{"id":103399,"date":"2023-09-04T09:12:33","date_gmt":"2023-09-04T06:12:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103399"},"modified":"2023-09-04T09:12:37","modified_gmt":"2023-09-04T06:12:37","slug":"xorazm-vohasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xorazm-vohasi\/","title":{"rendered":"Xorazm vohasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Xorazm vohasi \u2014 Amudaryoning quyi qismidagi qadimgi voha. Xorazm vohasida O&#8217;zbekistonning Xorazm viloyati, Qoraqalpog&#8217;istonning Janubiy g&#8217;arbiy qismi hamda Turkmaniston Toshhovuz viloyatining shimoliy Sharqiy qismi joylashgan. Shimoldan (shartli ravishda) Qo&#8217;ng&#8217;irot kengligi, G&#8217;arb va Janubda Ustyurt platosi va Qoraqum cho&#8217;llari, sharqda Qizilqum cho&#8217;li bilan chegaradosh. Xorazm vohasi hududi yuzasining shakllanishi Amudaryo akkumulyativ faoliyati bilan bog&#8217;liq. Daryoning cho&#8217;kindi va gil yotqiziqlari ming yillar davomida shu hududda to&#8217;planib deltalarni hosil qilgan. Xorazm vohasi Janubda Tuyamo&#8217;yin tangligiga qadar davom etgan. Voha shimol va shimoli G&#8217;arb tomon 300 kilometrdan ziyod masofaga cho&#8217;zilgan. Eni chekka Janub qismida (Tuyamo&#8217;yin tangligida) 10-12 kilometr, shimol qismida 120-130 kilometr, Sulton Uvays tizmasining g&#8217;arbiy qismida (taxtatosh tangligida) 70-80 kilometr. Tuyamo&#8217;yin tangligidan shim.da Xorazmtoshhovuz tekisligi joylashgan. Xorazm vohasining yer yuzasi to&#8217;rtlamchi davrda allyuvialdelta yotqiziqlarining asta-sekin to&#8217;planishi va deltaning Orol dengizi va Sariqamish botig&#8217;i tomon o&#8217;sishi natijasida shakllangan. Ular yoshi va litologik tarkibi jihatidan bir xilda emas. Ayrim kichik botiqparda ko&#8217;l yotqiziqlari ham uchraydi. Qadimdan dehqonchilik qilinadigan yerlarda (qalinligi 2\u2014 3 metrli) Agroirrigatsion qatlamlar to&#8217;plangan. Xorazm vohasi yer yuzasi tuzilishi jihatidan, asosan, yassi tekislik, shimol va shimoli G&#8217;arb tomon bir oz Nishab. Nishablik juda kam bo&#8217;lganidan Amudaryo (ayniqsa, vohaning shimol qismida) tarmoqlanib sekin oqadi. Shu bois, bir nechta qadimgi o&#8217;zanlar (Ko&#8217;hnadaryo, Daryolik, Davdon, Sho&#8217;rtonboy, Kreyto&#8217;zak, Itkrao&#8217;zak, Qorao&#8217;zak va boshqalar) vujudga kelgan. Ular orasida turli balandlikdagi bir qancha tepalik va marzalar joylashgan. Xorazm vohasi yer yuzasi inson faoliyati ta&#8217;sirida ham o&#8217;zgargan (kanal, ariq, zovurlar qazilgan). Xorazm vohasi shim. kenglikda joylashgan. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -4,5\u00b0, -7,6\u00b0. Eng past temperatura -32\u00b0, ba&#8217;zi yillarda -4 g, -43\u00b0. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 25,3\u00b0-28,4\u00b0. Eng yuqori temperatura 41\u00b0-44\u00b0. Hozirgi kunda, Orol dengizi sathining pasayishi oqibatida yozgi temperatura ortib, qish sovuqlashib bormoqda. Xorazm vohasi eng qurg&#8217;oqchil vohalardan hisoblanadi (yiliga 80-120 mm yog&#8217;in tushadi). Yog&#8217;in miqdori Janubdan shimolga ortib boradi. Yog&#8217;inning ko&#8217;p qismi qish va bahor fasllarida tushadi. Amudaryo tarmoqlarining ko&#8217;pchilik qismi quruq o&#8217;zanlarga aylangan. Xorazm vohasida 100 dan ortiq ko&#8217;l (To&#8217;ng&#8217;izko&#8217;l, Sho&#8217;rko&#8217;l, Ulug&#8217;sho&#8217;rko&#8217;l, Kernay, Qorateran, Bo&#8217;tako&#8217;l, Oqchako&#8217;l, Oltinko&#8217;l, Zeyko&#8217;l, Oqko&#8217;l va boshqalar) mavjud. Xorazm vohasida turli tuproq tiplari tarqalgan. Katta qismida o&#8217;tloqqayir allyuvial, sug&#8217;oriladigan o&#8217;tloq (o&#8217;tloqvoha) tuproklar hosil bo&#8217;lgan. Ulardagi chirindi moddalar miqsori 2-3%. Bu tuproqlar pastqam, grunt suvlari yer yuzasiga yaqin yerlarda sho&#8217;rlangan. Botqoqsho&#8217;rxok tuproqlar ham uchraydi. Tuproqlar insoniyatning bir necha ming yillardan beri davom yetib kelayotgan xo&#8217;jalik faoliyati ta&#8217;sirida o&#8217;zgarib, madaniy voha tuprog&#8217;iga aylangan. Vohada yovvoyi o&#8217;simliklardan qamish, turang&#8217;il, yovvoyi jiyda, tol, yulg&#8217;un, yantoq, ajriq, bug&#8217;doyiq, sarsazan, qorabaroq, tamarisk, sho&#8217;ra va boshqalar o&#8217;sadi. Cho&#8217;llarga yondosh qismida selin, juzg&#8217;un, oq saksovul, quyonsuyak, qizilcha va boshqalar tarqalgan. Yovvoyi hayvonlardan chiyabo&#8217;ri, tulki, to&#8217;qay mushugi, bo&#8217;rsiq, ko&#8217;rsichqrn, kalamush, tipratikan, ondatra; qushlardan chumchuq, mayna, zarg&#8217;aldoq, bedana; Daryo qayirlari va ko&#8217;llarda qirg&#8217;ovul, g&#8217;oz, o&#8217;rdak va boshqalar uchraydi. Daryo va ko&#8217;llarda balikdarning bir qancha turi bor. Xorazm vohasi yer, o&#8217;simlik va iqlim resurslariga boy. Voha hududidagi o&#8217;simlik va hayvon turlarini o&#8217;rganish va muhofaza qilish maqsadida Badayto&#8217;qay davlat qo&#8217;riqxonasi tashkil etilgan. Murod Mamatqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xorazm vohasi \u2014 Amudaryoning quyi qismidagi qadimgi voha. Xorazm vohasida O&#8217;zbekistonning Xorazm viloyati, Qoraqalpog&#8217;istonning Janubiy g&#8217;arbiy qismi hamda Turkmaniston Toshhovuz viloyatining shimoliy Sharqiy qismi joylashgan. Shimoldan (shartli ravishda) Qo&#8217;ng&#8217;irot kengligi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xorazm-vohasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103399","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103399","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103399"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103399\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103420,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103399\/revisions\/103420"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103399"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103399"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103399"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}