{"id":104879,"date":"2023-09-08T14:17:08","date_gmt":"2023-09-08T11:17:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=104879"},"modified":"2023-09-08T14:17:19","modified_gmt":"2023-09-08T11:17:19","slug":"sheva","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sheva\/","title":{"rendered":"Sheva"},"content":{"rendered":"\n<p>Sheva (forscha \u2014 harakat tarzi, tarz, usul) \u2014 tilning fonetik, grammatik va lug&#8217;aviy jihatdan o&#8217;ziga xos xususi- yatlarga ega bo&#8217;lgan eng kichik hududiy ko&#8217;rinishi \u2014 sezilarli lisoniy tafovutlari bo&#8217;lmagan bir yoki bir necha aholi maskani (odatda, qishloq)da yashovchilarning so&#8217;zlashuv vositasi sifatida qo&#8217;llanadi. Sheva \u2014 bu boshqa Sheva tizimlaridan fonetik, grammatik, so&#8217;z yasalishi va lug&#8217;aviy belgilariga ko&#8217;ra farqlanuvchi lisoniy tizim sifatida mavjud bo&#8217;ladi. Masalan, qipchoq lahjasining Mang&#8217;it yoki saroy shevasi, qarluq lahjasiga mansub Marg&#8217;ilon shevasi va boshqalar o&#8217;zbek tilining eng kichik hududiy ko&#8217;rinishlari hisoblanadi. Alohida Shevalar birikib, lahjasi tashkil etadi. Shevalar tizimining murakkablik darajasi, asosan, ekstralingvistik omillar: Shevaning alohidalanish (ajralib qolish) darajasi, muayyan Sheva vakillarining boshqa Shevalar va tillarning vakillari bilan aloqa qilish darajasi, adabiy tilning Shevaga ta&#8217;siri va shahrik.ga bog&#8217;liq. Alohida ajralib qolgan Shevalarda uning vakillari bilan atrofdagi aholi o&#8217;rtasida aloqalarning yo&#8217;qligi (Geografik yoki siyosiy sabablar, atrofdagi aholining til, madaniyat, diniy e&#8217;tiqod jihatdan ayni Sheva vakillaridan keskin farklanishi tufayli), sheva vakillarining an&#8217;anaviy turmush tarzini saqlab qolishga astoydil intilishi oqibatida Sheva juda sekinlik bilan o&#8217;zgaradi, katta va kichik yoshdagilarning tilidagi farq sezilarsiz darajada bo&#8217;ladi. Adabiy tilning yoki boshqa Shevaning kuchli ta&#8217;siri ostida bo&#8217;lgan Shevada aholining turli guruhlari nutqiga xos bo&#8217;lgan, bir-biriga qarama-qarshi qo&#8217;yilgan va turli darajada farqlanadigan an&#8217;anaviy (qadimgi) va yangi qatlamlar ajralib turadi. Milliy til tushunchasining hajmi va qo&#8217;llanish doirasi keng bo&#8217;lib, lahja va Shevalarni ham qamrab oladi. Shevalar adabiy til tushunchasiga kirmaydi, biroq ular tilning quyi shakli va tarmoqlari hisoblanib, adabiy tilni boyitish uchun xizmat kiladi. Adabiy til me&#8217;yorlarining takomillashuvi, fan va madaniyat taraqqiyoti, shahar bilan qishloq o&#8217;rtasidagi tafovutlarning kamayib borishi kabi ekstralingvistik omillar tufayli Shevalar ham asta-sekin o&#8217;z hususiyatlarini yo&#8217;qota boradi. Shevalar tilshunoslikning dialektologiya bo&#8217;limida o&#8217;rganiladi. O&#8217;zbek Shevalarini o&#8217;rganishga G&#8217;ozi Olim Yunusov, E.D. Polivanov, A.K. Borovkov, V.V. Reshetov, F. Abdullaev, Sh.Shoabdurahmonov, A. Ishaev, S. Otamirzayeva, O. Madrahimov va boshqalar katta hissa qo&#8217;shdilar. Ad.: Reshetov V.V., Sh. Aabdurahmonov Sh., O&#8217;zbek dialektologiyasi, T., 1978. Abduvahob Madvaliyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sheva (forscha \u2014 harakat tarzi, tarz, usul) \u2014 tilning fonetik, grammatik va lug&#8217;aviy jihatdan o&#8217;ziga xos xususi- yatlarga ega bo&#8217;lgan eng kichik hududiy ko&#8217;rinishi \u2014 sezilarli lisoniy tafovutlari bo&#8217;lmagan bir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sheva\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-104879","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104879","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=104879"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104879\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":104895,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104879\/revisions\/104895"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=104879"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=104879"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=104879"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}