{"id":103124,"date":"2023-08-31T14:18:05","date_gmt":"2023-08-31T11:18:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103124"},"modified":"2023-08-31T14:18:13","modified_gmt":"2023-08-31T11:18:13","slug":"shumanay-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shumanay-tumani\/","title":{"rendered":"Shumanay tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Shumanay tumani &#8212; Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi tuman. 1950 yil 6 oktyabrda tashkil etilgan. 1960 yil 5 Fevralda Qo&#8217;ng&#8217;irot va Xo&#8217;jayli tumanlariga qo&#8217;shib yuborilgan edi. 1976 yil 9 yanvarda qayta tashkil etildi. Sharqdan Xo&#8217;jayli, Qanliko&#8217;l, shimol va g&#8217;arbdan Qo&#8217;ng&#8217;irot tumanlari, Janubdan Turkmaniston bilan chegaralangan. Maydoni 0,64 ming km2. Aholisi 41,4 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Shumanay), 6 ovul fuqarolari yig&#8217;ini (Birleshiq, Dehqonobod, Ketenlar, Mamiy, Oqjap, Sarmonboyko&#8217;l) bor. Tuman markazi \u2014 Shumanay shahri. Tabiati. Relefi, asosan, pasttekislikdan iborat, dehqonchilik uchun qulay yerlar. Hududi g&#8217;arbdan Ustyurt platosiga tutash. Iqlimi keskin kontinental. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 11\u00b0. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -6,9\u00b0, eng past temperatura -32\u00b0. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 27,1\u00b0, eng yuqori temperatura 40\u00b0. Yiliga 95 mm yog&#8217;in tushadi. Vegetatsiya davri 195 kun. Tuproqlari bo&#8217;z, taqirli cho&#8217;l va sho&#8217;rlangan cho&#8217;l o&#8217;tloqi tuproqlardan iborat. Yovvoyi o&#8217;simliklardan yantoq, saksovul, oqbosh, yulg&#8217;un, qamg&#8217;oq, pechak, qorabaroq va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyabo&#8217;ri, qobon, quyon, qirg&#8217;ovul, bo&#8217;rsiq, turli xil ilonlar, kaltakesaklar va boshqalar bor. Aholisi qoraqalpoq va o&#8217;zbeklar, shuningdek, qozoq, turkman, rus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1km2 ga 64,7 kishi. Qishloq aholisi 29 ming kishi, shahar aholisi 12,4 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Tumanda &#171;Shumanay momig&#8217;i&#187; aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli paxta tozalash zavodi, g&#8217;isht zavodi, xo&#8217;jaliklararo ko&#8217;chma mexanizatsiyalashgan kolonna, qurilishta&#8217;mirlash bo&#8217;linmasi, qishloq qurilishta&#8217;mirlash korxonasi bor. Avtokorxona, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari ishlab turibdi. 200 dan ziyod tadbirkor faoliyat ko&#8217;rsatadi. Shumanay tumani, asosan, qishloq xo\u2019jaligi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 6 shirkat xo&#8217;jaligi, 200 dan ortiq fermer xo&#8217;jaligi bor. 4 ta xususiy chorvachilik fermasi mavjud. Paxtachilik \u2014 tuman iqtisodiyotida yetakchi tarmoq. 7 ming gektar yerga paxta, 4,5 ming gektar yerga bug&#8217;doy, shuningdek, sabzavot, poliz, emxashak va boshqalar ekinlar ekiladi. Pilla yetishtiriladi. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida qoramol, qo&#8217;y, parranda boqiladi. 36 umumiy ta&#8217;lim maktabi (10 mingdan ziyod o&#8217;quvchi), bolalar musiqa va sport maktablari, 2 kasb- hunar kolleji (2 mingga yaqin talaba), Bioekosan markazi, kasb-hunar o&#8217;rganish markazi va boshqalar mavjud. Madaniyat saroyi, Markaziy kutubxona va uning 25 ta tarmog&#8217;i, 3 qishloq klubi, &#171;Gulpak&#187; xalq raqs dastasi, madaniyat uylari, sport majmuasi, stadion, sport zallari, sport maydonchalari va boshqalar bor. Markaziy tuman kasalxonasi (240 o&#8217;rin), 2 qishloq kasalxonasi, 5 qishloq vrachlik punkti, 2 poliklinika, shuningdek, maxsus, rentgen lab.lar va boshqalar tibbiy muassasalarda 1 mingdan ziyod vrach va o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. Qadimgi tarixiy yodgorliklardan tuman hududida Jampiqqal&#8217;a (tarixda Aybuyir nomi bilan mashhur, miloddan avvalgi 5-4-asrlar), Janaqal&#8217;a (19-asr boshlari, mahalliy aholi uni yana ulkan tom, Qo&#8217;hna Shumanay deb ham ataydi) bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shumanay tumani &#8212; Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi tuman. 1950 yil 6 oktyabrda tashkil etilgan. 1960 yil 5 Fevralda Qo&#8217;ng&#8217;irot va Xo&#8217;jayli tumanlariga qo&#8217;shib yuborilgan edi. 1976 yil 9 yanvarda qayta tashkil etildi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shumanay-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-103124","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103124","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103124"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103124\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103147,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103124\/revisions\/103147"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103124"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103124"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103124"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}