{"id":104616,"date":"2023-09-07T14:50:01","date_gmt":"2023-09-07T11:50:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=104616"},"modified":"2023-09-07T14:50:04","modified_gmt":"2023-09-07T11:50:04","slug":"shialik-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shialik-3\/","title":{"rendered":"Shialik"},"content":{"rendered":"\n<p>Shialik (Arabcha \u2014 guruh, tarafdorlar) \u2014 islomdagi 2 asosiy yo&#8217;nalishdan biri. O&#8217;zining tarqalishi va tarafdorlarining miqdori jihatidan sunniylikdan keyingi o&#8217;rinda turadi. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 7% Shialikka mansub (2004). Shialik 7-asr o&#8217;rtalarida islom jamoasi ichida oliy hokimiyat masalasida paydo bo&#8217;lgan ixtilof natijasida vujudga kelgan. Shia so&#8217;zining to&#8217;liq shakli &#171;shi&#8217;at Ali&#187; (&#171;Ali partiyasi&#187;) bo&#8217;lib, bu nom Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlariga ergashganlarga nisbatan berilgan. 7-asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil yo&#8217;nalishga aylangan. Shialik avval faqat siyosiy harakat sifatida shakllangan bo&#8217;lsada, keyinchalik aqidaviy va fiqhiy masalalarda turli o&#8217;ziga xos jihatlar paydo bo&#8217;ldi. Buning natijasida Shialik ham mustaqil oqim sifatida faoliyat ko&#8217;rsata boshladi. Shialikda musulmonlar jamoasi yoki davlatida faqat Muhammad (sav) avlodi (Ali va Fotimadan tarqalgan avlodlari) hukmron bo&#8217;lish huquqiga ega deb hisoblanadi. Ularning ta&#8217;limotiga ko&#8217;ra, rahbar jamoa tomonidan saylanmay, rahbarlik meros sifatida o&#8217;tadi. Imomlik payg&#8217;ambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanadi. Shialikka ko&#8217;ra, payg&#8217;ambar vafotidan keyin xalifalikka haqli kishi Ali bo&#8217;lgan, Abu Bakr, Umar va Usmon esa bu huquqni undan zo&#8217;rlik bilan tortib olishgan. Shialik tarafdorlari (shialar) sunniylar kabi Qur&#8217;onni ilohiy deb e&#8217;tirof etadi, lekin ularning ayrim o&#8217;ta reaktsion ruhdagi vakillari xalifalar davrida Qur&#8217;onning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydi. Shialik ilohiyotchilari Qur&#8217;onning mazmunini majoziy sharhlash orqali o&#8217;z ta&#8217;limotlarini asoslaydi. Ular faqat Ali va uning avlodlari tomonidan rivoyat qilingan hadislarni tan oladi. Bunday hadislardan iborat to&#8217;plam tuzilib, u Axbor deb atalgan. Shialikda 8 ta aqidaga e&#8217;tiqod qilinadi. Bular \u2014 tavhid (Allohning yagonaligini e&#8217;tirof etish), adl (adolat, Allohning odilligi, ya&#8217;ni taqdir aqidasi), nubuvvat (payg&#8217;ambarlik), imomat (imomlik \u2014 imomlar hokimiyatini e&#8217;tirof etish), Amri Ma&#8217;ruf (yaxshilikka buyurish), Nahyi munkar (yomonlikdan qaytarish), tavallo (Alloh do&#8217;stlarini do&#8217;st tutish), tabarro (Alloh dushmanlaridan uzoqlanish). Shialikda Ali va uning avlodlaridan iborat o&#8217;n ikki Imom hokimiyati tan olinadi. 874-878 yillar orasida 7-9 yoshida bedarak yo&#8217;qolgan 12- Imom Muhammad al-Mahdiyni shialar &#171;yashiringan&#187; hisoblaydi, zamona oxir bo&#8217;lganda uning qaytib kelishini va adolat o&#8217;rnatishini kutadi (imomi Mahdiy, imomi oxir zamon). Shialikda 12 imomlik (isnoashariya) Ali ibn Abu Tolibdan boshlanib, uning Fotimadan bo&#8217;lgan o&#8217;g&#8217;illari Hasan va Husaynga o&#8217;tadi va Muhammad al-Mahdiyga borib tugaydi. Shuning uchun Shialikdagi isnoashariylar firqasi &#171;o&#8217;n ikki imomni e&#8217;tirof qiluvchilar&#187;, deb nomlangan. Isnoashariylarning ba&#8217;zilari Alini Payg&#8217;ambardan afzal deb e&#8217;tiqod qiladilar hamda Ali va uning 11 avlodi insonlarga rizq berib turadi, deb hisoblaydilar. Ular ning fikricha, Ali va uning avlodlari Payg&#8217;ambardan keyingi Allohning hujjatlaridir. Ularning buyruqlari, taqiqlari Payg&#8217;ambarning buyrug&#8217;i, taqiqidir, ularga itoat qilish \u2014 Payg&#8217;ambarga itoat qilishdir, ularga bo&#8217;ysunmaslik \u2014 Payg&#8217;ambarga isyon qilishdir. Ularning jasadlari nuroniyliklari sababli qabrlarda chirimaydi yoki ba&#8217;zilarining e&#8217;tiqodiga ko&#8217;ra, osmonga ko&#8217;tariladi. Shialar sunniylar kabi Makka va Madinani muqaddas hisoblash bilan birga, Karbalo, Najaf shahrilarida joylashgan Shialik imomlari qabrlarini ham ziyorat qiladi. Shialikda 1 ta diniy-huquqiy mazhab \u2014 ja&#8217;fariylik mavjud. Shialar Imom Husaynga motam tutadi, &#171;shaxseyvaxsey&#187; deb nom olgan motam yurishlari o&#8217;tkazadi va hokazolar. O&#8217;rta asrlarda Shialik ichida ixtiloflar yuz bergan, natijada ko&#8217;p firqalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar, ismoiliylar, ibodiylar va boshqalar hozir ham mavjud. Shialik hozirgi vaqtda Eronda hukmron e&#8217;tiqod hisoblandi. Iroq, Suriya, Livan, Afg&#8217;oniston, Hindiston va Pokistonda shialar bor. Ozarbayjon va Tojikistonda (Pomirda ismoiliylar) aholining muayyan qismi Shialikka e&#8217;tiqod qiladi. Samarqand va Buxoroda shia jamoalari mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shialik (Arabcha \u2014 guruh, tarafdorlar) \u2014 islomdagi 2 asosiy yo&#8217;nalishdan biri. O&#8217;zining tarqalishi va tarafdorlarining miqdori jihatidan sunniylikdan keyingi o&#8217;rinda turadi. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 7% Shialikka mansub (2004). Shialik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shialik-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-104616","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104616","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=104616"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104616\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":104617,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104616\/revisions\/104617"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=104616"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=104616"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=104616"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}