{"id":103435,"date":"2023-09-04T10:11:01","date_gmt":"2023-09-04T07:11:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103435"},"modified":"2023-09-04T10:11:11","modified_gmt":"2023-09-04T07:11:11","slug":"xorazm-arxeologiya-etnografiya-ekspeditsiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xorazm-arxeologiya-etnografiya-ekspeditsiyasi\/","title":{"rendered":"Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi &#8212; Xorazm vohasi arxeologik madaniyati va tarixini (paleolit davridan milodiy 18-19-asrlargacha) tekshirish maqsadida uyushtirilgan ekspeditsiya (1937). Xorazmni arxeologik va etnografik jihatdan o&#8217;rganish 1928-29 yillarda boshlangan. A. Yu. Yakubovskiy boshchiligidagi ekspeditsiya Xorazmshoxdar poytaxti \u2014 Urganch (hozirgi Ko&#8217;hna Urganch) dagi me&#8217;moriy yodgorliklarni va ilk o&#8217;rta asr shahri Mizdaxqon (Xo&#8217;jayli yaqinidagi Gavr qal&#8217;a)da qazishma ishlari olib borgan. 1934 yil Toshhovuzdagi Zamaxshar shahar xarobasida M. V. Voevodskiy Ekspeditsiyasi faoliyat yurgizgan. 1936 yil Ya. G&#8217;ulomov va T. Mirg&#8217;iyosovlar Mang&#8217;it yaqinida joylashgan milodiy 1-ming yillik o&#8217;rtalariga oid zardushtiylar qabristonini tadqiq etgan. 1937 yil Ya. G&#8217;ulomov Guldursun, Norinjon va Pilqal&#8217;a shahar xarobalarini tekshirgan. Shu yildan e&#8217;tiboran Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi (rahbari \u2014 SP.Tolstoe) ish boshlagan. Ekspeditsiya tarkibi yildan yilga arxeolog, etnograf, antropolog, rassom, me&#8217;mor va boshqa mutaxassislar bilan kengaytirilgan. Ekspeditsiya a&#8217;zolari Ayoz qal&#8217;a, Bozorqal&#8217;a, Jonbos qal&#8217;a, Tuprokkal&#8217;a, Ko&#8217;ykirilgan qal&#8217;a, Qo&#8217;rg&#8217;oshinqal&#8217;a, Qizilqal&#8217;a, Ko&#8217;zaliqir, Teshikqal&#8217;a kabi noyob arxeologik yodgorliklarni ilmiy tadqiq etdilar. Qazishlar natijasida turli davrlarga mansub bo&#8217;lgan Xorazm vohasining juda ko&#8217;p tarixiy yodgorliklari: xarobalar, qal&#8217;alar, istehkomlar, kanallar, qadimgi madaniyatni o&#8217;rganishga yordam beruvchi yozuvlar, suratlar, uy anjomlari, muhrlar, kumush, mis haykalchalar topildi. Ekspeditsiya Qadimgi Xorazmning boshqa o&#8217;lkalar bilan qanday aloqada bo&#8217;lganligini o&#8217;rgandi. Natijada Xorazm qadimdan Volga-Don havzalaridagi skiflar, quyi Sirdaryo atrofidagi saklar, Janubiy Turkmaniston va Buxoro vohasi xalqlari bilan tarixiy-madaniy aloqada bo&#8217;lganligi ilmiy jihatdan asoslandi. Ekspeditsiya materiallari asosida muhim monografiyalar, ilmiy maqolalar, tarixiy ocherklar yozilgan. Ilmiy hisobotlar &#171;Trudi Xorezmskoy arxeologo-etnograficheskoy ekspeditsii&#187; nomi bilan nashr qilinadi. Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi faoliyati tufayli 1-marta Xorazmning arxeologiya xaritasi (1956) tuzilgan. Ekspeditsiyaning ilmiy tadqiqotlari butun O&#8217;rta Osiyoning qadimgi tarixini o&#8217;rganishda muhim ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Ad.: Tolstov S. P ., Drevniy Xorezm, M., 1948; G&#8217;ulomov Ya. G&#8217;., Xorazmning sug&#8217;orilish tarixi, T., 1959.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi &#8212; Xorazm vohasi arxeologik madaniyati va tarixini (paleolit davridan milodiy 18-19-asrlargacha) tekshirish maqsadida uyushtirilgan ekspeditsiya (1937). Xorazmni arxeologik va etnografik jihatdan o&#8217;rganish 1928-29 yillarda boshlangan. A. Yu. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xorazm-arxeologiya-etnografiya-ekspeditsiyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103435","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103435","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103435"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103435\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103451,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103435\/revisions\/103451"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103435"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103435"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103435"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}