{"id":103970,"date":"2023-09-05T16:06:38","date_gmt":"2023-09-05T13:06:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103970"},"modified":"2023-09-05T16:06:44","modified_gmt":"2023-09-05T13:06:44","slug":"xafaqon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xafaqon\/","title":{"rendered":"Xafaqon"},"content":{"rendered":"\n<p>Xafaqon (Arabcha \u2014 urmoq, titramoq) \u2014 yurakning tez yoki notekis urishini sezish holati. Bu sezgi yurak-tomir va boshqa sistemalar (masalan, nerv, endokrin tizimi) kasalliklarida, shuningdek, sog&#8217;lom kishilarda kuchli yoki odatdan tashqari jismoniy zo&#8217;riqish, hayajonlanish va boshqalarda paydo bo&#8217;ladi. Xafaqonni davolash va oldini olish kasallikni keltirib chiqargan sabablarga bog&#8217;liq. Ba&#8217;zan &#171;Xafaqon&#187; atamasini yurak urishining o&#8217;zgarishi qon bosimi oshganida ham kuzatilganligidan gipertoniya kasalligita nisbatan ham ishlatadilar. Xafaqon tushunchasi aslida Sharq tabobatidan ma&#8217;lum. O&#8217;tmishda tabiblar Xafaqon sabablarini to&#8217;g&#8217;ri tushunib, uning ko&#8217;p va xilma-xil kasalliklar (masalan, yurakning organik va funktsional o&#8217;zgarishlarida, o&#8217;pka, me&#8217;da va ichak xastaliklarida, yallig&#8217;lanish, shikastlanish, zaharlanish, isitmalash, gijja kasalligida, biror narsa chaqqanda yuzaga kelishini va boshqalar)da kuzatganlar. Ular yurak urishi o&#8217;zgarishlarini puls sifatlari (ya&#8217;ni puls tezligi, tekis yoki notekisligi, to&#8217;liq-to&#8217;liqmasligi yoki tarangligi)ga ko&#8217;ra aniqlaganlar. Abu Ali ibn Sino &#171;Tib qonunlari&#187; asarida Xafaqon haqida mufassal aytib o&#8217;tgan. Unga ko\u2019ra, Xafaqon goho xiltli moddadan, goho mizojlan, goho shishdan, gohida uzluksizlikning buzilishidan, ba&#8217;zan esa qattiq hisdan va boshqa yot narsalardan paydo bo&#8217;ladi. Xiltli modda goho qondan, goho rutubatdan, goho safrodan, goho eldan iborat bo&#8217;lishi mumkin. Ba&#8217;zan faqat yurak aziyatlari emas, balki o&#8217;pkaning yurakka yondosh tomonida tikilmalar ko&#8217;payib, nafas keragicha o&#8217;ta olmasligi (o&#8217;pkaning hamkorligi bilan), tse&#8217;da ahvolining o&#8217;zgarishi (me&#8217;daning hamkorligi bilan) ham Xafaqon paydo bo&#8217;lishiga olib keladi. Xafaqonning hamma turida tomir notekis urishi kuzatiladi, ammo kasallik belgilari unga sabab bo&#8217;lgan omillarga bog&#8217;liq bo&#8217;ladi (masalan, Xafaqonga gijjalar sabab bo&#8217;lsa, bunda lanjlik, so&#8217;lak oqishi va boshqalar kuzatiladi). Ad.: Ibn Sino, Tib qonunlari, 2j., T., 1992<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xafaqon (Arabcha \u2014 urmoq, titramoq) \u2014 yurakning tez yoki notekis urishini sezish holati. Bu sezgi yurak-tomir va boshqa sistemalar (masalan, nerv, endokrin tizimi) kasalliklarida, shuningdek, sog&#8217;lom kishilarda kuchli yoki odatdan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xafaqon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103970","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103970","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103970"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103970\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103996,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103970\/revisions\/103996"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103970"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103970"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103970"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}