{"id":103210,"date":"2023-08-31T15:00:05","date_gmt":"2023-08-31T12:00:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103210"},"modified":"2023-08-31T15:00:08","modified_gmt":"2023-08-31T12:00:08","slug":"shoshtepa-chochtepa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shoshtepa-chochtepa\/","title":{"rendered":"Shoshtepa, Chochtepa"},"content":{"rendered":"\n<p>Shoshtepa, Chochtepa \u2014 ko&#8217;p qatlamli arxeologik yodgorlik. Toshkent shahri hududida qad ko&#8217;targan eng qadimiy qishloq va ilk qo&#8217;rgon \u2014 Chochkatning xarobalari (miloddan avvalgi 6-asr \u2014 milodiy 16-asrlar). Yodgorlik Jo&#8217;nariqning chap va o&#8217;ng sohillarida joylashgan biri tik va baland, ikkinchisi yassiroq ulkan tepaliklardan iborat. Umumiy maydoni taxminan 25 gektar. Dastlab Turkiston arxeologiya havaskorlari to&#8217;garagi a&#8217;zosi N.S.Likoshin tomonidan qayd etilgan, N.P.Ostroumov arxeologik qazishlar o&#8217;tkazgan (1896); G.V.Grigorev tekshirgan (1934), N.I.Krasheninnikova (1956), G&#8217;.Dadaboyev (1970)lar arxeologik kuzatishlar olib borgan. 1978 yildan Toshkent arxeodogiya ekspeditsiyasi (V.I.Sprishevskiy, M.I.Filanovich) tomonidan muntazam arxeologik qazishlar o&#8217;tkazilgan. Tadqiqotlarni hozirgi vaqtda M.I.Filanovich davom ettirmoqda. Jo&#8217;nariqning so&#8217;l sohilida joylashgan balandligi 18-19 metrli tik tepa (maydoni 150\u2014 120 metr) istehkomli ilk qishloq xarobasi bo&#8217;lib, uning ostki madaniy qatlamlaridan qadimgi dehqonchilik madaniyatining so&#8217;nggi bosqichi (miloddan avvalgi 6-4-asrlar)da yashagan o&#8217;troq ziroatkor aholi turar joylarining qoldiqlari qayd etilgan. Arxeologik tadqiqotlardan ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, miloddan avvalgi 3-asrda Janubiy Ural va Sharqiy Orol oldi mintaqalaridan Janubga tomon siljigan ko&#8217;chmanchi chorvador sarmat qabilalari qadimiy Chochkatni vayron etib, qabristonga aylantirganlar. Miloddan avvalgi 2 \u2014 1-asrlarda Shoshtepada qadimiy qishloq xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bilan o&#8217;rab olingan doira shaklidagi qal&#8217;aqo&#8217;rg&#8217;on qad ko&#8217;targan. Qalinligi 4 metrli qo&#8217;rg&#8217;on devori yirik xom g&#8217;ishtlardan urib chiqilgan. Diametri 60 metrli qo&#8217;rg&#8217;on devorining ichki aylanasi bo&#8217;ylab tomi ravoqsimon qilib yopilgan uzun yo&#8217;lak bino qilingan. Yo&#8217;lak qismlarga bo&#8217;lingan va har biridan tashqariga chiqadigan darvozasi bo&#8217;lgan. Qo&#8217;rg&#8217;onning Markaziy qismida xoch shaklida monumental bino qad ko&#8217;targan. Uning devorlarining qalinligi 2 metr, tomi esa ravoqsimon. Bino qator xonalar va yo&#8217;laklarga ajratilgan. Peshtoqi binoning shimoliy qanotida, u ravoqli darvozaxona va uning 2 biqinida paykonsimon darchalar joylashtirilgan. Qo&#8217;rg&#8217;on binosining umumiy tarhi: yo&#8217;lakli aylanma tashqi devoriyu, xochsimon markaziy binosi, ravoqli peshtoqiyu paykonsimon darchalariga qaraganda, u avvaldan anchagina puxta o&#8217;ylangan reja asosida qurilgan zamonasining nodir me&#8217;moriy obidalaridan hisoblangan. Shoshtepaning madaniy qatlamlaridan ko&#8217;pdan-ko&#8217;p ashyoviy topilmalar qayd etildi. Ular orasida uyro&#8217;zg&#8217;or va xo&#8217;jalik buyumlari: xum, xo&#8217;mcha, ko&#8217;za, bir quloqli va jo&#8217;mrakli ho&#8217;qachalar, 2 qulokli sopol qozonlar, tova, suvdonlar, ho&#8217;kiz boshli kabob ko&#8217;ralar, yoysimon yorg&#8217;uchoqlar, temir pichoq, o&#8217;roq va hokazolardan iborat. Topilmalar orasida 2 ta nodir buyum: fil suyagidan yasalgan qadahning bir bo&#8217;lagi va suyakdan ishlangan qalam, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Hajmi 5 \u2014 3,5 santimetrli suyak qadah parchasida boshida ulkan kuloh, keng peshonali, ot yuzli, qirraburun, bodom qovoq, sersoqol va mo&#8217;ylovli o&#8217;rta yoshdagi kishining siy- mosi qabartma qilib tasvirlangan. Suyak qalamning uzunligi 15 santimetr. Bir tomoni yozish uchun uchli qilib, 2-tomoni esa ilonni boshidek romb shaklida kurakcha qilib yasalgan. Bu topilmalar milodiy 1-2-asrlarga mansub bo&#8217;lib, Chochda ham qadimda xatsavod bo&#8217;lgani hamda shoshtepaliklar karvon yo&#8217;li orqali yaqin va O&#8217;rta Sharq mamlakatlari bilan aloqada bo&#8217;lganidan dalolat beradi. Topilmalar ko&#8217;chmanchi dasht bilan o&#8217;groq dehqonchilik vohasi chegarasida uzoq asrlar davomida yonmayon yashagan hamda bir-biri bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo&#8217;lgan qadimiy qavmlarning yaratgan o&#8217;ziga xos madaniyatining mahsuli edi. Bu madaniyat fanda Qovunchi madaniyati deb ataladi. Istehkomli qishloq sifatida qad ko&#8217;targan Shoshtepa miloddan avvalgi 2 \u2014 1-asrlarda ilk shaharcha qiyofasiga kirib, u Sirdaryoning o&#8217;rta oqimida tashkil topgan Qang&#8217; davlatining dasht bilan Toshkent vohasiga tutashib ketgan chegarasidagi istehkom, hunarmandchilik markazi, ko&#8217;chmanchi chorvador aholi bilan o&#8217;troq dehqonlar o&#8217;rtasida olib boriladigan o&#8217;zaro savdo bozori vazifasini o&#8217;tagan. 5-asr o&#8217;rtalarida chorvador eftaliylarning Jan.ga tomon siljishi oqibatida Shoshtepada qadimdan o&#8217;tparastlik ibodatxonasi bo&#8217;lgan xoch shaklidagi Markaziy bino qabristonga aylantirilgan. 6-8-asrlar boshlarida Shoshtepada hayot yana ancha yuksalgan. Arab xalifaligi istilosi natijasida Shoshtepa vayron bo&#8217;lgan. 11 \u2014 12-asrlarda undagi hayot birmuncha jonlansada , ammo 16-asrda Shoshtepa deyarli xarobaga aylangan. Garchi Shoshtepada qad ko&#8217;targan qo&#8217;rg&#8217;on to&#8217;la shahar qiyofasida shakllanmagan bo&#8217;lsada, biroq u Toshkent vohasida shaharsozlik madaniyatini shakllanishi va rivoji tarixini tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega yodgorlik hisoblanadi. Abdulahad Muhammadjonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shoshtepa, Chochtepa \u2014 ko&#8217;p qatlamli arxeologik yodgorlik. Toshkent shahri hududida qad ko&#8217;targan eng qadimiy qishloq va ilk qo&#8217;rgon \u2014 Chochkatning xarobalari (miloddan avvalgi 6-asr \u2014 milodiy 16-asrlar). Yodgorlik Jo&#8217;nariqning chap &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shoshtepa-chochtepa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-103210","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103210","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103210"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103210\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103215,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103210\/revisions\/103215"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103210"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103210"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103210"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}