{"id":103595,"date":"2023-09-04T15:24:10","date_gmt":"2023-09-04T12:24:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103595"},"modified":"2023-09-04T15:24:20","modified_gmt":"2023-09-04T12:24:20","slug":"xomtok","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xomtok\/","title":{"rendered":"Xomtok"},"content":{"rendered":"\n<p>Xomtok \u2014 tokni parvarish qilish usullaridan biri; kuzgi va bahorgi tok kesishning davomi. Xomtok qilingan tok havo, yorug&#8217;lik va quyosh nuridan to&#8217;la foydalanadi, kasallikka kam chalinadi; novda va mevalari yaxshi rivojlanadi, pishib yetiladi, hosil ko&#8217;payadi. Tok, asosan, 2 marta Xomtok qilinadi. Birinchi Xomtok tok sho&#8217;ra chiqarib, hosilli va hosilsiz novdalar farklana boshlagandan gullagunga qadar (&#171;sho&#8217;ra xomtok&#187;), ikkinchi Xomtok tok gullab, g&#8217;o&#8217;ralar moshdek bo&#8217;lganda (&#171;g&#8217;o&#8217;ra xomtok&#187;) qilinadi. Sho&#8217;ra xomtokda kundadan o&#8217;sib chiqqan baquvvat novdalardan 3\u2014 4 tasi qoldirilib (ular qarigan zanglarni yoshartirishda foydalaniladi), qolganlari kesib tashlanadi, endigina gulga kirayotgan hosilli novdalarning uchini chilpish hosildorlikni va hosil sifatini oshiradi (novdalar vaqtinchalik o&#8217;sishdan to&#8217;xtab, oziq mod- dalar sho&#8217;ra va gullarning rivojlanishiga sarf bo&#8217;ladi). &#171;G&#8217;o&#8217;ra xomtok&#187; da birinchi Xomtokdan qolgan hosilsiz, ortiqcha zich va noo&#8217;rin o&#8217;sgan, asosiy novdalar va shu yilgi novdaning qo&#8217;ltig&#8217;idan o&#8217;sib chiqqan bachki novdalar olib tashlanadi. Xomtokni o&#8217;tkazish tok navi, agrotexnika tadbirlari, obhavo va yer sharoitlariga bog&#8217;liq. Kuchli o&#8217;suvchi tok navlari Xomtok qilinganda ortikcha novdalar olinib, siyraklashtiriladi. Tok o&#8217;rtacha o&#8217;sib, hosil yaxshi bo&#8217;lsa, novdalari tarab bog&#8217;lab qo&#8217;yiladi. Sust o&#8217;sgan tokning barg va novdalari oz bo&#8217;lib, ularni ortiqcha siyraklashtirish hosilni oftobdan zararlanishga olib kelishi mumkin. Xomtokda barglarni ko&#8217;plab va palapartish yulib tashlash yaramaydi. Chunki, barg siyraklashsa, hosilli novdalarga oziq moddalarning kelishi susayadi, yulingan barg qo&#8217;ltig&#8217;idagi kurtak zararlanadi. Xomtokdan keyin qoddirilgan novdalar tezda nam chipta bilan bag&#8217;azlarga bog&#8217;lanadi, aks holda ular salgina shamolda ham sinib ketadi. Jamoliddin Fayziyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xomtok \u2014 tokni parvarish qilish usullaridan biri; kuzgi va bahorgi tok kesishning davomi. Xomtok qilingan tok havo, yorug&#8217;lik va quyosh nuridan to&#8217;la foydalanadi, kasallikka kam chalinadi; novda va mevalari yaxshi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xomtok\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103595","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103595","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103595"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103595\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103629,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103595\/revisions\/103629"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103595"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103595"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103595"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}