog va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamon talablariga moslashuvchan, ta&#8217;limning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishini ko&#8217;zlovchi tizimini vujudga keltirish, ta&#8217;lim jarayonini mazmunan isloh qilish, yosh avlodni ma&#8217;naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an&#8217;analariga, urf-odatlari hamda umum- bashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib amaliyotga joriy etish, iqtidorli bolalar va iste&#8217;dodli yoshlarni aniqlashdan iborat. Shuningdek, uzluksiz ta&#8217;lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta&#8217;lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o&#8217;zgartirish qamda ularni izchil rivojlantirishni davlat yo&#8217;li bilan boshqarish, kasb-hunar ta&#8217;limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish, ta&#8217;lim tizimini moliyalashni takomillashtirish, mavjud ta&#8217;lim muassasalarini kapital ta&#8217;mirlash va yangi ta&#8217;lim mu- assasalari qurish, ularni normativ talablarga muvofiq, zamonaviy texnika va texnologiyalar darajasini hisobga olgan holda jihozlanishini ta&#8217;minlash, ta&#8217;lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish, ta&#8217;lim xizmati ko&#8217;rsatish bozorini rivojlantirish, ta&#8217;lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta&#8217;minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo&#8217;llab-quvvatlash, fan bilan ta&#8217;lim jarayoni aloqalarini, ishlab chiqarish va ta&#8217;lim tizimi integratsiyalashuvini, ta&#8217;lim va kadrlar tayyorlashda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ham ta&#8217;lim tizimini rivojlantirishning asosiy yo&#8217;nalishlaridir. Dasturning 5-bo&#8217;limida milliy dasturni ro&#8217;yobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar belgilangan. Dasturdan O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari va nutqlarida ta&#8217;lim masalalari bo&#8217;yicha qayd etilgan tamoyillarning barchasi o&#8217;rin olgan. Dastur qabul qilinganidan so&#8217;ng respublika butun ta&#8217;lim tizimini tubdan isloh qilishning aniq strategik yo&#8217;nalishiga ega bo&#8217;ldi va bu borada bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, respublikaning 24 maktabida umumiy o&#8217;rta ta&#8217;limning 23 o&#8217;quv predmeti mazmunini yangilash, o&#8217;quvchilar bilimini baholashning yagona reyting tizimini joriy etish yuzasidan tajriba-sinov ishlari o&#8217;tkazildi. Ularning natijalari asosida umumiy o&#8217;rta ta&#8217;limning barcha sohalaridan davlat ta&#8217;lim standartlari, o&#8217;quv dasturlari, yangi darsliklar ishlab chiqildi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tarmog&#8217;ini barpo etish hamda ularni samarali ishlashi uchun barcha shart- sharoitlar yaratish bo&#8217;yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Oliy va o&#8217;rta maxsus ta&#8217;lim vazirligi tarkibida o&#8217;rta maxsus, kasb-xunar ta&#8217;limi markazi barpo etilib, litsey va kollejlar shu markaz ixtiyoriga o&#8217;tkazildi. 2000 yilgacha bakalavriat yo&#8217;nalishlari bo&#8217;yicha 251 davlat ta&#8217;lim standartlari ishlab chiqildi, dasturning kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash yo&#8217;nalishi bo&#8217;yicha 71 o&#8217;qituvchining chet ellarda, 980 o&#8217;qituvchining chet el o&#8217;qituvchilarini jalb etish yo&#8217;li bilan malakasi oshirildi. Dastur muvaffaqiyat bilan rivojlanib, O&#8217;zbekiston Respublikasi ustuvor yo&#8217;nalishlaridan biri bo&#8217;lib qolishiga ishonchli kafolatdir. Ad.: Barkamol avlod orzusi T., 2000. Asqarali Sulaymanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O&#8217;zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash milliy dasturi \u2014 1997 yil 29 avgustda O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida prezident I. A. Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan. Dasturning maqsadi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/kadrlar-tayyorlash-milliy-dasturi-4\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-102974","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102974","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102974"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102974\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102975,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102974\/revisions\/102975"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102974"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102974"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102974"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}