{"id":103199,"date":"2023-08-31T15:00:07","date_gmt":"2023-08-31T12:00:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103199"},"modified":"2023-08-31T15:00:13","modified_gmt":"2023-08-31T12:00:13","slug":"shohiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shohiy\/","title":{"rendered":"Shohiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Shohiy (taxallusi; asl nomi Sulton Mas&#8217;ud Mirzo Shohiy) (1475 \u2014 G&#8217;azna \u2014 1507) \u2014 shoir, temuriy shahzodalardan biri. Otasi Sulton Mahmud Mirzo Sohibqiron Amir Temurga 5-bo&#8217;g&#8217;in avloddir. Onasi Xonzodabegim Mir Buzurg Termiziyning qizi. Shohiy boshqa temuriyzodalar kabi yoshligidan ilmga, adabiyotga havasmand bo&#8217;lgan. Otasi unga Hisor hokimligini topshirgan va u otasining vafotiga qadar (1495) bu yerni boshqarib turgan. Samarqandni olish uchun qilgan yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Hisor qam qo&#8217;lidan ketgach, Husayn Boyqaro saroyidan panoh topgan va yana saltanat ilinjida Movarounnahrga qaytgan. Vazir Xusravshoh Shohiyni asir olib, ko&#8217;ziga mil tortgan. Yana Husayn Boyqaroning ruxsati bilan Xurosonga qaytgan va uning qizlaridan biri \u2014 Begim Sultonga uylangan. U keyingi hayotini ijodga bag&#8217;ishlagan va Hirot adabiy hayotida faol qatnashgan. 1507 yilda Shayboniyxonning Xurosonga yurishlari vaqtida o&#8217;ldirilgan va G&#8217;aznada dafn etilgan. Shohiy haqida Alisher Navoiy o&#8217;zining &#171;Majolis unnafois&#187; tazkirasining 7-majlisida shunday ta&#8217;rif beradi: &#171;Sulton Mas&#8217;ud Mirzo \u2014 Ravshan zehnlik va mustahsan ta&#8217;bliq va pokiza hisol va Mahmud faol yigitdur. Vafo va diljo&#8217;yliq aning shiori, Saxo va darveshxo&#8217;yliq uning atvori&#187;. Amakivachchasi va qaynisi Zahiriddin Muhammad Bobur ham &#171;Boburnoma&#187;nit bir necha joylarida uni yaxshi xotiralar bilan eslaydi. Tazkiranavis \u2014 Faxri Hirotiy (16-asr) &#171;Latoyifnoma&#187; asarida (Alisher Navoiy &#171;Majolis unnafois&#187; tazkirasining forschaga erkin, ijodiy tarjimasi) ta&#8217;kidlashicha, u turkiy she&#8217;rlarida &#171;Shohiy&#187;, forsiy she&#8217;rlarida esa &#171;Orifiy&#187; taxalluslarini qo&#8217;llagan va bu ikki tilda alohidaalohida devon tuzgan. Shohiyning turkiy &#171;Devon&#187;i 1140 baytni tashkil qilib, undagi she&#8217;rlar g&#8217;azal, ruboiy, fard va tarje&#8217;band janrlaridadir. Shohiy she&#8217;riyatida Navoiy an&#8217;analarini davom ettirgan. Navoiy va Husayniy g&#8217;azallariga taxmislar, tatabbu&#8217;lar bog&#8217;lagan. Shohiy turkiy &#171;Devon&#187;ining 2 qo&#8217;lyozmasi ma&#8217;lum bo&#8217;lib, ular (1745; 1776) Hindistonda ko&#8217;chirilgan. Bu qo&#8217;lyozmalar Londondagi &#171;India ofis&#187; kutubxonasida saqlanadi. Professor A. Abdug&#8217;afurov Shohiy &#171;Devon&#187;ini fotonusxa asosida mukammal so&#8217;zboshi bilan nashr ettirgan (2001). Otabek Jo&#8217;raboev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shohiy (taxallusi; asl nomi Sulton Mas&#8217;ud Mirzo Shohiy) (1475 \u2014 G&#8217;azna \u2014 1507) \u2014 shoir, temuriy shahzodalardan biri. Otasi Sulton Mahmud Mirzo Sohibqiron Amir Temurga 5-bo&#8217;g&#8217;in avloddir. Onasi Xonzodabegim Mir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shohiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-103199","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103199","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103199"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103199\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103217,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103199\/revisions\/103217"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103199"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103199"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103199"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}