{"id":104876,"date":"2023-09-08T14:17:02","date_gmt":"2023-09-08T11:17:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=104876"},"modified":"2023-09-08T14:17:09","modified_gmt":"2023-09-08T11:17:09","slug":"shahrixon-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shahrixon-tumani\/","title":{"rendered":"Shahrixon tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Shahrixon tumani &#8212; Andijon viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. G&#8217;arbdan bo&#8217;z, shimoldan Baliqchi, Oltinko&#8217;l, sharqdan Asaka, Jandan Farg&#8217;ona viloyatining Quva tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,33 ming km2. Aholisi 215,3 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Shahrixon), 12 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Abdubiy, Guliston, Nazarmahram, Naynova, Paxtaobod, Toshtepa, Cho&#8217;ja, yuqori Shahrixon, Yangiyo&#8217;l, O&#8217;zbekiston, O&#8217;rta Shahrixon, Haqiqat) bor. Markazi \u2014 Shahrixon shahri. Tabiati. Tuman hududi Shahrixonsoyning keng yoyilmasida, Quva-Andijon adirlari bilan Qoradaryo o&#8217;rtasidagi tekislikda joylashgan. O&#8217;rtacha balandligi 400-680 metr. Tekislikning ustki qismi to&#8217;rtlamchi davr allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan. Markaziy Farg&#8217;onaning ichki qismiga kirib boradi. Iqlimi kontinental; qishi yumshoq, yozi issiq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -2,5\u00b0 dan -3,2\u00b0 gacha, iyulniki 27\u00b0-29\u00b0, eng past temperatura -26\u00b0, eng yuqori temperatura 45\u00b0. Yiliga 300-350 mm yog&#8217;in tushadi. Vegetatsiya davri 212-216 kun. Tuproqlari bo&#8217;z, o&#8217;tloqi botqoq, o&#8217;tloqi bo&#8217;z, ba&#8217;zi joylarda qumoq sho&#8217;rxok tuproqlar. O&#8217;tloqi botqoq tuproqli joylarda yer osti suvi yuza (1-2 metr). Yovvoyi o&#8217;simliklardan ajriq, qamish, qiyoq, yantoq, oqbosh, ituzum, semizo&#8217;t, sho&#8217;ra, yalpiz, qirqbo&#8217;g&#8217;im va g&#8217;umay o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan faqat tulki, quyon uchraydi xolos; qushlardan olaqanot, chumchuq, qaldirg&#8217;och, bedana, qarg&#8217;a, laylak, hakka, zag&#8217;izg&#8217;on, musicha uchraydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar; shuningdek, rus, tatar, qirg&#8217;iz, tojik, uyg&#8217;ur, qozoq va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 652 kishi. Qishloq aholisi 154 ming kishi, shahar aholisi 61,3 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Tuman xo&#8217;jaligi, asosan, qishloq xo\u2019jaligiga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, ta&#8217;mirlash, to&#8217;qimachilik, tikuv-trikotaj korxonalari va boshqalar faoliyat ko&#8217;rsatadi. Qo&#8217;shma korxonalardan: O&#8217;zbekiston\u2014Koreya &#171;Kosmo Elektroniks KOLTD&#187;, O&#8217;zbekiston\u2014Xitoy &#171;rivojtyanjin&#187;, O&#8217;zbekiston\u2014Hindiston &#171;Rivoj-Norind&#187;, O&#8217;zbekiston-Germaniya &#171;Interteks&#187;, O&#8217;zbekiston\u2014Rossiya &#171;Anteks&#187; ishlab turibdi. Shahrixon tumanida 640 dan ortiq kichik korxona mavjud. Qishloq xo\u2019jaligining yetakchi tarmoqlari paxtachilik va g&#8217;allachilik. Pillachilik ham rivojlangan. 16 shirkat, 580 dan ziyod fermer, 2 o&#8217;quv-tajriba xo&#8217;jaligi, 15 ta xususiylashtirilgan chorvachilik fermasi bor. Tumanda 16 ming gektar ekin maydonining 8,5 ming gektariga paxta, 6,5 ming gektariga bug&#8217;doy ekiladi. Shuningdek, sabzavot, poliz, ozuqa ekinlari va boshqalar mavjud. Meva, uzum yetishtiriladi. Shahrixon tumani jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 45,8 ming qoramol, 121,5 ming parranda, 300 ga yaqin yilqi boqiladi. Transportning asosiy turi avtomobil transportidir. Tumanda mahalliy va respublika ahamiyatiga ega bo&#8217;lgan avtomobil yo&#8217;llari uzunligi 400 kilometrdan ortiq. Asakadan Shahrixongacha 15 kilometr uzunlikda temir yo\u2019l o&#8217;tkazilgan. Shahrixon tumanida 2004\/05 o&#8217;quv yilida 63 umumiy ta&#8217;lim maktabi va 4 litseyda 54,3 ming o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi (2004). 5 kasb-hunar kollejida 5 mingga yaqin talaba o&#8217;qiydi. Bolalar musiqa va sport maktablari bor. Markaziy kutubxona va uning 46 ta tarmog&#8217;i, muzey, madaniyat saroyi mavjud. 3 kasalxona (855 o&#8217;rin) va boshqalar tibbiy muassasalarda 310 vrach (har 10 ming aholiga o&#8217;rtacha 15 vrach) ishlaydi. Sanatoriy faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tumandan S. Abdurasulov &#171;O&#8217;zbekiston qahramoni&#187; (1996) unvonini olgan. 1982 yilda O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Samarqand arxeologiya ilmiy tekshirish institutining olimlari tomonidan mahalliy olimlar bilan hamkorlikda tumandagi Kamoltepa tepaligida arxeologik qazishma ishlari o&#8217;tkazildi. Natijada bu tepalik 1\u2014 4-asrlarda kulolchilik shaharchasi bo&#8217;lganligi aniqlandi. Tumanda hunarmandchilik (pichoqchilik, beshikchilik, do&#8217;ppido&#8217;zlik, misgarlik va boshqalar) qadimdan taraqqiy etgan. Shahrixon shahrida YUNESKO ro&#8217;yxatiga olingan Ponsod masjidi (1825) me&#8217;moriy yodgorligi saqlangan. Shahrixondan Andijon va boshqalar shahar va yirik aholi punktlariga avtobus qatnaydi. 1931 yildan &#171;yangi hayot&#187; tuman gazeta chiqariladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shahrixon tumani &#8212; Andijon viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. G&#8217;arbdan bo&#8217;z, shimoldan Baliqchi, Oltinko&#8217;l, sharqdan Asaka, Jandan Farg&#8217;ona viloyatining Quva tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,33 ming km2. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shahrixon-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-104876","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104876","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=104876"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104876\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":104892,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104876\/revisions\/104892"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=104876"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=104876"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=104876"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}