{"id":104173,"date":"2023-09-06T13:07:24","date_gmt":"2023-09-06T10:07:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=104173"},"modified":"2023-09-06T13:07:33","modified_gmt":"2023-09-06T10:07:33","slug":"hurufiylar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hurufiylar\/","title":{"rendered":"Hurufiylar"},"content":{"rendered":"\n<p>Hurufiylar &#8212; 14-15-asrlarda Eronda vujudga kelgan Islom ta&#8217;limotidan yiroqlashib ketgan shia firqalaridan birining tarafdorlari. Firqaga Fazlulloh Astrobodiy (taxminan 1340\u2014taxminan 1401) asos solgan. 1386\u2014 87 yillarda u o&#8217;z ta&#8217;limotini targ&#8217;ib qilib chiqqan. U Arab harflari sirli mazmunga ega degan ta&#8217;limotni ilgari surgani uchun alhurufiy (lug&#8217;aviy ma&#8217;nosi &#171;harfchi&#187;) taxallusini olgan, firqaning nomi shundan kelib chiqqan. Tarixiy ma&#8217;lumotlar bo&#8217;yicha, uni Amir Temur Shirvonga badarg&#8217;a qilgan, shu sababli Hurufiylar Temur va uning xonadonidan bo&#8217;lgan hukmdorlarga nafrat bilan qaragan. Temurning Eron va Ozarbayjon yerlarida hukmron bo&#8217;lgan o&#8217;g&#8217;li Mironshohni ular dajjol deb ta&#8217;riflagan. Hurufiylar tez vaqt ichida Eron, Ozarbayjon, Turkiya va Suriyada tarqalgan. Hurufiylar olam abadiy, insonda Xudoning qiyofasi aks etgan, olam taraqqiyotining har bir bosqichida Xudo qiyofasi insonda mujassamlanib namoyon bo&#8217;ladi, ana shunda insonning o&#8217;zi Xudo bo&#8217;ladi, oxirgi payg&#8217;ambar \u2014 Muhammad, avliyolarning birinchisi Ali, o&#8217;n birinchi Imom Hasan al-As-Kariy esa Imomlarning oxirgisi, Fazlulloh Astrobodiy \u2014 Xudo mujassamlashgan birinchi inson, degan ta&#8217;limotni ilgari suradi. Tez orada erga Mahdiy kelib, ilohiy adolat o&#8217;rnatadi, barchani teng qiladi, insonning insonga zulm qilishi tugaydi, deb kutadi. Ular mavjud hokimiyatga qarshi qurolli kurash tarafdori bo&#8217;lgan, 1426-27 yillarda Hirotda Temuriylardan bo&#8217;lgan hukmdor Shohruxga qarshi suiqasd uyushtirib, uni yarador qildi, lekin u tirik qoldi. Qo&#8217;lga olingan Hurufiylar maxfiy tashkilotining a&#8217;zolari beayov jazolandi va jasadlari olovda yondirildi. Hurufiylar qattiq ta&#8217;qib ostiga olindi va keyinchalik Eronda tugab ketdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hurufiylar &#8212; 14-15-asrlarda Eronda vujudga kelgan Islom ta&#8217;limotidan yiroqlashib ketgan shia firqalaridan birining tarafdorlari. Firqaga Fazlulloh Astrobodiy (taxminan 1340\u2014taxminan 1401) asos solgan. 1386\u2014 87 yillarda u o&#8217;z ta&#8217;limotini targ&#8217;ib qilib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hurufiylar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-104173","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104173","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=104173"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104173\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":104197,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104173\/revisions\/104197"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=104173"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=104173"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=104173"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}