{"id":103648,"date":"2023-09-04T16:32:57","date_gmt":"2023-09-04T13:32:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103648"},"modified":"2023-09-04T16:33:00","modified_gmt":"2023-09-04T13:33:00","slug":"xitoy-tili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xitoy-tili\/","title":{"rendered":"Xitoy tili"},"content":{"rendered":"\n<p>Xitoy tili \u2014 Xitoy-Tibet tillari oilasiga mansub tillardan biri. XXRning rasmiy davlat tili. Unda XXRning 92% aholisi \u2014 1 milliard 292 milliondan ortiq kishi so&#8217;zlashadi (2003 yil). Xitoy tili, shuningdek, Indoneziya, Kambodja, Laos, Vetnam, Myanma, Malayziya, Tailand, Singapur, Bruney, Syangan, Aomin, Filippin, Yaponiya, Koreya va dunyoning boshqa mamlakatlarida tarqalgan (30 milliondan ortiq kishi so&#8217;zlashadi). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri. Xitoy tilida asosan, 7 lahja guruhi farqlanadi: 1) shimol (bu lahjada 70% kishi so&#8217;zlashadi va u hozirgi adabiy Xitoy tiliga asos bo&#8217;lgan); 2) u; 3) Syan; 4) gan; 5) xakka; 6) Yue; 7) min. Bu lahjalar fonetik va leksik jihatdan o&#8217;zaro katta farq qiladi, hatto lahjalarning vakillari bir-birlarini tushunmay qoladilar; biroq ularning grammatik qurilishi va lug&#8217;at tarkibi yagonadir. Lahjalar muntazam tarzdagi tovushiy mosliklar orqali o&#8217;zaro bog&#8217;langan. Xitoy tilining fonetik me&#8217;yorlari Pekin shahri talaffuziga asoslanadi. Xitoy tiliga oid qadimgi yozma yodgorliklar (tosh, bronza, suyak va boshqalarga yozilgan yozuvlar) miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmiga oid. Qadimgi adabiy yodnomalar \u2014 &#171;Shuszin&#187; (&#171;Tarix kitobi&#187;) va &#171;Shiszin&#187; (&#171;qo&#8217;shiqlar kitobi&#187;) miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmiga oid. O&#8217;sha davrdagi jonli lahjalar asosida qadimgi adabiy Xitoy tili \u2014 venyan vujudga kelgan. Keyinchalik u og&#8217;zaki jonli tildan uzoqlashib, milodiy 1-ming yillikda xalq tushunmaydigan til bo&#8217;lib qolgan. Shu sababli milodiy 1-ming yillikda yangi (sodda) yozma til \u2014 bayxua vujudga keladi; shimoliy bayxua tili keyinroq umumxalq Xitoy tili \u2014 putunxua (umumxalqqa tushunarli til) uchun asos bo&#8217;ldi. 20-asrning 1-yarmida putunxua qadimgi Xitoy tili \u2014 venyanni tamoman siqib chiqarib, yagona milliy til bo&#8217;lib qoldi. Xitoy tilidagi morfema va sodda so&#8217;zlar odatda bir bo&#8217;g&#8217;inlidir. Bo&#8217;g&#8217;in tarkibiga kiruvchi undosh va unli tovushlar (ularning soni haqida hanuz yagona fikr yo&#8217;q) ma&#8217;lum bir tartibda joylashadi. Masalan, bir necha undosh tovush ketma-ket kelishi mumkin emas, biroq unlilar ketma-ket, o&#8217;zaro birikib kelishi mumkin. To&#8217;liq tarkibli Xitoy bo&#8217;g&#8217;inida birinchi o&#8217;rinda hamisha undosh tovush turadi, ikkinchi o&#8217;rinda 1-unli, undan keyin 2-unli, oxirida esa yarim (kuchsiz) unli yoki burun tovushi joylashadi. Qat&#8217;iy tartibga qaramasdan Xitoy tilida bo&#8217;g&#8217;in tarkibiga kiruvchi tovushlarning hammasi ham bir-biri bilan birika olmaydi, shuning uchun Xitoy bo&#8217;g&#8217;inlarining miqdori chegaralangandir. Putunxuada 414 bo&#8217;g&#8217;in, ton (ohang\u2014musiqiy ovoz) variantlarini hisobga olganda, 1324 bo&#8217;g&#8217;in bor. Xitoy tilida ton (ohang), tovushga o&#8217;xshab, ma&#8217;no farqlash vazifasini bajaradi. Agar bir bo&#8217;g&#8217;in 4 xil ton bilan talaffuz etilsa, 4 ta har xil ma&#8217;noli so&#8217;z hosil bo&#8217;ladi. Xitoy tilida bir bo&#8217;g&#8217;inli so&#8217;zlarga nisbatan ikki bo&#8217;g&#8217;inli so&#8217;zlar ko&#8217;proq. Terminologiyaning rivojlanishi natijasida ikkidan ortiq bo&#8217;g&#8217;inli so&#8217;zlar ham ko&#8217;paymoqda. So&#8217;z yasalishi so&#8217;z qo&#8217;shish, affiksatsiya va konversiya (bir so&#8217;z turkumidan boshqa so&#8217;z turkumiga o&#8217;tish) orqali amalga oshadi. So&#8217;z yasash qoliplari so&#8217;z birikmalari qoliplariga o&#8217;xshash bo&#8217;lganligidan ba&#8217;zan yasama, qo&#8217;shma so&#8217;zlarni so&#8217;z birikmalaridan ajratib olish qiyin. Xitoy tilida deyarli o&#8217;zlashma so&#8217;zlar yo&#8217;q. O&#8217;ziga xos morfologik va sintaktik xususiyatlarga ega. Xitoy tili, asosan, amorf tillardan bo&#8217;lsada, ayrim hollarda agglyutinativ belgilar ham uchraydi. Xitoy tili ieroglifik yozuvdan foydalanadi. La.Torelov V. I., Prakticheskaya grammatika kitayskogo yazika, M., 1957; Solntsev V . M., Ocherki po sovremenno- mu kitayskomu yaziku, M., 1957; Yaxontov S. E., Drevnekitayskiy yazik, M., 1965; Hidoyatova Sh., Karimov A., Aminov E., Xitoy tili grammatikasi (fonetika va ieroglifik yozuv), T., 2004. Akramjon Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xitoy tili \u2014 Xitoy-Tibet tillari oilasiga mansub tillardan biri. XXRning rasmiy davlat tili. Unda XXRning 92% aholisi \u2014 1 milliard 292 milliondan ortiq kishi so&#8217;zlashadi (2003 yil). Xitoy tili, shuningdek, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xitoy-tili\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103648","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103648","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103648"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103648\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103665,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103648\/revisions\/103665"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103648"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103648"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103648"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}