{"id":104623,"date":"2023-09-07T15:08:54","date_gmt":"2023-09-07T12:08:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=104623"},"modified":"2023-09-07T15:08:57","modified_gmt":"2023-09-07T12:08:57","slug":"sher-tuzilishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sher-tuzilishi\/","title":{"rendered":"She&#8217;r tuzilishi"},"content":{"rendered":"\n<p>She&#8217;r tuzilishi \u2014 she&#8217;riy nutqning davomiyligi, ritmi va musiqiyligini uyushtiradigan usul; adabiy-badiiy vosita. Nazm vositasidagi nutq, ya&#8217;ni she&#8217;riy nutq nasriy nutqdan She&#8217;r tuzilishi qonuniyatlariga ko&#8217;ra va shu qonunqoidalarga qat&#8217;iy amal qilinishi bilan farqlanadi. She&#8217;r tuzilishi aslida o&#8217;ziga xos murakkab tizimni tashkil etadi. Chunki she&#8217;rning yaratilishida juda ko&#8217;plab g&#8217;oyaviy va badiiy unsurlar ishtirok etadi. Jumladan, mavzu, g&#8217;oya, band, Naqarot, ritm, vazn, qofiya, intonatsiya, pauza, urg&#8217;u, poetik timsollar, fonetik usul- lar, badiiy san&#8217;atlar, syujet, timsol, kompozisiya, konflikt va boshqalar unsurlarning aniq, yagona bir tizimga birikuvidan she&#8217;r paydo bo&#8217;ladi. She&#8217;r tuzilishidagi mazkur jihatlarni shartli ravishda 2 guruhga ajratish mumkin: mazmunga oid unsurlar va shaklga oid unsurlar. She&#8217;r to&#8217;qimasida bu unsurlar bir-biriga chambarchas bog&#8217;liq va ularni sira bir-biridan ajratib bo&#8217;lmaydi. She&#8217;rda bir unsur ikkinchisiga, ayni damda, ikkinchisi birinchisiga o&#8217;tib turishi, ba&#8217;zi hollarda esa bir unsur ham mazmun, ham shakl vazifasini o&#8217;tashi mumkin (masalan, timsol). She&#8217;rda mazmun va shakl bir butun holda voqe&#8217; bo&#8217;ladi. She&#8217;rda mazmun va shakl mutanosibligi haqida Alisher Navoiy shunday yozgan: Nazmda ham asl anga ma&#8217;ni durur, bo&#8217;lsun aning surati har ne durur. Nazmki ma&#8217;ni anga marg&#8217;ub emas, ahli maoni qoshida xo&#8217;b emas. Nazmki ham surat erur xush anga, zimnida ma&#8217;ni dag&#8217;i dilkash anga. (&#171;Hayrat ulabror&#187;) She&#8217;r tuzilishida, asosan, 5 shakliy unsur ishtirok etadi, bular: vazn, qofiya, band, takrir va tajnis bu jihatlar nasrda ham uchrashi mumkin. Biroq ular nasrda muntazam ravishda mavjud emas vazn \u2014 she&#8217;r o&#8217;lchovi yoki me&#8217;yorini bildiradi. U she&#8217;riy nutqni nasriy nutqdan ajratib turuvchi asosiy unsurlardandir. Vazn ba&#8217;zan saj&#8217;da va aruzning bahri ta&#8217;vil shaklida ham uchrashi mumkin. Qofiya esa ohangdosh so&#8217;zlarni she&#8217;r misra (bayt, band)larida tizimli bo&#8217;lib kelishidir. U eaj&#8217; va boshqalar shakldagi asarlarda ham qo&#8217;llanadi. Band \u2014 she&#8217;rning alohida qofiyalanish tartibiga ega ritmik bo&#8217;lagi. U qofiya va intonasiya bilan birikkan misralarning muayyan tartib asosida takrorlanishidir. Vazn va bandni tildan ajralgan holda, turli jadvallar va belgilar bilan ham ko&#8217;rsatish mumkin. Ammo qofiya, takrir (so&#8217;z takrori) va tajnis (jinsdosh so&#8217;zlar) til materialidagina ko&#8217;rinadi. She&#8217;r tuzilishi taraqqiyotida uning milliy va baynalmilal tomonlari ko&#8217;zga tashlanadi. Milliy tomoni milliy til tabiatiga suyanganligida ko&#8217;rinadi (masalan, qofiya milliy til bilan bog&#8217;liq milliy unsur bo&#8217;lib, uning ifodalanishida yaqqol namoyon bo&#8217;ladi). Tarixan xalqlarning o&#8217;zaro bir-birlariga yaqinlashishlari natijasida turli xalqlarning She&#8217;r tuzilishi ham o&#8217;zaro yaqinlashadi. Masalan, o&#8217;zaro yaqin milliy til guruhlarida She&#8217;r tuzilishi bir-biridan keskin farq qilmaydi (masalan, turkey xalqlar). She&#8217;r tuzilishining baynalmilal tomoni esa takomillashuv yo&#8217;li bilan taraqqiy etib, shakl o&#8217;zgarishi tarzida sekin-asta o&#8217;zgarib borgan. She&#8217;r tuzilishi unsurlari turli Millatlar uchun mushtarak bo&#8217;lishi ham mumkin (masalan, barmoq va aruz aksar turkiy xalqlarda ishlatib kelinadi; band ham ko&#8217;plab xalqlar She&#8217;r tuzilishi uchun baynalmilal hodisa; sonet yoki g&#8217;azal jahonning ko&#8217;pgina xalqlari she&#8217;riyatida qo&#8217;llangan va qo&#8217;llanmoqda). She&#8217;r tuzilishi tarixiy taraqqiyot, davr uslubi va madaniy-adabiy an&#8217;analar bilan uzviy aloqada yashaydi. Bir She&#8217;r tuzilishida turli she&#8217;r tizimlarining imkoniyatlari mavjud bo&#8217;lishi va ular tarixiy taraqqiyot natijasida birinketin ro&#8217;yobga chiqishi mumkin. Har qanday She&#8217;r tuzilishidagi vazn asosida bo&#8217;g&#8217;in turadi. Biroq she&#8217;r tizimlarining xarakteri bo&#8217;g&#8217;inning qaysi xususiyatiga tayanishiga bog&#8217;liq. Sillabik tizim, shu jumladan, o&#8217;zbek barmoq tizimi bo&#8217;g&#8217;inlarning soniga, tonik tizim urg&#8217;usiga, sillabiktonik tizim esa bo&#8217;g&#8217;inning urg&#8217;uli va urg&#8217;usizligiga tayanadi, aruz esa bo&#8217;g&#8217;inning cho&#8217;ziqqisqaligiga qaraydi. O&#8217;zbek She&#8217;r tuzilishi tarixida quyidagi holatlar nazarda tutilishi she&#8217;rshunoslar tomonidan ta&#8217;kidlanadi: 1) turkiy xalqlar, xususan, o&#8217;zbek She&#8217;r tuzilishining &#171;folklor tipi&#187; davri. Bunda sintaktik parallelizmga tayanilgan. Misralar dastlab bo&#8217;g&#8217;in soni jihatidan teng bo&#8217;lmagan, ularni she&#8217;riy alliterasiya, tovush usullari va so&#8217;z takrori uyushtirgan, qofiyalar bilan so&#8217;z takrorlari aralash holda misra ichida joylashgan (qofiyaning misra oxiriga chiqishi keyingi davrlarga xos hodisadir). Buni o&#8217;ziga xos barmoq she&#8217;r tizimi davri, deyish ham mumkin; 2) aruz vazniga asoslangan She&#8217;r tuzilishi davri. Aruz Arab xalq og&#8217;zaki ijodi negizida 8-asrda shakllangan va Islom dinining yoyilishi bilan avval Eronga, keyin O&#8217;rta Osiyo xalqlari, xususan, o&#8217;zbek adabiyotiga kirib kelgan va 11-asrdan qo&#8217;llana boshlagan. Juda ko&#8217;plab Durdona asarlar shu She&#8217;r tuzilishida yaratilgan; 3) erkin vaznga asoslangan She&#8217;r tuzilishi o&#8217;zbek adabiyotiga 20-asrning 20-yillarida rus tonik she&#8217;r tizimi ta&#8217;sirida kirib keldi. Biroq bu vazn o&#8217;lchov, qofiya, band jihatidan erkin bo&#8217;lsada, alohida tizim emas, balki barmoq vaznining sodda, qo&#8217;shma, aralash, murakkab kabi vazn turlaridan biridir; 4) bo&#8217;g&#8217;inurg&#8217;u, miqdorurg&#8217;u va qorishiq she&#8217;r tizimlari. Bular nisbatan keyinroq paydo bo&#8217;lgan tizimlardir. Biroq yuqorida sanalganlardan faqat 2 tasi \u2014 barmoq va aruz tizimlari o&#8217;zbek She&#8217;r tuzilishining asosini tashkil etadi. Negaki, o&#8217;zbek she&#8217;riyati, asosan, barmoq va aruzda yaratilgan. Qolgan she&#8217;r tizimlari \u2014 erkin vazn, bo&#8217;g&#8217;inurg&#8217;u, miqdorurg&#8217;u va qorishiq tizimlar u qadar keng tarqalmagan. Ad. Yzzat Sulton, adabiyot nazariyasi, T., 1980; adabiy turlar va janrlar, T., 1992; Boboev T., She&#8217;r ilmi ta&#8217;limi, T., 1996. Otabek Jo&#8217;raboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>She&#8217;r tuzilishi \u2014 she&#8217;riy nutqning davomiyligi, ritmi va musiqiyligini uyushtiradigan usul; adabiy-badiiy vosita. Nazm vositasidagi nutq, ya&#8217;ni she&#8217;riy nutq nasriy nutqdan She&#8217;r tuzilishi qonuniyatlariga ko&#8217;ra va shu qonunqoidalarga qat&#8217;iy amal &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sher-tuzilishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-104623","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104623","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=104623"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104623\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":104627,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104623\/revisions\/104627"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=104623"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=104623"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=104623"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}