{"id":103662,"date":"2023-09-04T16:32:52","date_gmt":"2023-09-04T13:32:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103662"},"modified":"2023-09-04T16:32:55","modified_gmt":"2023-09-04T13:32:55","slug":"xiva-qozgoloni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xiva-qozgoloni\/","title":{"rendered":"Xiva qo&#8217;zg&#8217;oloni"},"content":{"rendered":"\n<p>Xiva qo&#8217;zg&#8217;oloni &#8212; Xiva xoni Asfandiyorxon va uning amaldorlari zulmi hamda podsho Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi ko&#8217;tarilgan xalq qo&#8217;zg&#8217;oloni (1916). Xiva qo&#8217;zg&#8217;olonining 1-bosqichi (1916 yil 14-30 yanvar)da Xo&#8217;jayli hokimi (begi) Avazbiy Xo&#8217;ja (Asfandiyorxonning jiyani) boshchiligidagi isyonchilar (600 kishi) Xivaga yo&#8217;l olishadi. Ularga yo&#8217;l-yo&#8217;lakay xonlikning boshqa shahar va qishloqlaridan bosh ko&#8217;targan qo&#8217;zg&#8217;olonchilar ham qo&#8217;shilgach, qo&#8217;zg&#8217;olonchilar soni 3 ming kishiga yetgan. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilar shaxsan xonga murojaat qilib, u va amaldorlarini ra&#8217;iyatga zulm qilishdan tiyilishga va shariatga rioya etishga chaqirmoqchi bo&#8217;lishgan. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilarning milliy tarkibi o&#8217;zbeklar, turkmanlar va qisman qoraqalpoqlardan iborat edi. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilardan taxminan 300 kishi 1916 yil 18 yanvarda Xivaga kelib, xonning amakivachchasi Rahmonqul to&#8217;ra (inoq to&#8217;ra deb ham aytilgan)ning shahar tashqarisidagi qo&#8217;rg&#8217;onchasiga kelib tushganlar. Bu holdan dahshatga tushgan Asfandiyorxon Amudaryo bo&#8217;limi boshlig&#8217;i polkovnik V.P.Kolosovskiyga chopar yuborib, undan qo&#8217;zg&#8217;olonni bostirishni so&#8217;raydi. Kolosovskiyning buyrug&#8217;i bilan Polkovnik Goloshevskiy boshchiligidagi rus otryadi Rahmonqul to&#8217;ra qo&#8217;rg&#8217;onchasiga kelib, qo&#8217;zg&#8217;olon rahbarlari (Avazbiy Xo&#8217;ja Murtazobiy Xo&#8217;jaev, uning inisi Mahmud Xo&#8217;ja; Qiyot hokimi Abdullabek inoq Bobobekov; Gurlan hokimligidan Qutlimurod inoq Ibodullaev va Xudoy berganbek Muhammadniyozov, Mang&#8217;it hokimligidan Muhammad Amin darg&#8217;a va boshqalar)ni qamoqqa olishgan. Junaidxon boshchiligidagi 3 ming otliq Xiva shahrini qurshovga olgan. Kolosovskiy Xivaga qo&#8217;shimcha ravishda harbiy otryadlar yuborishni so&#8217;rab, Turkiston general gubernatoriga murojaat qilgan. Xiva qo&#8217;zg&#8217;olonining 2-bosqichi (1916 yil 1 \u2014 14 Fevral)da asosiy rolni Junaidxon boshchiligidagi turkmanlar o&#8217;ynashdi. Bu bosqichda qo&#8217;zg&#8217;olon Xiva xoni zulmiga qarshi kurashdan podsho Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi milliy ozodlik qo&#8217;zg&#8217;oloni darajasigacha ko&#8217;tarildi. 1916 yil 3-4 Fevralda turkmanlar Toshhovuz, Shohabbos, Qiyot, Gurlan, Mang&#8217;it, Qilichboy shaharlari hokimlarini garovga olib, yangi Urganch tomon yo&#8217;l oldilar. 7 Fevralda 15 ming kishilik olomon G&#8217;oziobod (G&#8217;ozovot)ni egallaydi. Junaidxon va Xon Eshon Qo&#8217;shko&#8217;pirga kelishib, qamoqqa olinganlarni ozod qilishni so&#8217;rab, yana Xivaga talabnoma yuborishgan. Biroq Kolosovskiy tomonidan qamoqda yotgan qo&#8217;zg&#8217;olonchilarning rahbarlari (8 kishi) Xo&#8217;jaelida o&#8217;ldirilgan edi. 8 Fevralda qo&#8217;zg&#8217;olonchilar yangi Urganch shahrini egallab, shaharliklardan 50 ming so&#8217;m tovon puli undirishgan. Junaidxon egallagan va u hali bormagan hokimliklar aholisi uning fuqaroligini qabul qilishgan. Turkiston o&#8217;lkasi general-gubernatori Martsonning Petrogradga \u2014 Rossiya harbiy ishlar vaziri nomiga yo&#8217;llagan telegrammasida aytilishicha, 8 Fevralda Xonqa hokimligi aholisi eshonlar boshchiligida Junaidxonning fuqaroligiga o&#8217;tgan. 10 Fevralda qo&#8217;zg&#8217;olonchilar Xivani qamal qilishgan. 13 Fevralga o&#8217;tar kechasi Junaidxon qo&#8217;shini Xivaga kirib, xon saroyini egallaydi. Biroq Asfandiyorxon o&#8217;z o&#8217;rnida qoldirilib, undan 18 ming so&#8217;m tovon puli olingan. Turkiston o&#8217;lkasi general-gubernatori Xivadagi qo&#8217;zg&#8217;olon Zakaspiy oblasti va butun Turkiston o&#8217;lkasiga tarqalib ketishidan xavfsirab, Sirdaryo oblasti harbiy gubernatori general-leytenant Galkin boshchiligidagi harbiy otryadni Xivaga yubordi. Galkin jazo otryadi 15 Fevralda Xivaga yetib kelib, Kolosovskiy otryadi bilan qo&#8217;shilgan. Xiva qo&#8217;zg&#8217;olonining 3-bosqichi (1916 yil 15 Fevral \u2014 4 may)ni jazo otryadi tomonidan bostirish jarayoni ana shunday boshlandi. Bu paytda Junaidxon qo&#8217;shini Xiva bilan yangi Urganch va Petroaleksandrovsk (hozirgi To&#8217;rtko&#8217;l) o&#8217;rtasidagi telegraf aloqasini uzib tashladi. Biroq Junaidxonning qo&#8217;shini butun xonlikdagi shaharlarda sochilib ketganligi sababli u Galkin jazo otryadi siquviga dosh bera olmay, 16 Fevralda Xivani tark etishga majbur bo&#8217;ldi. 15 rota, 5 ta kazak yuzligi va 16 ta to&#8217;pdan iborat Galkinning jazo otryadi 15 mart ertalab Xivadan G&#8217;oziobodga yo&#8217;l oddi. G&#8217;oziobodda ular qatgiq qarshilikka uchrashdi. 16 martda G&#8217;oziobod bosib olinib, shaharga o&#8217;t qo&#8217;yildi. 19-20 martda Taxta qal&#8217;asi egallanib, Junaidxon, Xon Eshon va ularning safdoshlariga qarashli hovlilar vayron qilindi. Junaidxon esa 19 aprelga o&#8217;tar kechasi Sundukli daradan Eronga o&#8217;tib ketgan. Galkin jazo otryadi 24 aprel \u2014 4 mayda ko&#8217;hna Urganch, Xo&#8217;jaeli, Porsu, ilonli (Ilalli), Toshhovuz, Gurlan, yangi Urganchda bo&#8217;lib, qo&#8217;zg&#8217;olonchilarni jazolagach, Xivaga qaytadi. Mustamlakachilar xonlik aholisidan katta miqdorda tovon puli (masalan, Xo&#8217;jaeli fuqarolaridan 100 ming so&#8217;m) olishgan. Jazo otryadi faqat qo&#8217;zg&#8217;olonchilarni emas, balki ularning oila a&#8217;zolari va qarindoshurug&#8217;larini ham shafqatsiz jazoladi, tinch aholi vakillari o&#8217;ldirildi. Xiva qo&#8217;zg&#8217;olonining mohiyati podsho va sovet Rossiyasi hukmronlik qilgan davrda soxtalashtirilib, u sun&#8217;iy ravishda Progressiv va reaktsion bosqichlarga ajratildi. Faqat 21-asr boshlariga kelib, o&#8217;zbek tarixchilari tomonidan bu qo&#8217;zgolon o&#8217;zining xolis talqinini topmoqda. Ad.: Alekseenkov P., Xivinskoe vosstanie 1916 goda, T., 1930; Xorazm tarixi, 1jild, Urganch, 1997; Polvonniyoz Hoji Yusupov, yosh xivaliklar tarixi (xotiralar), Urganch, 1999. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xiva qo&#8217;zg&#8217;oloni &#8212; Xiva xoni Asfandiyorxon va uning amaldorlari zulmi hamda podsho Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi ko&#8217;tarilgan xalq qo&#8217;zg&#8217;oloni (1916). Xiva qo&#8217;zg&#8217;olonining 1-bosqichi (1916 yil 14-30 yanvar)da Xo&#8217;jayli hokimi (begi) Avazbiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xiva-qozgoloni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103662","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103662","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103662"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103662\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103663,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103662\/revisions\/103663"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103662"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103662"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103662"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}