{"id":104039,"date":"2023-09-06T08:35:31","date_gmt":"2023-09-06T05:35:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=104039"},"modified":"2023-09-06T08:35:35","modified_gmt":"2023-09-06T05:35:35","slug":"savdogarlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/savdogarlar\/","title":{"rendered":"Savdogarlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Savdogarlar \u2014 savdo bilan shug&#8217;ullanuvchi ijtimoiy tabaqa. Savdogarlar tovarlarni o\u2019z iste&#8217;moli uchun emas, balki uni sotib foyda olish maqsadida xarid qiladi, ishlab chiqaruvchi (yoki tovar egasi) bilan iste&#8217;molchi urtasida (ba&#8217;zan turli xil tovarlar ishlab chikaruvchilar urtasida) vositachilik vazifasini bajaradi. Tovarlarni ishlab chiqarish makonining ularni iste&#8217;mol qilish makonlariga hamisha ham mos kelavermasligi savdogarlikni ob&#8217;yektiv zaruratga aylantirgan. Savdo vositachilari ibtidoiy jamoaning yemirilish davrida vujudga kelib, jamiyatning keyingi tarixiy taraqqiyoti davomida ijtimoiy mehnat taqsimoti va ayirboshlashning rivojlanishi bilan boy Savdogarlar va mayda Savdogarlar guruhlariga bo&#8217;lingan holda jamiyat ijtimoiy tuzilmasining zaruriy unsuriga aylandi. Savdogarlar qadimgi dunyoning kupgina jamiyatlari (Karfagen, Ellin davlatlari, Yunoniston, Rim va boshqalar) iqtisodiyotida muhim rol uynadi. Ilk o&#8217;rta asrlarda Arab mamlakatlari, ayniqsa, Hindiston, Xitoyda savdogarlik juda rivoj topdi. Karvonlar tuzib, yurtmayurt kezib savdo qilish savdogarchilikning keng tarqalgan ko&#8217;rinishi bo&#8217;lib qoldi. 11 \u201412-asrlarda G&#8217;arbiy Yevropada hunarmandchilikning qishloq xo\u2019jaligidan ajralib chiqishi va shaharlarning tobora rivojlanib borishi bilan yirik savdo-hunarmandchilik markazlari (Venetsiya, Genuya va boshqalar) paydo bo&#8217;ldi va Savdogarlar ijtimoiy tabaqa tarzida shakllandi. Savdogarlar o&#8217;z savdo manfaatlarini himoya qilish uchun alohida korporasiyalar (gildiya va boshqalar)ga birlashdilar. 15-asrga kelib G&#8217;arbiy Yevropada savdo operasiyalarida veksellar, yozma hisobotlar qo&#8217;llanila boshladi. Savdogarlar savdo qilishdan tashqari sudxo&#8217;rlik bilan ham shug&#8217;ullandilar. Kapitalizmning shakllanishi davomida mayda tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini sotib olish va sotish hamda ularni xom ashyo bilan ta&#8217;minlash ishida Savdogarlar haqiqatda kapitalist sohibkorlarga, manufaktura egalariga aylandilar. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin Savdogarlarning bir va bir necha mamlakatda savdo monopoliyasi yoki hatto harbiy-siyosiy hukmronlik o&#8217;rnatgan yirik savdo kompaniyalari (masalan, Vest-Indiya, Ost-Indiya) paydo bo&#8217;ldi. Kapitalistik munosabatlarning qaror topishi davrida Savdogarlar burjuaziyani shakllantirgan manbalardan biri bo&#8217;ldi. Rivojlangan kapitalistik jamiyatda Savdogarlar o&#8217;z mustaqil ahamiyatini yuqotdi, chunki bu jamiyatda sanoat kapitali va sanoatchi ishbilarmonlar vakillari yetakchi o\u2019rinni egallaydi. Sharq mamlakatlari, shu jumladan, O&#8217;rta Osiyoda, Savdogarlar qadimgi kasblardan hisoblanadi, ular ko\u2019chmanchi chorvadorlar, dehqonlar va kosiblar o\u2019rtasida tovar ayirboshlashda vositachilik qilganlar. Musulmon mamlakatlarida shariat qonunlariga ko&#8217;ra va hadislarda sudxo&#8217;rlik harom ish, savdogarlik obro&#8217;li kasb, faqat rostgo&#8217;y, halol, yuksak axloq sohiblarigina savdogar nomiga loyiq hisoblangan. Masalan, Alisher Navoiy &#171;Mahbub ulqulub&#187; asarida Savdogarlarni ilg&#8217;or fikrli kishi, ular halol rizq topish yulida bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga tovarlarni keltirish borasida mashaqqat chekadi, tovarlarning taqchilligi va ortiqchaligini bartaraf etishda ishtirok etib, iqtisodiy muvozanatni ta&#8217;minlaydi, ilg&#8217;or fikrlarni tarqatadi, deb ta&#8217;riflaydi. O&#8217;rta Osiyolik Savdogarlar Eron, Hindiston, Xitoy, Misr, Turkiya, Rossiya, Yevropaning boshqa mamlakatlari bilan savdo aloqalari olib borganlar. Miloddan avvalgi 2-asrdan to milodiy 15-asrgacha Sharqni G&#8217;arb bilan bog&#8217;lagan va O&#8217;rta Osiyo orqali o&#8217;tgan asosiy savdo yo&#8217;li \u2014 Buyuk ipak yo&#8217;lining ahamiyati juda katta bo&#8217;lgan. Amir Temur savdo-sotiqqa katta e&#8217;tibor bergan. Temur hokimiyati qaror topgan joylarda karvon yo&#8217;llari qo&#8217;rikdangan va bexatar bo&#8217;lgan. Amir Temur Savdogarlarga katta imtiyozlar bergan, karvon yo&#8217;llarida karvonsaroylar qurdirgan. O&#8217;rta Osiyoni chor Rossiya imperiyasi bosib olganidan keyin O&#8217;rta Osiyolik Savdogarlar banklar savdo-sanoat firmalari bilan aloqalar o&#8217;rnatib, kapitalistik savdo usullarini o&#8217;zlashtira boshladilar. Oktyabr to&#8217;ntarishidan so&#8217;ng O&#8217;zbekistonda mayda va o&#8217;rta hol Savdogarlar vaqtincha saqlanib qoldi. 20-asrning 20-yillari oxirida O&#8217;zbekistonda davlat va kooperativ savdoning rivojlanishi bilan Savdogarlar ulgurji va chakana savdo sohalaridan siqib chiqarildi. 1930-32 yillarda Savdogarlar ijtimoiy tabaqa sifatida butkul tugatildi. O&#8217;zbekistonda davlat mustaqilligiga erishilganidan keyin bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tish davrida savdogarlik tadbirkorlik faoliyatining bir yo&#8217;nalishi tarzida qayta paydo bo&#8217;ldi va ijtimoiy qatlam sifatvda shakllanib, son jihatdan ko&#8217;payib bormoqda. Savdogarlarlarga ko&#8217;maklashuvchi &#171;Savdogarbank&#187; aktsiyadorlik tijorat banki tashkil etilgan, &#171;Savdogar&#187; gazetasi chiqadi. Ad.: To&#8217;xliyev N., Osiyo va bozor. T., 1992; Yo&#8217;ldoshev N., O&#8217;rta Osiyoda bozor nazariyasi va tajribasi, T., 2002; AlFaqih Abu Lays asSamarqandiy, Tanbeh ul g&#8217;ofilin, 3 kitob, T., 2003. Nuriddin Yo&#8217;ldoshev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Savdogarlar \u2014 savdo bilan shug&#8217;ullanuvchi ijtimoiy tabaqa. Savdogarlar tovarlarni o\u2019z iste&#8217;moli uchun emas, balki uni sotib foyda olish maqsadida xarid qiladi, ishlab chiqaruvchi (yoki tovar egasi) bilan iste&#8217;molchi urtasida (ba&#8217;zan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/savdogarlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-104039","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104039","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=104039"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104039\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":104040,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104039\/revisions\/104040"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=104039"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=104039"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=104039"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}