{"id":103644,"date":"2023-09-04T15:29:36","date_gmt":"2023-09-04T12:29:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103644"},"modified":"2023-09-04T15:29:39","modified_gmt":"2023-09-04T12:29:39","slug":"xiromiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xiromiy\/","title":{"rendered":"Xiromiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Xiromiy (taxallusi; ismi Mullo Qurbon) (1796, kitob viloyati Charmgaron guzari \u2014 ?) \u2014 shoir. Ba&#8217;zi manbalarda Mirzo Qurbon, Muhammad Qurbon deb ham tilga olingan. Kenagas urug&#8217;idan. Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil ko&#8217;rgan. Iqtisodiy tanglik tufayli madrasani tugata olmagan, 25 yoshida Kitobga qaytgan. Xattotlik, tabiblik, charmgarlik qilib ro&#8217;zg&#8217;or tebratgan. Xiromiy Nasrullaxonning bosqinchilik siyosatiga qarshi kurashuvchilar safida turgan, Kitob mudofaasida qatnashgan. Xiromiy iste&#8217;dodli va sermahsul shoirlardandir. U o&#8217;tmish allomalar ijodidan o&#8217;rgangan, zamondoshlari Shavqiy, Hoziq, Vola va boshqalar bilan yaqin ijodiy aloqada bo&#8217;lgan. Dastlab Sa&#8217;diy, Navoiy, Zebunniso g&#8217;azallariga muxammaslar bog&#8217;lagan, ularning badiiy mahorat sohasidagi an&#8217;analarini davom ettirgan. Xiromiy 19-asr hayotidagi yaramas illatlarni, adolatsiz hukmdorlar, noqobil hokimlar, zamin, zamon, kishilar to&#8217;g&#8217;risidagi qarashlari ifodalangan &#171;Chor darvesh&#187; (1834), &#171;mahfil oro&#187; (1844-56), &#171;To&#8217;tinoma&#187; (1854), &#171;Ra&#8217;no va Zebo&#187; (1856), &#171;Yusuf va Zulayho&#187; (1862) dostonlarini yozgan. Bularning orasida keng tarqalgani &#171;Chor darvesh&#187; dir. Asar qoliplash usulida yozilgan, qoliplovchi hikoya Ozodbaxt hikoyasidir. Ozodbaxt o&#8217;z farzandsizligidan so&#8217;z boshlab, darveshlar sarguzashtini tinglaydi. Doston Ozodbaxtning Baxtiyor ismli farzand ko&#8217;rib, parilarning ulug&#8217;shoiri Malik Shohboz yordamida murod-maqsadlariga yetishi bilan tugaydi. Xiromiyning hajman eng yirik asari &#171;To&#8217;tinoma&#187; 12 ming misradan iborat. Asarning bosh goyasi \u2014 vafo va sadoqat. To&#8217;tining barcha hikoya va qissalari shu g&#8217;oyani asoslash, isbotlashga qaratilgan. &#171;Ra&#8217;no va Zebo&#187; dostoni ham qoliplash usulida bo&#8217;lib, qoliplovchi hikoya Ra&#8217;no va Zebo sarguzashtlaridir. Pok muhabbatni ulug&#8217;lash dostonning asosini tashkil etadi. Unda inson huquqi, ijtimoiy tenglik, adolat, olijanoblik kabi g&#8217;oyalar yoritilgan. Adabiy merosining umumiy hajmi 30 ming misra atrofida. Asarlari qo&#8217;lyozmalari O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (&#171;Chor darvesh&#187;, inv.\u2116359, 9251, 1675, 7713, 4819, 7847, 217 (II); &#171;To&#8217;tinoma&#187;, inv. \u21161795; &#171;Ra&#8217;no va Zebo&#187;, inv. \u2116217; &#171;Yusuf va Zulayho&#187;, inv. \u21161799) va SamDUning asosiy kutubxonasida saqlanadi. As: Chor darvesh, T., 1960; Ra&#8217;no va Zebo, T., 1962. Ad.:Qoraev T., Xiromiy Mulla Qurbon, T., 1975; O&#8217;zbek adabiyoti tarixi [5J.li], 4j., T., 1978. Begali Qosimov<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xiromiy (taxallusi; ismi Mullo Qurbon) (1796, kitob viloyati Charmgaron guzari \u2014 ?) \u2014 shoir. Ba&#8217;zi manbalarda Mirzo Qurbon, Muhammad Qurbon deb ham tilga olingan. Kenagas urug&#8217;idan. Buxorodagi Mir Arab madrasasida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xiromiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103644","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103644","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103644"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103644\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103645,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103644\/revisions\/103645"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103644"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103644"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103644"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}