{"id":103002,"date":"2023-08-31T10:07:17","date_gmt":"2023-08-31T07:07:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103002"},"modified":"2023-08-31T10:07:22","modified_gmt":"2023-08-31T07:07:22","slug":"shampan-vinosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shampan-vinosi\/","title":{"rendered":"Shampan vinosi"},"content":{"rendered":"\n<p>Shampan vinosi \u2014 karbon kislotaga to&#8217;yintirilgan ko&#8217;piklanuvchi uzum vinosi; maxsus tayyorlangan va qayta ishlangan vino mahsulotni Germetik berkitiladigan shisha yoki maxsus idishlarda takroriy bijg&#8217;itish yo&#8217;li bilan olinadi. Shampan vinosida karbon kislotaning yuqori miqdori shisha idish ochilgan paytda vinoning ko&#8217;piklanishi va mavjlanishini ta&#8217;minlaydi. Tarkibidagi qand miqdoriga qarab: Shampan vinosi bryut (0,3% gacha), shirasiz (0,8%), kam shirali (3%), nim shirin (5%), shirin (8%) va juda shirin (10%) turlarga bo&#8217;linadi. Shampan vinosi 17-asr o&#8217;rtalarida Frantsiyaning Shampan viloyatida birinchi marta tayyorlangan (shampan nomi shundan). Yangi uzilgan uzum 4 soatdan kechiktirilmay ezilib, meva bandlaridan tozalangach, presslanib sharbati olinadi. Sharbat past (10-12\u00b0) temperaturada 14-16 soat yoki 25-30\u00b0 da 18-24 soat tindiriladi, rangi tiniq bo&#8217;lishi uchun Qar 1 dal sharbatga 2-3 g bentonit qo&#8217;shiladi. Tindirilgan sharbatga achitqi va sut kislotasi bakteriyalari qo&#8217;shiladi va bijg&#8217;itish idishlariga o&#8217;tkaziladi, bijg&#8217;ish 14\u2014 18\u00b0 temperaturada 10 sutkaga yaqin davom etadi. Bijg&#8217;itish tugashi bilan (qandi 0,2%) sharbat boshqa idishlarga quyiladi. Tayyor vino 10-15 ming dal dan qilib shampan zavodiga yuboriladi. Shampan zavodlarida vinoni takroriy bijg&#8217;itish yo&#8217;li bilan karbon kislotaga to&#8217;yintirish jarayoni shampanlash deb ataladi. Shampanlash 2 usulda o&#8217;tkaziladi. Butilka usuli: vino mahsulotlariga shakar va bijg&#8217;itish uchun achitqi qo&#8217;shib, maxsus shisha idishlarga quyiladi va saqlash uchun olib qo&#8217;yiladi. 3-4 haftadan keyin vinoga qo&#8217;shilgan shakar bijg&#8217;ishidan hosil bo&#8217;lgan karbon kislota tufayli butilkada 5 ATM gacha bosim vujudga keladi. Shampanlangan vinoning saklanish muddati 3 yil davom etadi. Bu davr mobaynida murakkab fizik-kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar natijasida Shampan vinosining o&#8217;ziga xos ta&#8217;mi, hidi hamda mavjlanish va ko&#8217;piklanish xususiyatlari paydo bo&#8217;ladi. Rezervuar usuli davriy va uzluksiz yo&#8217;nalishda o&#8217;tkaziladi. Vinoni davriy shampanlash katta rezervuarlarda (5-10 M1) 1 oy mobaynida o&#8217;tkaziladi. Keyin vino sovitiladi, tindiriladi va butilkalarga kuyiladi. O\u2019zbekistonda Shampan vinosi ishlab chiqarish 1942 yildan boshlab yo&#8217;lga qo&#8217;yildi va &#171;O&#8217;zbekiston shampani&#187; kompaniyasida &#171;O&#8217;zbekiston shampani&#187;, &#171;Durdona&#187;, &#171;Navro&#8217;z&#187;, &#171;Gulshan&#187; va boshqa Shampan vinosi ishlab chiqariladi. Shampan vinosi eng yaxshi uzum navlaridan, O\u2019zbekistonda, asosan, bayan Shirey, Rkasitelli, Kabarne, Risling, oq Pino, K,ora Pino, Aligote kabi maxsus navlardan tayyorlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shampan vinosi \u2014 karbon kislotaga to&#8217;yintirilgan ko&#8217;piklanuvchi uzum vinosi; maxsus tayyorlangan va qayta ishlangan vino mahsulotni Germetik berkitiladigan shisha yoki maxsus idishlarda takroriy bijg&#8217;itish yo&#8217;li bilan olinadi. Shampan vinosida karbon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shampan-vinosi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-103002","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103002","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103002"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103002\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103018,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103002\/revisions\/103018"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103002"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103002"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103002"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}