{"id":103842,"date":"2023-09-05T12:23:36","date_gmt":"2023-09-05T09:23:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103842"},"modified":"2023-09-05T12:23:39","modified_gmt":"2023-09-05T09:23:39","slug":"xerson-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xerson-viloyati\/","title":{"rendered":"Xerson viloyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Xerson viloyati &#8212; Ukrainadagi viloyat. 1944 yil 30 martda tashkil etilgan. Maydoni 28,5 ming km2. Aholisi 1145,4 ming kishi (2004), ukrain, rus, belorus, yahudiy va boshqalar yashaydi. 18 ma&#8217;muriy tumanga bo&#8217;lingan, 8 shahar va 29 shaharcha bor. Shahar aholisi 59%. Markazi \u2014 Xerson shahri. Muhim shaharlari \u2014 Xerson, Kaxovka, Syurupinsk. Tabiati. Viloyat Ukrainaning Janubda. Qrra dengizbo&#8217;yi pasttekisligida joylashgan. Janubdan qora va Azov dengizlari bilan o&#8217;ralgan. Yer yuzasi tekislik, Janubga tomon bir oz qiya. Kumli orollar, qum tillari, kichikroq qo&#8217;ltiqlar uchraydi. Iqlimi mo&#187;tadil kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi Janubda -3\u00b0 dan shimolda -5\u00b0 gacha, iyulniki Janubda 21,5\u00b0 \u2014 23,5\u00b0. Yozi issiq va quruq, ayrim vaqtda bo&#8217;ronlar bo&#8217;lib turadi. Vegetasiya davri 215\u2014 230 kun. Yillik yog&#8217;in 300-400 mm. Asosiy daryolari: Dnepr, uning o&#8217;ng irmog&#8217;i \u2014 Ingules. Tuproqlari Janubda chirindisi kam qoratuproq, to&#8217;q kashtan tuproqlar dengiz sohilida kashtan, sho&#8217;rtob va sho&#8217;rxok tuproqlar. Viloyat hududida Askaniya-Nova, qora dengiz qo&#8217;riqxonalari, shuningdek, Azov-Sivash qo&#8217;riqxona-ovchilik xo&#8217;jaligi bor. Viloyat hududining 2,6% o&#8217;rmon va butazor. Xo&#8217;jaligi. Mashinasozlik va metallsozlikda kemasozlik zavodlari, kombayn, kardan vallari va elektr mashinasozlik (Xerson), elektr payvandlash jihozlari va avtomobil ta&#8217;mirlash zavodlari (kaxovka) bor. Xersonda neftni qayta ishlash zavodi va Ukrainada shisha idishlar ishlab chiqaruvchi eng yirik zavodlardan biri, Syurupinskda tsellyuloza-qog&#8217;oz kombinati, Novaya Kaxovkada mebel fabrikasi ishlab turibdi. Yengil sanoatda to&#8217;qimachilik yetakchi o&#8217;rinda (Xerson ipgazlama kombinati). Ipgazlama ishlab chiqarish bo&#8217;yicha Xerson viloyati Ukrainada 1-o&#8217;rinda. Oziq-ovqat sanoati konserva, un va yorma, go&#8217;sht-sut, baliq va boshqa tarmoqlardan iborat. Qishloq xo\u2019jaligida g&#8217;allachilik, sabzavotchilik, polizchilik, tokchilik, bog&#8217;dorchilik va go&#8217;sht-sut chorvachiligi rivojlangan. G&#8217;alla, kartoshka va sabzavot, yem-xashak ekinlari ekiladi. Chorvachiligi go&#8217;sht-sutga ixtisoslashgan, cho&#8217;chqachilik va mayin junli qo&#8217;ychilik, pillachilik, baliqchilik rivojlangan (9 baliqchilik xo&#8217;jaligi bor). Temir yo\u2019l uzunligi 1100 kilometr. Avtomobil yo&#8217;llari uzunligi 6 ming kilometr. Muhim portlari: Xerson, Skadovsk, Genichesk, xorli. Dneprda kema qatnaydi. Aeroport bor. 4 oliy o&#8217;quv yurti, 2 muzey, 2 teatr, filarmoniya, telemarkaz faoliyat ko&#8217;rsatadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xerson viloyati &#8212; Ukrainadagi viloyat. 1944 yil 30 martda tashkil etilgan. Maydoni 28,5 ming km2. Aholisi 1145,4 ming kishi (2004), ukrain, rus, belorus, yahudiy va boshqalar yashaydi. 18 ma&#8217;muriy tumanga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xerson-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103842","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103842","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103842"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103842\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103850,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103842\/revisions\/103850"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103842"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103842"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103842"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}