{"id":104463,"date":"2023-09-07T10:51:48","date_gmt":"2023-09-07T07:51:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=104463"},"modified":"2023-09-07T10:51:52","modified_gmt":"2023-09-07T07:51:52","slug":"shovqin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shovqin\/","title":{"rendered":"Shovqin"},"content":{"rendered":"\n<p>Shovqin \u2014 1) keng ma&#8217;noda \u2014 nutq va musiqani to&#8217;g&#8217;ri qabul qilishga, xordiq chiqarishga va aqliy mehnatga xalaqit beruvchi begona tovushlar. Shovqin detsibel bilan o&#8217;lchanadi. Masalan, nafas olish, barglarning shitirlashi 10, qattiq gapirish 60-70, transportning shovqini 80-100, reaktiv samolyot ovozi 140-175 desibelga teng va hokazolar. Qattiq, suyuq, gazsimon muhitlardagi har qanday tebranishlar, turli dvigatel va mexanizmlar Shovqinlarning asosiy manbaidir. Mashinalarning detallarini aniq qilib ishlash, mexanizmlarning tovush chiqarishini pasaytirish, tovushni to&#8217;sadigan, yutadigan va titrashni kamaytiradigan vositalarni qo&#8217;llash yo&#8217;li bilan Shovqin kamaytiriladi; 2) texnika va fizikada (tebranma jarayonlar bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan radio, elektronika, radiolokasiya, radioastronomiya, akustika, tovush yozish, optika va boshqalarda) davriy bo&#8217;lmagan tartibsiz tebranishlar. Masalan, elektron lampalarda elektr tokining tartibsiz tebranishi, o&#8217;tkazgichlarda elektronlarning issiqlik harakati (issiqlik Shovqini), yer va yer atmosferasidan, Quyosh, yulduzlar, yulduzlararo muhit va boshqalardan tarqalayotgan issiqlik nurlanishlari (kosmik Shovqinlar) natijasida Shovqin hosil bo&#8217;ladi. Shovqinning umumiy foydali jihatlari ham bor. Masalan, radioastronomiyada chastotaning ma&#8217;lum diapazonidagi Shovqin bo&#8217;yicha yulduzlar va boshqalar kosmik jismlarning radionurlanishi tekshiriladi, harbiydengiz texnikasida esa suv osti qayiq va kemalari topiladi; 3) gigienada \u2014 odam organizmiga salbiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadigan va turli kasalliklarga sabab bo&#8217;ladigan tovushlar. Odam organizmiga uzoq vaqt ta&#8217;sir etishi natijasida Markaziy asab sistemasi, tomirlar tonusi, hazm yo&#8217;llari a&#8217;zolari, endokrin sistemasi va hokazolarning faoliyati buzilishi, quloq og&#8217;irligi, karlik paydo bo&#8217;lishi mumkin. Shovqin ta&#8217;sirida harakatning aniq muvozanati buzilib, mehnat unumdorligi pasayadi. Ortiqcha Shovqin odamni ham jismoniy, ham ma&#8217;naviy jihatdan kuchsizlantiradi. Inson uchun 20-30 detsibel zararsiz hisoblanadi. Bu tabiiy holatdir. Umuman odamga 80 desibelli Shovqin ruxsat etiladi. Qiymati 130 desibelga teng Shovqin inson quloqlarida og&#8217;riq paydo qiladi, 150 desibelga yetganda chidash qiyin bo&#8217;ladi, 180 denibelda hatto metall chaqnab ketadi. 20-asr 70-yillarida shahar ko&#8217;chalaridagi Shovqin 60-70 desibelni tashkil qilgan, 21-asr boshida bu ko&#8217;rsatkich 100 desibel va bundan yuqori qiymatga yetdi. Shovqinning inson salomatligiga ta&#8217;siri haqida ibtidoiy jamoa davridan ma&#8217;lum. Uning ta&#8217;sirini kamaytirish uchun, masalan, temirchilar, tunukachilar va misgarlarning kechasi ishlashi taqiqlangan. Rim diktatori Yuliy Tsezar kechalari shaldirab yuradigan aravalarning shahar ko&#8217;chalarida yurishini taqiqlagan. Odam organizmiga Shovqinning ta&#8217;sirini oldini olish uchun hozir ham ba&#8217;zi tashkiliy, texnik va tibbiy chora-tadbirlar ko&#8217;riladi. Aholi yashaydigan punktlarda Shovqinga qarshi kurash choralari: ko&#8217;kalamzorlashtirish, ko&#8217;cha harakatini tartibga solish, transportlar signalini man etish, turar joy binolariga tovush o&#8217;tkazmaydigan oynali (masalan, plasmassa, alyuminiy) derazalar qo&#8217;yish, lift, nasos, ventilyator kabi uskunalar Shovqinini kamaytirish va hokazolar. Ishlab chiqarishda Shovqinga qarshi kurash choralari: Shovqinsiz texnologik jarayonlarni qo&#8217;llash, yangi uskunalarni Shovqin o&#8217;lchovi nazoratidan o&#8217;tkazish, korxona binosini tovushdan izolyatsiya qilish, tovush yutuvchi qurilish materiallari ishlatish va boshqalar Shuningdek, sershovqin tsex ishchilari individual himoya vositalari bilan ta&#8217;minlanadi. Bunday ishchilar shifokor (terapevt, otolaringolog, nevropatolog) ko&#8217;rigidan o&#8217;tkazib turiladi va hokazolar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shovqin \u2014 1) keng ma&#8217;noda \u2014 nutq va musiqani to&#8217;g&#8217;ri qabul qilishga, xordiq chiqarishga va aqliy mehnatga xalaqit beruvchi begona tovushlar. Shovqin detsibel bilan o&#8217;lchanadi. Masalan, nafas olish, barglarning shitirlashi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shovqin\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-104463","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104463","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=104463"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104463\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":104468,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104463\/revisions\/104468"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=104463"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=104463"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=104463"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}