{"id":103123,"date":"2023-08-31T14:18:03","date_gmt":"2023-08-31T11:18:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103123"},"modified":"2023-08-31T14:18:11","modified_gmt":"2023-08-31T11:18:11","slug":"shulluktepa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shulluktepa\/","title":{"rendered":"Shulluktepa"},"content":{"rendered":"\n<p>Shulluktepa \u2014 qarshi vohasidagi o&#8217;rta asrlarga oid yirik qo&#8217;hna shahar xarobasi. Hozirgi Qarshi shahridan 8 kilometr shimoli g&#8217;arbda, Qashqadaryoning chap qirg&#8217;oqlariga yaqin erda joylashgan. Ko&#8217;pchilik tadqiqotchilar tomonidan qadimiy Nasaf shahri xarobasi ekanligi e&#8217;tirof etiladi. Shulluktepa 1883 yil rus arxeologlari V.V.Krestovskiy, 1895 va 1910 yillarda B.I. Litvinov, 1910 yilda D.I.Logofet tomonidan tekshirilib, umumiy ma&#8217;lumotlar to&#8217;plangan. Bu tadqiqotchilar Arab geograflari asarlarida qayd etilgan Nasaf shahri aynan shu yerda joylashganligi haqidagi fikrni ilgari surganlar. 1916 yilda sharqshunos L.A.Zimin birinchi bo&#8217;lib Shulluktepada arxeologik tadqiqotlar o&#8217;tkazgan. Keyinchalik bu yodgorlikda S.K.Kabanov, M.E.Masson, B.D.Kochnev, V.A.Pirin, M.X.Isomiddinov kabi arxeolog olimlar tadqiqot ishlari o&#8217;tkazganlar. Ushbu tadqiqotlar natijalarining ko&#8217;rsatishicha, Shulluktepa o&#8217;rnida milodiy 3-4-asrlarda dastlab uncha katta bo&#8217;lmagan istehkom bunyod etilib, 5-6-asrlarda qal&#8217;a (150&#215;80) va uni o&#8217;rab turgan Shahriston shakllangan. 6-8-asrlarda esa Shahriston qalinligi 15 metr bo&#8217;lgan devor bilan o&#8217;rab olingan. Arablar istilosi va unga qarshi ko&#8217;tarilgan qo&#8217;zg&#8217;olonlar oqibatida Naxshab shahri (Zahhoki moron) asta-sekin vayronaga aylangach, 9-asrdan boshlab quyi Qashqadaryodagi shaharsozlik markazi Shulluktepa o&#8217;rnida rivojlanadi. 200 gektar maydonni egallagan bu yangi shahar Arab manbalarida Nasaf deb atala boshlangan. 10-12-asrlarga oid Arab geograflari (Ibn Xurdodbeh, istaxriy, Ibn Havqal, Muqaddasiy, Sam&#8217;oniy) asarlarida ushbu ko&#8217;hna shahar qal&#8217;adan tashqari Shahriston va rabodga ega ekanligi, shahar o&#8217;rtasidan Daryo oqib o&#8217;tishi, shaharning 4 darvozasi borligi qayd etiladi, ayrim bosh ko&#8217;chalarning nomlari tilga olinadi. Shulluktepada olib borilgan tadqiqotlar shahar Movarounnahrning ichki va tashqi iqtisodiy savdo aloqalarida faol ishtirok etganligini ko&#8217;rsatadi. Shulluktepa (Nasaf) orqali ilk va rivojlangan o&#8217;rta asrlarda Eron va Xurosonning savdo shaharlarini Samarqand, Choch vohasi va Farg&#8217;ona vodiysi bilan, Buxoroni termiz, Balx va Hindistonning savdo markazlari bilan bog&#8217;lovchi tranzit savdo yo&#8217;llari o&#8217;tishi bu shahar rivojiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatganligini qayd etish mumkin. Mo&#8217;g&#8217;ullar bosqinidan so&#8217;ng shahar xarobaga aylanadi va uning xarobalari keyinchalik Shulluktepa nomi bilan atala boshlanadi. Ad.: Masson M.E., Stolichnme goroda v oblasti nizovev Kashkadari s drevneyshix vremen, T., 1973; Sul eymanov R.X.,Drevniy Naxshab, T., 2000. O&#8217;ktam Mavlonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shulluktepa \u2014 qarshi vohasidagi o&#8217;rta asrlarga oid yirik qo&#8217;hna shahar xarobasi. Hozirgi Qarshi shahridan 8 kilometr shimoli g&#8217;arbda, Qashqadaryoning chap qirg&#8217;oqlariga yaqin erda joylashgan. Ko&#8217;pchilik tadqiqotchilar tomonidan qadimiy Nasaf shahri &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shulluktepa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-103123","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103123","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103123"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103123\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103146,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103123\/revisions\/103146"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103123"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103123"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103123"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}