{"id":104670,"date":"2023-09-08T09:53:18","date_gmt":"2023-09-08T06:53:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=104670"},"modified":"2023-09-08T09:53:22","modified_gmt":"2023-09-08T06:53:22","slug":"shimanovskiy-karol-masey","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shimanovskiy-karol-masey\/","title":{"rendered":"Shimanovskiy Karol Masey"},"content":{"rendered":"\n<p>Shimanovskiy Karol Masey (1882. 6.10, Timoshovka, Ukraina \u2014 1937. 29.3, Lozanna) \u2014 polyak kompozitori, pianinochi, musiqajamoat arbobi, zamonaviy milliy kompozitorlik maktabi asoschisi, musiqiy orientalizmning yirik namoyandasi. San&#8217;atkorlar oilasida tug&#8217;ilib, bolaligidan otasi, so&#8217;ng tog&#8217;asi (G.V.Neygauz)dan fortepiano saboqlarini olgan, 8 yoshida ilk ommabop kontsert bergan. 1901 yildan Varshavada yashab, kompozitsiya va nazariy fanlardan ta&#8217;lim olgan, 1905 yil &#171;yosh Polsha&#187; kompozitorlari safiga qo&#8217;shilgan. Keyinchalik Avstriya va Germaniyada tahsil ko&#8217;rish jarayoni Shimanovskiy ijodiy uslubiga salbiy (milliylashish o&#8217;rniga \u2014 nemislashish yo&#8217;sinida) ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Ijodiy inqirozdan qutulish maqsadida Jazoir, Tunis va boshqalar Sharq mamlakatlariga yo&#8217;l olib, ommaviydiniy marosim kuy va usullarini yozib olgan. Avvallari ham sharqona mavzularga (&#171;Zulayho&#187; qo&#8217;shig&#8217;i, &#171;Hofizning ishqiy qo&#8217;shiqlari&#187; turkumi) murojaat qilib kelgan Shimanovskiy, safardan qaytgach, &#171;Hofizning ishqiy qo&#8217;shiqlari \u2014 II&#187;, R.Tagor she&#8217;rlariga va &#171;ehtirosli muazzin qo&#8217;shiqlari&#187; vokal turkumlarini yaratdi (&#171;Allohu Akbar&#187; deb nomlangan ilk qismida musiqiy orientalizmni teranlashtirib, taqlid manbaiga usluban tenglashishga muyassar bo&#8217;lgan). Kompozitorning sharqona asarlarining eng yetuk namunasi \u2014 Jaloliddin Rumiyning &#171;Imshab&#187; (&#171;bu kecha&#187;) radifli g&#8217;azali asosida \u2014 yakkaxon xonanda, xor va simfonik orkestr uchun yaratgan &#171;tun haqidagi qo&#8217;shiq&#187; nomli 3-simfoniyasi (1914) dir. Shimanovskiy, shuningdek, &#171;Xagit&#187; (1922), &#171;Qirol Roger&#187; (1926) operalari, &#171;Xarnasi&#187; (1934) baleti, qator diniy asarlar (mashhuri \u2014 &#171;Stabat mater&#187;), cholg&#8217;u kontsertlar, o&#8217;nlab kamer turkumlar (ular orasida &#171;Shahrizoda&#187;), bir qancha ilmiy maqolalar va &#171;Efeb&#187; romani muallifi. Musiqiy romantizm va impressionizm tamoyillari, Uyg&#8217;onish davri musiqa unsurlari hamda milliy folklor janrlaridan ijodiy foydalanib, o&#8217;ziga xos musiqa uslubini yaratgan. To&#8217;xtasin G&#8217;afurbekov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shimanovskiy Karol Masey (1882. 6.10, Timoshovka, Ukraina \u2014 1937. 29.3, Lozanna) \u2014 polyak kompozitori, pianinochi, musiqajamoat arbobi, zamonaviy milliy kompozitorlik maktabi asoschisi, musiqiy orientalizmning yirik namoyandasi. San&#8217;atkorlar oilasida tug&#8217;ilib, bolaligidan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shimanovskiy-karol-masey\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-104670","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104670","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=104670"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104670\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":104671,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104670\/revisions\/104671"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=104670"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=104670"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=104670"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}