{"id":103114,"date":"2023-08-31T14:18:39","date_gmt":"2023-08-31T11:18:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103114"},"modified":"2023-08-31T14:18:56","modified_gmt":"2023-08-31T11:18:56","slug":"shohnoma","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shohnoma\/","title":{"rendered":"&#171;Shohnoma&#187;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;Shohnoma&#187; \u2014 qadimgi shohlar haqidagi rivoyat, afsonaviy va epik dostonlardan iborat kitoblar nomi. Dastlab sosoniylar davri (3-6-asrlar) da pahlaviy tilida &#171;Xvataynamak&#187; (&#171;Xudoynoma&#187; \u2014 &#171;hukmdorlar haqida kitob&#187;) to&#8217;plami yaratilib, 10-asrda &#171;Shohnoma&#187; nomi bilan qayta ishlangan. 9-10 ta &#171;Shohnoma&#187; yaratilgani tarixdan ma&#8217;lum. 9\u2014 10-asrlarda ularning ko&#8217;pi Arab tiliga ham tarjima qilingan. Lekin ularning birortasi bizgacha to&#8217;liq etib kelmagan. Jumladan, yirik amaldor va lashkarboshi Abu Mansur Muhammad ibn Abdurazzoq Tusiyning topshirig&#8217;iga ko&#8217;ra, 957 yil Abu Mansur alMa&#8217;mariy tomonidan nasriy &#171;Shohnomai Mansur&#187; yaratilgan. Bu asarning faqat boshlanish qismigina bizga yetib kelgan. Taxminan 963 yil Abd alMuayyad Balxiy ham nasriy &#171;Shohnoma&#187; yozgan. U bilan ayni vaqtda Mas&#8217;ud Marvaziy va Abu Ali Balxiylar &#171;Shohnoma&#187; bitganlar. Balxiy asarida Firdavsiy &#171;Shohnoma&#187;sida tilga olinmagan Narimon, Som, og&#8217;ush, Vahodan, Kayshikan nomlari bilan bog&#8217;liq lavhalar mavjud bo&#8217;lgan. Marvaziy o&#8217;z &#171;Shohnoma&#187;sini birinchi odam va birinchi podshoh Qayumarsdan boshlab, Somoniylar davlatining oxirgi davri tasviri bilan tugallaydi. Bo&#8217;borada to&#8217;plangan katta tajriba va yig&#8217;ilgan salmoqli material asosida Somoniy hukmdorlar buyrug&#8217;i va homiyligida Abu Mansur Dakiqiy nazmiy &#171;Shohnoma&#187;ga qo&#8217;l urgan. Biroq u Zardusht, Gushtasp va Arjasp dostonlarini \u2014 jami 1000 bayt yozganda, fojiali ravishda o&#8217;ldirilgan. Daqiqiy boshlagan ishni Abulqosim Firdavsiy nihoyasiga yetkazgan: 50 podshohlikdan iborat 4 ta sulola misolida Eron va Turon xalqlarining qariyb to&#8217;rt ming yillik tarixi yuksak mahorat bilan qalamga olingan 60 ming bayt (120000 misra)dan iborat muazzam &#171;Shohnoma&#187; ustida u 30 yildan ortiq vaqt ishlagan. U eng qadimgi davrlardan boshlanib, sosoniylar shohi Yazdigard III davrida arablarning Eronga bostirib kirishi bilan yakunlangan. Firdavsiy &#171;Shohnoma&#187;si o&#8217;zidan keyingi Sharq adabiyotiga kuchli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan, unga javoban ko&#8217;plab &#171;Shohnoma&#187;lar yozilib, o&#8217;ziga xos shohnomanavislik an&#8217;anasi vujudga kelgan. Bu an&#8217;anani asadiy Tusiy boshlab bergan: u 1066 yilda 145 bob, 9000 baytdan iborat &#171;Gershaspnoma&#187; dostonini yaratgan. qadimiy Eronning afsonaviy qahramoni bo&#8217;lgan Gershasp Jamshidning 6-avlodi, Firdavsiy qahramoni Rustamning katta bobosidir. Firdavsiy &#171;Shohnoma&#187;sida Gershasp haqida batafsil to&#8217;xtalmagani uchun Asadiy Tusiy uning faoliyatini keng yoritishni maqsad qilgan. 11 \u2014 12-asrlarda &#171;Barzunoma&#187;, &#171;Bahmannoma&#187;, &#171;Qushnoma&#187;, &#171;Faromurznoma&#187; asarlari, keyinroq \u2014 mo&#8217;g&#8217;ullar hujumi arafasida &#171;Jahongirnoma&#187;, Qone&#8217;iy Tusiyning &#171;Saljuqnoma&#187;si, 1300 yilda qatl etilgan shoir Robe&#8217;iy Bushanjiyning &#171;Kartnoma&#187;si, temuriylar davrida &#171;Somnoma&#187;, Rustamning qizi Gushaspbonuga bag&#8217;ishlangan 4 doston paydo bo&#8217;lgan. Bu dostonlar orasida eng salmoqlisi &#171;Barzunoma&#187; bo&#8217;lib, uning 2 nusxasi ma&#8217;lum: kichigi \u2014 45, kattasi \u2014 65 ming bayt. Qo&#8217;lyozmalari Parij va Dushanbada saqlanadi. Uning O&#8217;zbekcha nusxalari ham mavjud. &#171;Shohnoma&#187;ta&#8217;sirida bir necha tarixiy va tasavvufiy dostonlar ham yaratilgan: &#171;Iskandarnoma&#187;lar, mutasavvif shoirlar yozgan pandnoma dostonlar, &#171;Shohnoma&#187;, &#171;Shahanshohnoma&#187; nomlari bilan ijod qilingan asarlar shular jumlasidandir. Faqat Hamdulloh Mustavfiy Qazviniyning &#171;Zafarnoma&#187; kitobi &#171;Shohnoma&#187;ning davomi bo&#8217;lib, 1335 yilgacha bo&#8217;lgan tarixiy voqealarni o&#8217;z ichiga oladi. Sohib nomli shoir ham 1320 yilda yozilgan &#171;daftari Dilkusho&#187; asarida &#171;Shohnoma&#187;ni davom ettirgan. Badriddin Chochiy ham 35 ming baytdan iborat &#171;Shohnoma&#187;yozgan bo&#8217;lsada, u hali topilgan emas. Turk shoiri uzun Firdavsiy ham Boyazidga atab &#171;Shohnoma&#187;yozgan. Lekin Sulton shoirga dostonini ixchamlashtirishni buyurganidan achchiqlanib, unga qarshi hajviya yozib, Xurosonga qochib ketadi. Bag&#8217;ishlovni hisobga olmaganda, Firdavsiy &#171;Shohnoma&#187;sida Islom ta&#8217;siri deyarli yo&#8217;q. Holbuki, unga ergashib yozilgan &#171;Shohnoma&#187;larda mualliflarning musulmon ekanligi yaqqol sezilib turadi, ba&#8217;zi dostonlarda bahodirlar hatto Islom dini uchun kurashchilar sifatida tasvirlanadi. Safaviylar davrida yozilgan &#171;Hovaronnoma&#187;da shialik mazhabi uchun kurash asosiy o&#8217;rinni egallaydi va hatto bosh qahramon o&#8217;rnini Hazrat Ali egallaydi. Bundan tashqari, bu dostonlarning barchasi uchun xos xususiyat ularda pandnasihat motivining ustunligidir. &#171;Gershaspnoma&#187;ning ham uchdan bir qismini pandnasihat tashkil etadi. Bu asarlarning birortasi g&#8217;oyaviybadiiy jihatdan Firdavsiy &#171;Shohnoma&#187;si darajasiga ko&#8217;tarila olmagan, adabiyot taraqqiyotida ham sezilarli rol o&#8217;ynamagan. Ad.: Shomuhamedov Sh., Shoh kitob va uning muallifi, T., 1992; Homidov H., &#171;Shohnoma&#187;ning shuhrati, T., 1991. Ergash Ochilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;Shohnoma&#187; \u2014 qadimgi shohlar haqidagi rivoyat, afsonaviy va epik dostonlardan iborat kitoblar nomi. Dastlab sosoniylar davri (3-6-asrlar) da pahlaviy tilida &#171;Xvataynamak&#187; (&#171;Xudoynoma&#187; \u2014 &#171;hukmdorlar haqida kitob&#187;) to&#8217;plami yaratilib, 10-asrda &#171;Shohnoma&#187; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shohnoma\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-103114","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103114","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103114"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103114\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103160,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103114\/revisions\/103160"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103114"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103114"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103114"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}