{"id":10483,"date":"2021-11-14T10:47:17","date_gmt":"2021-11-14T07:47:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=10483"},"modified":"2025-11-03T13:29:21","modified_gmt":"2025-11-03T10:29:21","slug":"aruz-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/aruz-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ARUZ haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ARUZ (Arabcha \u2014 arz qilmoq) \u2014 she&#8217;riy o&#8217;lchov, vazn. Yaqin va O&#8217;rta Sharq xalqlari she&#8217;r tizimi. Aruz nazariyasi turkiy xalqlarga, xususan o&#8217;zbek she&#8217;riyatiga arablardan o&#8217;tgan. Navoiyning &#171;Mezon ul-avzon&#187; asarida ko&#8217;rsatilishicha Aruz vodiy, rukn nomiga to&#8217;g&#8217;ri keladi, ko&#8217;chma ma&#8217;noda &#171;ustun&#187; degani. Aruz nazariyasi birinchi marta Xalil ibn Ahmadning &#171;Kitob al-aruz&#187;i (&#171;Aruz kitobi&#187;) da bayon qilingan, keyinchalik Rashididdin Vatvot, Tusiy, Shams Qays Roziy, Mavlono Yusuf Aruziy Nishoburiylar tomonidan rivojlantirilgan. Turkiy xalqlarda Aruz ning ilk namunalari Islom kirib kelgungacha bo&#8217;lgan davrlardagi qad. maqol va topishmoqlarda, &#171;Devonu lug&#8217;otit turk&#187;da uchraydi. Yusuf Xos Hojibning &#171;Qutadg&#8217;u bilig&#187;i shu vaznda bitilgan turkiy dostondir. Aruz avval Arab alifbosi asosidagi eski o&#8217;zbek yozuviga asoslanadi, unda 29 undosh va 3 unli harf, ya&#8217;ni cho&#8217;ziq unli tovush bo&#8217;lgan. Harakatlar bilan ko&#8217;rsatiluvchi yana uchta unli \u2014 zabar \u2014a, zer, \u2014 i, pish &#8212; u mavjud. Harakatlarni undosh harflarning usti yo ostiga qo&#8217;yib, ochiq bo&#8217;g&#8217;inlar hosil etilgan, yopiq bo&#8217;g&#8217;in undosh ustiga sokin (ko&#8217;pligi sukun) alomati (\u2014) ni qo&#8217;yish orqali hosil qilingan. Cho&#8217;ziq unlilar ochiq bo&#8217;g&#8217;inda sokinli deb tushunilgan va bunday bo&#8217;g&#8217;inlar, asosan, cho&#8217;ziq hisoblangan. Harf va harakatlardan juzvlar tuzilgan. Juzvlar 3 ta bo&#8217;lib, ularning har biri 2 xil ko&#8217;rinishga ega. Arablar chodir uyni, ko&#8217;chma ma&#8217;noda, ikki misra she&#8217;rni ham bayt (uy) deyishgan, shu sababli, juzvni tushuntirishda chodir jihozlari bo&#8217;lgan \u2014 arqon, qoziqcha, paloye atamalaridan foydalanilgan. Juzvlar sabab (arqon), vatad (qoziqcha), fosila (palos) deb nomlangan. Ular o&#8217;z ichida sababi Xafif (engil sabab): (may): \u2014; sababi Saqil (og&#8217;ir sabab): (ko&#8217;zi): W; vatadi majmu&#8217; (yig&#8217;iq vatad): (Samar): V \u2014; vatadi mafruq (yopiq vatad): (noma) \u2014 V; fosilai sug&#8217;ro (kichik fosila): (yuragim): W \u2014; fosilai Kubro (katta fosila): (yashamagan): VW \u2014kabi turlarga bo&#8217;linadi. Juzvlardan 8 ta asl rukn hosil bo&#8217;lgan: failun, faulun, mutafailun, mafailun, mustaf&#8217;ilun, failatun, mafailatun, maf&#8217;ulatu (cho&#8217;ziq unli bosh harf bilan yoziladi). Bobur yana ikkita asl ruknni keltirgan: Fai-la-tun bilan mustaf&#8217;i-Lun. Asl ruknlar juzvlardan tuziladi: &#171;faulun&#187;da vatadi majmudan so&#8217;ng sababi Xafif keladi. Aruzda zihof degan qism bor. Unda asl ruknlardan tarmoq ruknlarning kelib chiqishi ko&#8217;rsatiladi. Bu, asl ruknlardagi biron harf yo harflarni orttirish yo tushurib qoldirish yo&#8217;li bilan amalga oshiriladi. Bunday o&#8217;zgarishlar 44 ta. Masalan, jazm zihofida oldingi harakatli harf olib tashlanadi: (mafailun) dan (failun) qoladi, uning o&#8217;rnida (maf&#8217;ulun) qabul qilingan va hokazo. Maf&#8217;ulun tarmoq rukn deyiladi. Aruz nazariyasida rukn va zihofdan so&#8217;ng bahr turadi, ular 21 ta. Bahrlar guruhlanadi: 1) asl ruknlarning takroridan hosil bo&#8217;luvchi bahrlar (bunday baxrlar yettita): hazaj mafailunning, rajaz mustaf&#8217;ilunning, ramal failatunning, vofir mufailatunning, komil mutafailunning, mutaqorib faulunning, mutadorik Failunning takrorlanishidan hosil bo&#8217;ladi; 2) ikki xil asl ruknning al mashinib kelishidan tuziluvchi bahrlar (ular uch turlidir): a) ikkita asl rukn navbatlashib (almashib) keladi. Xafif: failatun mustaf&#8217;ilun failatun mustaf&#8217;ilun. Munsarih: mustaf&#8217;ilun maf&#8217;ulatu mustaf&#8217;ilun maf&#8217;ulatu. Muzori&#8217;: mafailun failatun mafailun failatun. Mujtass: mustaf&#8217;ilun failatun mustaf&#8217;ilun failatun. Muktazab: maf&#8217;ulatu mustaf&#8217;ilun maf&#8217;ulatu mustaf&#8217;ilun. Tavil: faulun mafailun, faulun mafailun. Madid: failatun failun failatun failun. Basit: mustaf&#8217;ilun failun mustaf&#8217;ilun failun. Ariz: mafailun faulun mafailun faulun. Amiq: failun failatun failun failatun; b) ikki xil asl rukndan biri avval takrorlanadi, ikkinchisi takrorlanmaydi. Sari&#8217;: mustaf&#8217;ilun mustaf&#8217;ilun maf&#8217;ulatu. G&#8217;arib (jadid) failatun failatun mustaf&#8217;ilun. Qarib: mafailun mafailun failatun; v) ikki xil asl rukndan biri takrorlanmaydi, so&#8217;ng biri takrorlanadi. Mushokil: failatun mafailun mafailun. Bahrlar ham asl va tarmoq bahrlarga bo&#8217;linadi. Asl runklardan hosil bo&#8217;lgan bahrlar solim bahrlar, tarmoq ruknlardan yasalgan baxrlar tarmoq baxrlar deyiladi. Solimlik va tarmoqlik xususiyati vaznlarga ham xos. Aruzni tushuntirish vositalaridan biri \u2014 doira. Baxrlar tuzilishidagi o&#8217;xshashliklariga ko&#8217;ra doiralarga biriktiriladi. Doiradan so&#8217;ng taqti&#8217; (parchalash) turadi. Bunda bayt ruknlarga ajratilib, vazni aniqlanadi, Taqgi&#8217;til, yozuv va talaffuz bilan bog&#8217;liq. Aruz haqidagi o&#8217;rta asr nazariyasida shakl bilan mazmun o&#8217;rtasidagi uzviylik xususiyati haqida gapirilmaydi. Aruzni juzv, zihof, bahr, doira, faulunsiz ham oson tushuntirish mumkin. Bunda bo&#8217;g&#8217;in, rukn, vazn, ritmik pauza, turkumlar ritmni yuzaga keltiradi. Aruzga oid hozirgi zamon qarashi o&#8217;zbek kirill yozuviga asoslangan. Bunda ochiq (unli tovush bilan tugagan) bo&#8217;g&#8217;in qisqa va cho&#8217;ziq bo&#8217;g&#8217;in vazifasini, yopiq (undosh tovush bilan tugagan) bo&#8217;g&#8217;in cho&#8217;ziq bo&#8217;g&#8217;in vazifasini, o, i, e, u tovushlaridan yasalgan yopiq bo&#8217;g&#8217;inlar o&#8217;ta cho&#8217;ziq bo&#8217;g&#8217;in vazifasini o&#8217;taydi. Ochiq bo&#8217;g&#8217;in cho&#8217;ziq bo&#8217;g&#8217;in vazifasida ham, qisqa bo&#8217;g&#8217;in vazifasida ham kelaveradi, chunki u bilan yopiq bo&#8217;g&#8217;inning cho&#8217;ziqlik darajasidagi tafovut oz. Ba&#8217;zi yopiq bo&#8217;g&#8217;inlardagi unlilar boshqa yopiq bo&#8217;g&#8217;inlardagi unlilarga nisbatan cho&#8217;ziqroq bo&#8217;lgani uchun yopiq bo&#8217;g&#8217;in doimo cho&#8217;ziq yoki o&#8217;ta cho&#8217;ziq bo&#8217;g&#8217;in o&#8217;rniga o&#8217;tishi mumkin. Ayrim yopiq bo&#8217;g&#8217;inlardagi undosh tovush ochiq bo&#8217;g&#8217;indagi undosh tovushdan ko&#8217;p (qor, zulm), bunday yopiq bo&#8217;g&#8217;inlar misra ichida bir cho&#8217;ziq va bir qisqa bo&#8217;g&#8217;in o&#8217;rniga o&#8217;tadi. Bunda qisqa bo&#8217;g&#8217;in &#171;V&#187;, cho&#8217;ziq bo&#8217;g&#8217;in &#171;\u2014&#187;, o&#8217;ta cho&#8217;ziq bo&#8217;g&#8217;in &#171;so&#187; belgisi bilan ko&#8217;rsatiladi. Yonma-yon kelgan ikki undosh tovush orasida qisqa &#171;i&#187; bordek aytiladi: Zor meni qilur ishq, G&#8217;-VV &#8212; V-co Xor meni qilur ishq VV &#8212; V\u2014so I II (Bobur, &#171;muxtasar&#187;) bu baytdagi &#171;zor&#187;, &#171;xor&#187; bo&#8217;g&#8217;inlarining har biri cho&#8217;ziq va bir qisqa bo&#8217;g&#8217;in hisobiga o&#8217;tgan, yuqorida &#171;\u2014V&#187; belgisi bilan tayinlangan. Ko&#8217;pincha, misra ichida shunday ko&#8217;rsatiladi, aslida &#171;so&#187; belgisini qo&#8217;yish ham mumkin. &#171;Ishq&#187; bo&#8217;g&#8217;ini misra oxirida kelganligi uchun &#171;so&#187; belgisi ishlatilgan. Mazkur baytdagi II rukn to&#8217;rt bo&#8217;g&#8217;inli, o&#8217;lchovi ham &#171;V\u2014 so&#187;dir. Ammo &#171;ishq&#187;, &#171;ilm&#187; kabi so&#8217;zlar taqti&#8217;da o&#8217;zlaridan keyingi unli bilan boshlangan so&#8217;zlarga tutashadi, bunda so&#8217;z oldingi vazifasini bajarmaydi. Aruzda ritm bo&#8217;g&#8217;inlardan ruknlarni hosil qilish orqali paydo bo&#8217;ladi. Bo&#8217;g&#8217;inlarning ruknlarga uyushuvida ruknlarning shakli katta ahamiyatga ega. Bu hol, goho bir so&#8217;zning ikki ruknga bo&#8217;linib ketishiga olib keladi: &#171;hajring&#187; \u2014 &#171;hajring&#187;, ko&#8217;nglumda&#187; \u2014 &#171;ko&#8217;nglumda&#187; kabi. Bu ritmni uyushtirishning o&#8217;ziga xos jihatlaridan biridir. Ruknlar bir bo&#8217;g&#8217;inlidan olti bo\u2019g&#8217;inligachadir. Har bir misradagi ruknlar o&#8217;zaro uyushib, vaznni yuzaga keltiradi. Ritm yaratilishi ruknlardan vazn hosil etishga ham bog&#8217;liq: vaznlar bayt doirasida to&#8217;rt ruknli (murabba), olti ruknli (musaddas) va sakkiz ruknli (musamman) bo&#8217;ladi. Ritm yaratilishining sabablaridan biri ritmik pauzadir. Ritmik pauza misra oxiridagina emas, ichida ham bo&#8217;ladi. She&#8217;riyatdagi pauza izchil, mutanosib, parallel va ritmikdir. Boburdan keltirilgan har bir misrada ikkitadan rukn bo&#8217;lib, rukn oxirida ritmik pauza yuzaga chikadi, ammo 1-rukn oxiridagi ritmik pauza bilan misra oxiridagi ritmik pauza cho&#8217;ziqlikda teng emas. Bu, avvalo, she&#8217;rda ifoda etilgan mazmun va u taqozo etgan intonasiyaga qaraydi. Misralar ichida, ba&#8217;zi ruknlardan so&#8217;ng ritmik pauza bo&#8217;lmasligi ham mumkin. Bunday holat bir so&#8217;z ikki ruknga bo&#8217;linib ketganda uchraydi. Aruzda ritmni uyushtirishda turkum ham qatnashadi. Habibiyning &#171;Ko&#8217;klam&#187;, Erkin Vohidovning &#171;Lola&#187; g&#8217;azallaridagi har bir misra 14 bo&#8217;g&#8217;inli, lekin boshqaboshqa vaznda. Ularning vaznlari turlicha bo&#8217;lsada, ritmda yaqinlik seziladi. Bu ikki g&#8217;azal Unt-Urtlik turkumga qarashli. Bu turkumda yana boshqa vaznlar ham bor. Aruzda misrasi 4 bo&#8217;g&#8217;inligacha bo&#8217;lgan she&#8217;rlar mavjud. Abu Nuvos (762-815), Abu Tammom (796 -843), al-Maarriy va boshqalar. Arab tilida; Sa&#8217;diy, Hofiz, Dehdaviy, Jomiy va boshqalar fors tilida; Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Nodira, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqalar turkiyda Aruzdagi she&#8217;riyatning eng mukammal namunalarini yaratdilar. Aruz o&#8217;zbek she&#8217;riyatida 20-asrning 20-yillarigacha yetakchi bulgan, barmoq tizimi kam qo&#8217;llanilgan. Keyinchalik barmoq tizimi yetakchilik qilgan. Bu &#8212; uslub, shoirlarning qiziqishi, malakasi bilan bog&#8217;liq hodisa. Ad.: Alisher Navoiy, mezon ulavzon, T., 1949; Bobur, Muxtasar, T., 1971; To&#8217;ychiyev U., O&#8217;zbek poeziyasida aruz sistemasi, T., 1985. U. Tuychiyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ARUZ (Arabcha \u2014 arz qilmoq) \u2014 she&#8217;riy o&#8217;lchov, vazn. Yaqin va O&#8217;rta Sharq xalqlari she&#8217;r tizimi. Aruz nazariyasi turkiy xalqlarga, xususan o&#8217;zbek she&#8217;riyatiga arablardan o&#8217;tgan. Navoiyning &#171;Mezon ul-avzon&#187; asarida ko&#8217;rsatilishicha &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/aruz-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-10483","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10483","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10483"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10483\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":164729,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10483\/revisions\/164729"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10483"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10483"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10483"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}