{"id":103804,"date":"2023-09-05T09:32:46","date_gmt":"2023-09-05T06:32:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103804"},"modified":"2023-09-05T09:32:50","modified_gmt":"2023-09-05T06:32:50","slug":"xatlon-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xatlon-viloyati\/","title":{"rendered":"Xatlon viloyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Xatlon viloyati &#8212; Tojikiston Respublikasi Janubi g&#8217;arbidagi viloyat. 1992 yilda Ko&#8217;lob va Qo&#8217;rg&#8217;ontepa viloyatlarining qo&#8217;shilishi natijasida vujudga kelgan. Xatlon viloyati sharqdan tog&#8217;li Badaxshon Muxtor viloyati, shimoldan Respublikaga bo&#8217;ysunuvchi tumanlar, g&#8217;arbdan O&#8217;zbekiston Respublikasi, Janubdan Afg\u2019onistan bilan chegaradosh. Maydoni 24,6 ming km2. Aholisi 2151 ming kishi (2002), asosan, tojiklar, shuningdek, o&#8217;zbek, turkman, Arab, rus, lo&#8217;li, tatar, qirg&#8217;iz, koreys, nemis, afg&#8217;on va boshqalar jami 40 ga yaqin millat vakillari ham yashaydi. Markazi \u2014 Qo&#8217;rg&#8217;ontepa shahri. Tarkibida 24 tuman, 5 shahar, 18 shaharcha va 128 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini bor. Xatlon viloyati Qo&#8217;rg&#8217;ontepa va Ko&#8217;lob qismlariga bo&#8217;linadi. Qo&#8217;rg&#8217;ontepa qismining iqlimi subtropik. Yanvar oyidagi o&#8217;rtacha temperatura vodiylarda g\u20143\u00b0, tog&#8217;larda -2\u00b0 gacha, iyul oyida vodiylarda 30\u00b0, zg, tog&#8217;larda 24\u00b0, 26\u00b0. Yillik yog&#8217;in 150\u2014 200 mm dan 500 mm gacha. Qo&#8217;rg&#8217;ontepa tomonida Vaxsh va Kofarnihon vodiylari joylashgan. Ushbu hududda Bobotog&#8217;, Oqtog&#8217;, Rangontog&#8217;, Qoratog&#8217; va Teraklitog&#8217;lar mavjud. Vaxsh daryosining quyi qismida &#171;Polvonto&#8217;qay&#187; to&#8217;qayzori joylashgan. Ko&#8217;lob tarafida Sarsarak, Ilontog&#8217;, Tik tog&#8217;lari, Hazrati Shoh tog&#8217;lari, shuningdek, Xo&#8217;ja Sarez va Xo&#8217;ja Mo&#8217;min yonida tuz gumbazlari mavjud. Qizilsuv (Surxob) va Yaxsuv daryolaridan sug&#8217;orishda foydalaniladi. Eng yirik daryosi \u2014 Panj. Ko&#8217;lob qismining Janubda subtropik iqlim. Vodiylarda yanvarda o&#8217;rtacha temperatura -2\u00b0 gacha, iyulda 22\u00b0-30\u00b0. Yillik yog&#8217;in 200-400 mm. Tog&#8217;yon bag&#8217;irlarida yillik o&#8217;rtacha temperatura yanvarda -2\u00b0, -4\u00b0, iyulda 20\u00b0-24\u00b0, yillik yog&#8217;in 600-800 mm, Janubi g&#8217;arbidagi pasttekisliklarda 200-400 mm. Shimol qismidagi vodiylarda havo nisbatan salqinroq. Yillik yog&#8217;in 1000 mm. Dang&#8217;ara, Mo&#8217;minobod, Xovaling, Chubek va Farxor atrofidagi tog&#8217; yon bag&#8217;irlarida pista, yong&#8217;oq, anor, olcha, o&#8217;rik, nok, tut, bodom, do&#8217;lana, jiyda, archa va boshqalar o&#8217;sadi. Janubi sharqida tokzor va lalmi sharoitlarga moslashgan boshqa mevali daraxtlar mavjud. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, tulki, jayra, ilon, yovvoyi mushuk, tog&#8217;echkisi, kiyik; qushlardan kaklik, bedana, burgut, o&#8217;rdak, laylak va boshqalar uchraydi. Foydali qazilmalardan oltin, ko&#8217;mir, gaz, neft, torf va boshqalar bor. Sanoati paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati (yog&#8217;-moy, konserva, go&#8217;sht, pivo pishirish, tuz), kimyo (azotli o&#8217;g&#8217;itlar), elektrotexnika (transformator), qurilish materiallari (temirbeton, g&#8217;isht, ohak) ishlab chiqarish korxonalaridan iborat. Vaxsh daryosida Sarband, Markaziy, sharshara elektr styalari, Boyg&#8217;ozi gidrouzeli ishlab turibdi. Respublikadagi eng yirik Norak GES ham shu viloyat hududida joylashgan. Qo&#8217;rg&#8217;ontepa va Ko&#8217;lobda aeroportlar bor. Respublikada yetishtiriladigan paxtaning asosiy qismi, jumladan, ingichka tolali paxtaning barchasi ushbu hududda yetishtiriladi. Shuningdek, bog&#8217;dorchilik, tokchilik, limonchilik, pillachilik, chorvachilik (jumladan, qorako&#8217;lchilik) rivojlangan. G&#8217;allachilik, sholichilik keyingi yillarda tez rivojlandi. Asalarichilik yaxshi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Vaxsh tuproqshunoslik-melioratsiya stansiyasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. 1960-70-yillarda Yovon, Obikiik, G&#8217;aravuti, Toshrabod, Qarodum, Beshkent vodiysi va Dang&#8217;aradagi qo&#8217;riq va bo&#8217;z yerlar o&#8217;zlashtirilib paxtazorga aylantirilgan. Viloyatda 1187 umumiy ta&#8217;lim maktabi, 9 o&#8217;rta maxsus bilim yurti va 2 ta universitet joylashgan. 3 teatr, 6 muzey, 502 jamoat kutubxonasi bor. Xatlon viloyati aholisi qadimdan hunarmandchilikning zargarlik, kulolchilik, egarchilik, kashtachilik va boshqa turlari bilan shug&#8217;ullanadi. Viloyatda Hazrati Amir Sayd Hamadoniy (Ko&#8217;lob shahrida), Hazrati uzun Ostona (Jiliko&#8217;l tumanida), Chiluchor chashma (Beshkentda) va boshqa ziyoratgohlar mavjud. Nasriddin Mamanazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xatlon viloyati &#8212; Tojikiston Respublikasi Janubi g&#8217;arbidagi viloyat. 1992 yilda Ko&#8217;lob va Qo&#8217;rg&#8217;ontepa viloyatlarining qo&#8217;shilishi natijasida vujudga kelgan. Xatlon viloyati sharqdan tog&#8217;li Badaxshon Muxtor viloyati, shimoldan Respublikaga bo&#8217;ysunuvchi tumanlar, g&#8217;arbdan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xatlon-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103804","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103804","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103804"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103804\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103805,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103804\/revisions\/103805"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103804"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103804"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103804"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}