{"id":104430,"date":"2023-09-07T10:11:22","date_gmt":"2023-09-07T07:11:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=104430"},"modified":"2023-09-07T10:11:26","modified_gmt":"2023-09-07T07:11:26","slug":"shok","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shok\/","title":{"rendered":"Shok"},"content":{"rendered":"\n<p>Shok (Fransuzcha SOS \u2014 zarba) \u2014 odam hayotiga xavf tug&#8217;diruvchi holat; haddan tashqari kuchli ta&#8217;sirotlar natijasida nerv, endokrin, qon aylanishi, nafas sistemalari faoliyatining hamda moddalar almashinuvining buzilishi bilan ifodalanadi. Ko&#8217;pincha shikastlanish, kuyish, operasiya oqibatida, nomos qon quyilganda, miokard infarktida, yurak faoliyati buzilganda va boshqalar tufayli ro&#8217;y beradi. Shok boshlanishida bemor bezovtalanadi, rangi oqaradi, qarashlari bejo, fikrlari chalkash, ba&#8217;zan o&#8217;zining og&#8217;ir ahvolini his etmaydi, gohida bezovtalanish kuchayib, o&#8217;rnidan sapchib turib ketadi (uni tutib qolish qiyin bo&#8217;ladi). Keyinchalik eshushi joyida bo&#8217;lsa ham, umumiy ahvoli yomonlashib, atrof-muhitga butunlay befarq bo&#8217;lib qoladi. Og&#8217;riqni salpal sezadi yoki mutlaqo sezmaydi, rangi oqarib, gavda temperaturasi pasayadi, terisi muzdek bo&#8217;lib, yopishqoqter bilan qoplanadi, nafasi tezlashadi, tashna bo&#8217;ladi, ba&#8217;zan qayt qiladi. Kishi kuyganda Shok, ayniqsa, og&#8217;ir kechadi. Shokni keltirib chiqargan sababiga qo&#8217;ra travmatik, anafilaktik, kardiogen, emotsional, gemotransfuzion va boshqalar xillari farq qilinadi. Travmatik shok shikastlangandan keyin ro&#8217;y berib, shikastlangan kishining ahvoli juda og&#8217;ir bo&#8217;ladi. Shokning oldini olish uchun iloji boricha zudlik bilan tez yordam chaqirish, vrach kelguncha bemorga birinchi yordam ko&#8217;rsatish, ya&#8217;ni shikastlanishga sabab bo&#8217;lgan omillar (mas, yonayotgan kiyimboshni o&#8217;chirish, qulagan joy ostida qolib ketgan kishilarni olib chiqish va boshqalar)ni bartaraf etish, qon oqishini to&#8217;xtatish, qo&#8217;l, oyoq shikastlanganda ularni vaqtincha taxtakachlab qimirlatmay qo&#8217;yish, og&#8217;iz bo&#8217;shlig&#8217;ini ivigan qondan tozalash va sun&#8217;iy nafas oldirish lozim. Shikastlangan kishiga tegishli yordam ko&#8217;rsatgach uni darhol ehtiyotkorlik bilan kasalxonaga olib borish kerak. Anafilaktik shok \u2014 moddalarga, jumladan, organizmga mos kelmaydigan dorilarga nisbatan bo&#8217;ladigan allergik reaktsiyaning eng og&#8217;ir ko&#8217;rinishlaridan. Penisillin, streptomitsin, mahalliy og&#8217;riqni qoldiruvchi vositalar, qoqsholga qarshi va boshqalar zardoblar hamda vaktsinalar ham anafilaktik Shokga sabab bo&#8217;ladi. Anafilaktik Shok belgilari uni keltirib chiqargan moddaga bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan holda bir xil \u2014 ko&#8217;ngil aynishi, qusish, qon bosimining to&#8217;satdan pasayib ketishi, nafasning tez va yuzaki bo&#8217;lishi, ba&#8217;zan hushdan ketish va boshqalar ko&#8217;pincha teriga toshma (eshakem) toshadi, goho dori yuborilgan joyda shish paydo bo&#8217;ladi. Ba&#8217;zida tovush boylamlari shishib, bemor bo&#8217;g&#8217;ilib qolishi mumkin. Anafilaktik Shok belgilari paydo bo&#8217;lganda to vrach yetib kelguncha bemorni yonboshi bilan yotqizib, oyoqlarini bir oz ko&#8217;tarib qo&#8217;yish (bu nafas yo&#8217;llaridan bemalol havo o&#8217;tishini ta&#8217;minlaydi), lozim bo&#8217;lsa, sun&#8217;iy nafas oldirish kerak. Anafilaktik Shokning oldini olish uchun faqat vrach tavsiya etgan dorilardan foydalanish zarur. Kardiogen shok \u2014 miokard infarktining eng og&#8217;ir asoratlaridan biri, yurak sohasida qattiq og&#8217;riq paydo bo&#8217;lganda kuzatiladi. Kardiogen Shokda bemor haddan tashqari darmonsizlanadi, rangi oqarib, labi ko&#8217;karadi, qo&#8217;loyog&#8217;i muzlaydi, yopishqoq sovuq ter chiqadi va ko&#8217;pincha hushdan ketadi. Bunday Shok vaqtida tez tibbiy yordam yetib kelguncha bemorni qimirlatmay yotqizib qo&#8217;yish va orom berish lozim. Emotsional shok kuchli hayajonlanish, asab va ruhiy zo&#8217;riqishlarda kuzatiladi. Ko&#8217;pincha bemorning xulq-atvori o&#8217;zgaradi, u bezovtalanib qichqiradi, yig&#8217;laydi, ba&#8217;zan o&#8217;ziga jarohat yetkazadi, yaqinlari, qarindoshlari, qo&#8217;shnilari va notanish odamlarga nisbatan yovuz munosabatda bo&#8217;ladi. Ba&#8217;zi bemorlar yomon eshitadigan, bangi qiyofasiga kirgan va tashqi dunyoni qiyinlik bilan qabul qiladigan odamlarni eslatadi. Boshqa bemorlarda ong bilan birga sezuvchanlik (voqelikni qabul qilish)ning buzilishi hamda hadiksirash va qo&#8217;rqish kabi emotsional holatlar kuzatiladi. Bemorning ko&#8217;rinishida o&#8217;zini yo&#8217;qotib qo&#8217;yganlik alomatlari namoyon bo&#8217;ladi, u tevarak-atrofga, qarshisidagi odamlarga qo&#8217;rquv va xavotir bilan qaraydigan bo&#8217;lib qoladi. Ba&#8217;zan emotsional Shok isteriya bilan tugaydi (bemor to&#8217;lg&#8217;anib, talvasalanib boshini ura boshlaydi, g&#8217;ayritabiiy holatda turib qoladi). Shuning uchun bemor oldiga ortiqcha odam qo&#8217;ymaslik, shikast yetkazishi mumkin bo&#8217;lgan jismlarni undan bekitib qo&#8217;yish va u bilan yaxshi munosabatda bo&#8217;lish kerak. Jiddiy ruhiy o&#8217;zgarishlarga duchor bo&#8217;lgan bemorlar kasalxonada davolanadi. Gemotransfuzion shok bemorga qon gruppasi to&#8217;g&#8217;ri kelmaydigan qon quyilganda ro&#8217;y beradi. Shuning uchun bemorga faqat vrach ko&#8217;rsatmasi bo&#8217;yicha qon quyish talab etiladi. Shokning barcha turlarida darhol vrachga murojaat etish kerak.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shok (Fransuzcha SOS \u2014 zarba) \u2014 odam hayotiga xavf tug&#8217;diruvchi holat; haddan tashqari kuchli ta&#8217;sirotlar natijasida nerv, endokrin, qon aylanishi, nafas sistemalari faoliyatining hamda moddalar almashinuvining buzilishi bilan ifodalanadi. Ko&#8217;pincha &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shok\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-104430","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104430","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=104430"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104430\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":104436,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104430\/revisions\/104436"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=104430"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=104430"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=104430"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}