{"id":104576,"date":"2023-09-07T13:53:40","date_gmt":"2023-09-07T10:53:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=104576"},"modified":"2023-09-07T13:53:43","modified_gmt":"2023-09-07T10:53:43","slug":"shish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shish\/","title":{"rendered":"Shish"},"content":{"rendered":"\n<p>Shish \u2014 organizm to&#8217;qimalari va bo&#8217;shliqlarida ko&#8217;p miqdorda suyuqlik to&#8217;planishi. Ko&#8217;pincha bu holat terida, teri osti yog&#8217;qavatida, plevral va qorin bo&#8217;shliqlarida, yurak oldi xaltachasida, moyak va hokazolarda kuzatiladi. Shish suyuqligi suv, natriy va kaliy tuzlari, birmuncha miqdorda oqsil hamda leykositlardan iborat. Leykositlar, ayniqsa, yallig&#8217;lanishga xos Shishlarda ko&#8217;p bo&#8217;ladi. Kapillyar tomirlar orqali muntazam ravishda to&#8217;qima suyuqlig&#8217;i bilan qon plazmasi o&#8217;rtasida almashinuv yuz beradi. Qon tomirlar devori orqali atrofdagi to&#8217;qimalarga suyuqlik chiqib turadi. Agar atrofdagi to&#8217;qimalarga tomirlardan ko&#8217;p miqdorda suyuqlik chiqib uning so&#8217;rilishi qiyinlashsa yoki butunlay to&#8217;xtab qolsa, Shish paydo bo&#8217;ladi. Bu jarayonga tomir yo&#8217;llari va atrofdagi to&#8217;qimalarda natriy, kaliy va oqsillar miqdorining o&#8217;zgarishi imkon beradi. Bunday o&#8217;zgarishlar tomirlarning keng ko&#8217;lamda shikastlanishi, venalarning varikoz kengayishi, tromboflebit, yurak yetishmovchiligi, buyrak kasalligida qon oqimining sekinlashishida paydo bo&#8217;ladi. Shish ko&#8217;proq, suvtuz almashinuvining buzilishida yuzaga kelishi aniqlangan. Shish tarqalishiga ko&#8217;ra u mu miy va mahalliy bo&#8217;ladi. Umumiy Shish gavdaning ko&#8217;p qismini egallashi, oyoqqo&#8217;l hamda tanada bir tekisda tarqalishi bilan ifodalanadi. Umumiy Shish yurak etishmovchiligida, buyrakning ba&#8217;zi kasalliklarida, jigar tsirrozida kuzatiladi. Umumiy Shish qorin bo&#8217;shlig&#8217;ida qon aylanishining buzilishi, unda suyuqlik to&#8217;planishi \u2014 assit bilan kechadi. Mahalliy Shish ko&#8217;pincha biror vena qon tomirining ezilishi yoki yallig&#8217;lanish reaktsiyasi natijasida paydo bo&#8217;ladi. Shishgan a&#8217;zo, tana qismi yoki oyoqqo&#8217;l kattalashadi va shakli o&#8217;zgaradi. Teri shishganda uning elastikligi kamayadi, ba&#8217;zan u oqarib, muzdek bo&#8217;ladi (yallig&#8217;lanish va ba&#8217;zi allergik Shish bundan mustasno). Shish paydo bo&#8217;lganda u tananing qayeridaligi va hajmidan qat&#8217;i nazar darhol vrachga murojaat etish lozim. Shish keng tarqalib, tanada uzoq saqlansa to&#8217;qimalarning oziqlanishi buziladi va organizmga osonlik bilan infektsiya kiradi, bu esa yaralar paydo bo&#8217;lishiga olib kelishi mumkin. Bunday vaqtda terini mumkin qadar shikastlanishdan saqlash, uni nihoyatda toza tutish zarur. Buning uchun ichki kiyimni tez-tez almashtirib turish, terini kaliy permanganat (margansovka)ning kuchsiz eritmasi bilan artish va boshqalar tavsiya etiladi. Teri yorilganda va shilinganda unga brilliant yashilining 1% li eritmasini (zelenka) surtish kerak. Shish sababi vrach tomonidan aniqlangan kishilarga ko&#8217;pincha Shishning hajmi va tarqalishini, kundalik qabul qilinayotgan hamda chiqarilayotgan suyuqlik miqdorini nazorat qilib turish, osh tuzini cheklash, ba&#8217;zan tarkibida kaliy ko&#8217;p mahsulotlar, (sutli mahsulotlar, turshak, bargak va hokazolar) iste&#8217;mol qilish buyuriladi. Yurak, jigar, buyrak kasalliklari bor bemorlar o&#8217;z vaqtida vrachga murojaat etishsa, bu ularda Shish paydo bo&#8217;lishining oldini olishga imkon beradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shish \u2014 organizm to&#8217;qimalari va bo&#8217;shliqlarida ko&#8217;p miqdorda suyuqlik to&#8217;planishi. Ko&#8217;pincha bu holat terida, teri osti yog&#8217;qavatida, plevral va qorin bo&#8217;shliqlarida, yurak oldi xaltachasida, moyak va hokazolarda kuzatiladi. Shish suyuqligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-104576","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104576","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=104576"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104576\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":104584,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104576\/revisions\/104584"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=104576"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=104576"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=104576"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}