{"id":103594,"date":"2023-09-04T15:24:09","date_gmt":"2023-09-04T12:24:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103594"},"modified":"2023-09-04T15:24:20","modified_gmt":"2023-09-04T12:24:20","slug":"xolbeyn-golbeyn-holbein-xans-kichkina","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xolbeyn-golbeyn-holbein-xans-kichkina\/","title":{"rendered":"Xolbeyn, Golbeyn (Holbein) Xans kichkina"},"content":{"rendered":"\n<p>Xolbeyn, Golbeyn (Holbein) Xans kichkina (taxm. 1497\/98, Augsburg \u2014 1543 yilning 7.10 yoki 29.11, London) \u2014 nemis rassomi va grafigi; Uyg&#8217;onish davrining yirik vakili. Otasi rassom Xans Xolbeyn Kattadan ta&#8217;lim olgan. 1515\u2014 26 yillar Bazelda, 1526-32 yillar Angliyada ishlagan, 1536 yildan qirol Genrix VIII saroyida rassom. Xolbeyn san&#8217;ati ingliz va G&#8217;arb. Yevropa portreti rivojiga kuchli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Bazelda diniy mavzularda asarlar yaratgan (&#171;jonsiz Iso&#187;, 1521 va boshqalar), insonparvarlarning ichki qadriyati va ma&#8217;naviy qudratini ifodalovchi portretlar (&#171;Erazm Rotterdamskiy&#187;, 1523, Luvr va boshqalar), portret rasmlar, illyustrasiyalar (Erazm Rotterdamskiyning &#171;tentaklik maktovi&#187; asariga, 1515 va boshqalar) ishlagan, jamoat binolarini bezagan. &#171;O&#8217;lim qiyofalari&#187; (1524-26, &#171;o&#8217;lim raqslari&#187; nomi bilan mashhur) turkum rasmlarida Buyuk xoch urushi voqealarini majoziy shaklda aks ettirgan. Ingliz insonparvarlari bilan ishlagan davrda psixologik o&#8217;tkir va anik, rangtasvir (&#171;astronom Nikolos Kratser&#187;, 1528, Luvr va boshqalar) va grafika (&#171;Tomas mor&#187;, qalam, kumir, sangina, 1527, Vindzor qasrida va boshqalar) portretlari yuzaga keldi. Xolbeyn zamondoshlarining o&#8217;ziga xos xususiyatlarini sinchiklab kuzatadi hamda ularning kiyofalarini aniq tasvirlaydi: savdogar G. Gisse (1532, Berlindalem kartinalar galereyasida), frantsuz elchisi Sh. Morstt (taxminan 1534-35, Drezden kartinalar galereyasida), ingliz qirolichasi Jeyn Seymur (1536\u2014 37, Vena san&#8217;at tarixi muzeyida) kabilarning mashhur portretlari shular jumlasidan; &#171;Temirsaroy&#187; (1541-43, London) va boshqa devoriy rasmlarni ishladi. Xolbeyn ijodi jahon portret va Uyg&#8217;onish davri badiiy madaniyatining cho&#8217;qqisidir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xolbeyn, Golbeyn (Holbein) Xans kichkina (taxm. 1497\/98, Augsburg \u2014 1543 yilning 7.10 yoki 29.11, London) \u2014 nemis rassomi va grafigi; Uyg&#8217;onish davrining yirik vakili. Otasi rassom Xans Xolbeyn Kattadan ta&#8217;lim &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xolbeyn-golbeyn-holbein-xans-kichkina\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103594","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103594","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103594"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103594\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103628,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103594\/revisions\/103628"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103594"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103594"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103594"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}