{"id":102982,"date":"2023-08-31T10:03:54","date_gmt":"2023-08-31T07:03:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102982"},"modified":"2023-08-31T10:04:05","modified_gmt":"2023-08-31T07:04:05","slug":"shariat-4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shariat-4\/","title":{"rendered":"Shariat"},"content":{"rendered":"\n<p>Shariat (Arabcha \u2014 to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;l; Islomda Qonunchilik ma&#8217;nosida ishlatiladi) \u2014 Islom huquq tizimi. Shariatda sof huquqiy masalalardan tashqari axloqiy me&#8217;yorlar va amaliy diniy talablarga ham qonun tusi berilgan. Shariatga musulmon kishi uchun dunyoga kelishidan to o&#8217;limigacha yurishturishini belgilovchi qoidalar to&#8217;plami sifatida qaralgan. Ilk Islomda jamiyatni huquqiy boshqarish Qur&#8217;on asosida olib borilgan. Keyinroq musulmonlarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va diniy faoliyatini kamrab oluvchi qonunlar majmuasiga ehtiyoj tug&#8217;ilgan. Islom xuquqshunoslari bir necha asr mobaynida Shariat me&#8217;yorlarini ishlab chiqqanlar. Shariatga Qur&#8217;on, sunna, ijmo va qiyos asos qilib olingan. Shariat huquqiy tizim sifatida 11 \u201412-asrlarda tugal shakllangan. Bunda yozma va og&#8217;zaki diniy, madaniy, axloqiy, huquqiy, mahalliy urfodat va an&#8217;analarning ta&#8217;siri bo&#8217;lgan. Islomda sunniylik va shiayaikdagch Shariat tizimlari o&#8217;rtasida muayyan tafovutlar bor. Sunniylikda hanafiylik, molikiylik, shofi&#8217;iylik, hanbaliylik, shialikda esa ja&#8217;fariylik mazhabining o&#8217;ziga xos huquqiy tartiblari mavjud. Shariatda davlat (xalifalik) xuquqi me&#8217;yorlari, majburiyat, meros, jinoyat, jazo va oila-nikoh huquqi, shuningdek, sud ishlarini yuritish, vasiylik ko&#8217;rsatmalari berilgan. Shariat xususiy mulkni Xudo tomonidan belgilangan, doimiy va o&#8217;zgarmas deb hisoblaydi. Shariatda barcha xatti-harakatlar dastlab 2 tur \u2014 harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik Shariat shakllanib tugallangan davrda 5 toifaga bo&#8217;lingan. Bular: farz yo vojib \u2014 bajarilishi muhim va majburiy hisoblangan xatti-harakatlar (masalan, namoz o&#8217;qish, zakot berish); sunnat yo mustahab \u2014 majburiy emas, lekin ma&#8217;qul, lozim deb hisoblangan normalar (masalan, uylanish, sadaqa berish); muboh yo joiz \u2014 rag&#8217;batlantirilmaydigan va uni bajarmaslik gunoh hisoblanmaydigan ixtiyoriy xatti-harakatlar (masalan, bitim, savdo shartnomalari tuzish, safar qilish, yemoq, ichmoq va boshqalar); makruh \u2014 jazoga tortilmaydigan, ammo noma&#8217;qul hisoblanadigan xatti-harakatlar (masalan, so&#8217;kinish, kattalarning hurmatini o&#8217;rniga qo&#8217;ymaslik, suvni ifloslantirish, hayvonlarga haddan ortiq yuk ortish); harom \u2014 qatiy ravishda taqiqlangan xatti-harakatlar (masalan, cho&#8217;chqa go&#8217;shti iste&#8217;mol qilish, araq ichish, odam o&#8217;ldirish va boshqalar). Shariat jinoyat uchun qat&#8217;iy, shafqatsiz choralarni ko&#8217;zda tutadi. Shariat ilmlari Islom dini va unga bog&#8217;liq bo&#8217;lgan masalalarni qamrab olgan. Bular tajvid (qiroat), tafsir, hadis, fiqh ilmlari, fiqhning far&#8217;iy (juz&#8217;iy) qismlari hamda kalom ilmidan iboratdir. Shariat ilmlari qatoriga Arab tili va adabiyoti ham kiritiladi, chunki ularsiz Shariat ilmlarini o&#8217;rganish mumkin emas, deb hisoblanadi. Ad.: Burhoniddin Marg&#8217;inoniy, Hidoya, 1J., T., 2000; Abdulvahhob Xallof, Usul ul fiqh (Islom qonunshunosligi asoslari), 1\u20142-qism, T., 1997; 3-4 qism. T., 1999; Abdulhakim Shar&#8217;iy Juzjoniy, Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va O&#8217;rta Osiyo faqixlari, T., 2002; Saidov A.H., Burhoniddin Marg&#8217;inoniy \u2014 buyuk huquqshunos, T., 1997; Husniddinov Z., Islom: yo&#8217;nalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shariat (Arabcha \u2014 to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;l; Islomda Qonunchilik ma&#8217;nosida ishlatiladi) \u2014 Islom huquq tizimi. Shariatda sof huquqiy masalalardan tashqari axloqiy me&#8217;yorlar va amaliy diniy talablarga ham qonun tusi berilgan. Shariatga musulmon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shariat-4\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-102982","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102982","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102982"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102982\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102996,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102982\/revisions\/102996"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102982"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102982"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102982"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}