{"id":104646,"date":"2023-09-07T15:35:43","date_gmt":"2023-09-07T12:35:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=104646"},"modified":"2023-09-07T15:35:46","modified_gmt":"2023-09-07T12:35:46","slug":"sherobod-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sherobod-tumani\/","title":{"rendered":"Sherobod tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Sherobod tumani &#8212; Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Tuman shimoldan Boysun, shimoli sharqsan Bandixon, sharqdan Qiziriq, Janubdan Muzrabot, Janubi sharqdan Angor tumanlari, shimoli g&#8217;arbdan Qashqadaryo viloyati, g&#8217;arbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 2,73 ming km2. Aholisi 134 ming kishi (2003). Sherobod tumanida 1 shahar (Sherobod), 9 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Bo&#8217;ston, Zarabog&#8217;, Oqqo&#8217;rg&#8217;on, Rabotak, Sariqamish, Seplon, Talashqon, Chinobod, Yangiturmush) bor. Markazi \u2014 Sherobod shahri. Tabiati. Relefi tekislik, adir va tog&#8217;likdan iborat. Tekislik qismi cho&#8217;l landshaftli. Tuman g&#8217;arbida Ko&#8217;hitang tog&#8217;tizmasi (eng baland joyi ayri ota cho&#8217;qqisi, 3139 metr), tog&#8217;lar orasida Zarabog&#8217;va Pashxo&#8217;rd botiqlari joylashgan. Janubiy g&#8217;arbidan shimoli sharqqa tomon Sherobod-Sariqamish qirlari o&#8217;tadi. Foydali qazilmalardan katta zaxiraga ega bo&#8217;lgan osh tuzi, oltingugurt, qo&#8217;mir, yonuvchi slanes, marmar, granit va qurilish materiallari konlari mavjud. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 18\u00b0. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi tekislik qismida 3,6\u00b0, tog&#8217;larda -6\u00b0, eng past temperatura -20\u00b0. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 32,1\u00b0, eng yuqori temperatura 48\u00b0. Yiliga 150 mm yog&#8217;in tushadi, g&#8217;arbiy tog&#8217;oldi zonasida 500 mm ga yetadi. Vegetatsiya davri 266 kun. Tuman hududidan sherobod daryosi va uning maydon, ilonsoy, Laylagonsoy irmoqlari o&#8217;tadi. Tumanning Janub chegarasi bo&#8217;ylab zang kanali, sharqdan Sherobod magistral kanali oqadi. Oqtosh, Dashxo&#8217;rd, Zarabog&#8217; qishloqlari atroflarida qadimda foydalanib kelinayotgan korizlar bor. Tekislikda och va to&#8217;q bo&#8217;z tuproqlar, adirlarda arid, tog&#8217;larda sur tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi o&#8217;simliklardan archa, mavrak, kiyiko&#8217;t, tog&#8217; rayhon, kovrak, shuvok, Vandob qishlog&#8217;i atroflarida shirinmiya, zanjabil, rovoch va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, tulki, jayran, kalamush, qo&#8217;shoyoq, yumronqoziq, jayra, ko&#8217;rsichqon, to&#8217;qayzorlarda to&#8217;qay mushugi, qobon, chiyabo&#8217;ri; qushlardan kaklik, mayna, qaldirg&#8217;och, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, chil, ko&#8217;rshapalak, g&#8217;oz, o&#8217;rdak; sudraluvchilardan, o&#8217;qilon, gekkon, ko&#8217;zoynakli ilon va boshqalar yashaydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar (95,9%), shuningdek, tojik, rus, turkman, tatar, qozoq, koreys va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km2 ga 50 kishi. Xo&#8217;jaligi. Tumanda paxta tozalash, keramika, g&#8217;isht, un zavodlari, MTP, &#171;Xo&#8217;jaikon&#187; tuz koni, &#171;Kampirtepa&#187; granit kareri, 130 dan ziyod xususiy firma, 16 aktsiyadorlik jamiyati, dehqon bozori, qurilish va transport korxonalari, 250 savdo, 170 maishiy xizmat, 50 jamoa ovqatlanish ob&#8217;yektlari bor. Qishloq xo\u2019jalik, asosan, paxtachilik, g&#8217;allachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Sabzavotchilik, polizchilik, pillachilik ham rivojlangan. Sherobod tumanida 11 shirkat, 3 dehqon fermer xo&#8217;jaliklari uyushmasi, 256 fermer, 1 asalarichilik, 2 qorako&#8217;lchilik xo&#8217;jaliklari mavjud. Sug&#8217;oriladigan yerlarning 16,5 ming gektariga paxta, 13,4 ming gektariga g&#8217;alla ekiladi. Shuningdek, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlari, uzum, meva ham yetishtiriladi. 24,7 ming gektar yer o&#8217;rmonzor, 2,2 ming gektar yer ko&#8217;p yillik daraxtzor, 127 ming gektar yer yaylov bilan band (2003). Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 32,6 ming qoramol (shu jumladan, 15,3 ming sigir), 122,6 ming qo&#8217;y va echki, 57,3 ming parranda, 800 dan ziyod yilqi boqiladi. Tumandagi 65 umumiy ta&#8217;lim maktabida 37 ming o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oladi (2003), 4 kasb-hunar kolleji, akademik litsey, madaniyat va istirohat bog&#8217;i, 7 klub va madaniyat uyi, o&#8217;lkashunoslik muzeyi, Markaziy kutubxona va uning tarmoqlari mavjud. 2 stadion, 18 sport zali, 316 sport maydonchasi, sport majmuasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. 5 kasalxona (shu jumladan, 2 tasi qishloqda), 24 ambulatoriyapoliklinika, 51 feldsherakusherlik punkti, 10 qishloq vrachlik punkti, tez yordam punkti, 13 dorixona aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Tibbiy muassasalarda 165 vrach, 1137 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududida &#171;Oqtosh&#187; va &#171;Vandob&#187; sanatoriy va sog&#8217;lomlashtirish oromgohlari joylashgan. Sherobod\u2014Qumqo&#8217;rg&#8217;on, Sherobod\u2014 Angor\u2014Termiz va boshqalar yo&#8217;nalishlarda avtobuslar qatnaydi. Arxeologik topilmalar Sherobod tumani hududi qadimiyligini tasdiqlaydi. Tuman hududida ibtidoiy san&#8217;atga tegishli Zaravutsoy rasmlari, Jarso&#8217;ton va Jondavlattepa qadimiy shahar xarobalari, Nondahana inshooti (19\u2014 20-asr boshlari) bor. Hozirgi Sherobod tumani hududidan Islom olamidagi mashhur muhaddis Imom Termiziy yetishib chiqqan. Tumanda Imom at-Termiziy maqbarasi saqlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sherobod tumani &#8212; Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Tuman shimoldan Boysun, shimoli sharqsan Bandixon, sharqdan Qiziriq, Janubdan Muzrabot, Janubi sharqdan Angor tumanlari, shimoli g&#8217;arbdan Qashqadaryo viloyati, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sherobod-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-104646","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104646","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=104646"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104646\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":104647,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104646\/revisions\/104647"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=104646"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=104646"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=104646"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}