{"id":104602,"date":"2023-09-07T14:25:13","date_gmt":"2023-09-07T11:25:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=104602"},"modified":"2023-09-07T14:25:17","modified_gmt":"2023-09-07T11:25:17","slug":"shimoliy-amerika-kordilera-toglari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shimoliy-amerika-kordilera-toglari\/","title":{"rendered":"Shimoliy Amerika Kordilera tog&#8217;lari"},"content":{"rendered":"\n<p>Shimoliy Amerika Kordilera tog&#8217;lari \u2014 Kordilera tog&#8217;larining shimoliy Amerika materigining g&#8217;arbiy chekkasi bo&#8217;ylab cho&#8217;zilgan qismi. Uzunligi 9000 kilometr, eni 800 kilometrdan (Kanadada) 1600 kilometrgacha (AQShda). Turli yosh va jinsli geologik strukturalardan tuzilgan: Kolorado platosi va qoyali tog&#8217;lar qattiq tokembriy massivlaridan, Yukon va Makenzi tog&#8217;massivlari cho&#8217;kindi va metamorfik paleozoy jinslarining qalin qatlamidan, Serranevada tog&#8217;lari mezozoy batolitlari, G&#8217;arbiy mintaqa tizmasi vulkanogen jinslardan tashkil topgan. Rangli metallar, simob, oltin, neft, toshko&#8217;mir konlari bor. Shimoliy Amerika Kordilera tog&#8217;lari 3 ta bo&#8217;ylama orografik mintaqaga bo&#8217;linadi. Sharqiy yoki qoyali tog&#8217;lar mintaqasi Bruks, Makenzi, Sharqiy Serramadre va qoyali tog&#8217;larning baland tizmalaridan iborat bo&#8217;lib, tinch okean, Meksika qo&#8217;ltig&#8217;i havzasi va shimoliy Muz okeani havzalari orasida suvayirg&#8217;ichdir. Eng baland joyi 4399 metr (qoyali tog&#8217;lardagi elbert cho&#8217;qqisi). G&#8217;arbiy yoki tinch ocean mintaqasi okeanbo&#8217;yi tizmalari va tog&#8217; oralig&#8217;i depressiyalaridan iborat. Unga Alyaska tizmasi (Makkinli tog&#8217;i, 6193 metr, materikning eng baland cho&#8217;qqisi), Aleut, Qirg&#8217;oqbo&#8217;yi, Kaskad tog&#8217;lari, Serranevada, G&#8217;arbiy Serramadre, ko&#8217;ndalang Vulkanli Serra [Orisaba (5700 metr), Popokatepetl (5452 metr) vulkanlari], Janubiy Serramadre tog&#8217;lari kiradi. Materikning chekka g&#8217;arbiy sohili bo&#8217;ylab cho&#8217;zilgan tizmalar kuchli parchalangan va asosan, o&#8217;rtacha balandlikdagi tog&#8217;lardan iborat. Ichki mintaqa tinch okean tizmalaridan sharqda joylashgan Yukon, Freyzar, Kolumbiya, Katta Havza, Kolorado plato va yassitog&#8217;laridan, Meksika tog&#8217;ligidan iborat bo&#8217;lib, ular chuqur tektonik depressiyalar bilan ajralgan. Shimoliy Amerika Kordilera tog&#8217;lari turli tektonik elementlardan tashkil topgan. Ba&#8217;zi joylarda vulkanizm, seysmik va hozirgi zamon tektonik harakatlar kuchli. Tinch okeanbo&#8217;yi tizmalarining o&#8217;q qismida intruziv jinslar yer yuzasiga chiqib qolgan. Vulkanli tizmalar ham bor. Shimoliy Amerika Kordilera tog&#8217;larining shimoliy qismi Arktika va subarktika, 40\u00b0 shahrik.gacha bo&#8217;lgan hududlar mo&#8217;tadil, undan Janubda subtropik, Kaliforniya yarim oroli va Meksika tog&#8217;ligi tropik mintaqalarda joylashgan. Tizmalarning tinch okeanga qaragan yon bag&#8217;irlarida yumshoq, okean iqlimi, ichki hududlarda kontinental iqlim. Yog&#8217;in taqsimoti notekis. Eng kam yog&#8217;in ichki yassitog&#8217;liklarda yog&#8217;adi. Alyaskadagi tizmalarda yillik yog&#8217;in 3000\u2014 4000 mm, AQShning ichki platolarida 400-200 mm, Moxave cho&#8217;lida 50 mm. Eng qalin qor qoplami Alyaska Janubda, qirgoqbo&#8217;yi tizmasi va Kanadaning Kolumbiya tog&#8217;larida kuzatiladi. Qor chizig&#8217;ining eng past chegarasi (300-450 metr) Janubiy Alyaska tog&#8217;larining okeanga qaragan yon bag&#8217;rida. Janubiy tomon qor chizig&#8217;ining balandligi 4500 metrdan ham oshadi. Muzliklarning umumiy maydoni 67 ming km2, asosan, Alyaska va Kanada g&#8217;arbidadir. Yukon, Makenzi, Missuri, Kolumbiya, Kolorado, Riogrande kabi yirik daryolar Shimoliy Amerika Kordilera tog&#8217;laridan boshlanadi. Shimolda muzliktektonik yo&#8217;l bilan va Daryo o&#8217;zanining to&#8217;silib qolishi natijasida vujudga kelgan chuchuk suvli ko&#8217;l ko&#8217;p. Yirik va sersuv daryolar gidroenergiya resurslariga boy. Shimoliy Amerika Kordilera tog&#8217;larida landshaftlarning balandlik mintaqalari aniq ajralgan. Tinch ocean sohili bilan ichki hududlar landshaftlari o&#8217;zaro farq qiladi. Shimoliy Amerika Kordilera tog&#8217;larining shimoliy qismidagi tizmalarning yon bag&#8217;irlari igna bargli o&#8217;rmonlar bilan qoplangan. Ichki yassitog&#8217;liklarning Janub qismini quruq dasht va cho&#8217;llar egallaydi. Meksika tog&#8217;ligini o&#8217;rab turgan tog&#8217;larning tashqariga qaragan yon bag&#8217;irlari doim yashil tropik o&#8217;rmonlar bilan qoplangan. Markaziy Amerika Kordilera tog&#8217;larining tinch okeanga qaragan yon bag&#8217;irlarida barg to&#8217;kuvchi tropik o&#8217;rmonlar, nisbatan quruq hududlar va ichki soyliklarda tikanli siyrak o&#8217;rmonlar, kaktus va savanna o&#8217;simliklari o&#8217;sadi. Hayvonot dunyosi xilma-xil: tundra qismida shimol bug&#8217;usi, qutb tulkisi, quyon, lemming, Los va boshqalar, o&#8217;rmonlarda karibu, grizli ayig&#8217;i, bo&#8217;ri, tog&#8217;qo&#8217;yi, bizon, antilopa, mo&#8217;ynali hayvonlar, chala cho&#8217;l va cho&#8217;llarda kemiruvchilar va sudraluvchilar, tropik o&#8217;rmonlarda maymunlar, yaguar, tapir, Puma va boshqalar yashaydi. Juda katta maydonlar o&#8217;zlashtirilgan, qishloq xo\u2019jalik ekinlari ekiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shimoliy Amerika Kordilera tog&#8217;lari \u2014 Kordilera tog&#8217;larining shimoliy Amerika materigining g&#8217;arbiy chekkasi bo&#8217;ylab cho&#8217;zilgan qismi. Uzunligi 9000 kilometr, eni 800 kilometrdan (Kanadada) 1600 kilometrgacha (AQShda). Turli yosh va jinsli geologik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shimoliy-amerika-kordilera-toglari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-104602","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104602","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=104602"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104602\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":104603,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104602\/revisions\/104603"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=104602"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=104602"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=104602"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}