{"id":10502,"date":"2021-11-14T11:15:27","date_gmt":"2021-11-14T08:15:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=10502"},"modified":"2025-11-03T13:25:51","modified_gmt":"2025-11-03T10:25:51","slug":"arxar-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/arxar-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ARXAR haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ARXAR, alqor, tog&#8217; qo&#8217;yi (Ovis)\u2014 juft tuyoqlilar turkumiga mansub yovvoyi qo&#8217;ylarning umumiy nomi. Ba&#8217;zan muflon, arkal, arqor, urial deb ham ataladi. Arxar O&#8217;rta dengiz orollari, Old, O&#8217;rta, Markaziy va shimoliy-Sharqiy Osiyoning tog&#8217;liq hududlarida tarqalgan. U tog&#8217;yon bag&#8217;irlari va qoyalar orasidagi birmuncha tekis va ochiq joylarda yashaydi. Erkaklari urg&#8217;ochilariga nisbatan yirik (tanasi uzunligi 110\u2014 120 santimetr, bo&#8217;yi 65 \u2014 125 santimetr, vazni 230 kilogrammgacha), shoxi spiralsimon yoki halqasimon buralgan, uzun (70 \u2014 190 santimetr), urg&#8217;ochilarining shoxi ingichka yoki butunlay bo&#8217;lmaydi. Uchta turi: Tyanshan qo&#8217;yi (o. ammon karelini), Yevropa qo&#8217;yi (O. musimon), Osiyo qo&#8217;yi (o. orientalis) va 10 ga yaqin kenja turi ma&#8217;lum. O&#8217;rta Osiyo, shu jumladan O&#8217;zbekistonda Tyanshan qo&#8217;yi va Osiyo qo&#8217;yi uchraydi. Tyanshan qo&#8217;yi yaqin vaqtlargacha Tyanshanning Farg&#8217;ona tog&#8217;larigacha bo&#8217;lgan qismida, shu jumladan Ugom, Pskom, Chatqol, Talas va qirg&#8217;iz tog&#8217;larida keng tarqalgan edi. Hozir asosan Chatqol qo&#8217;riqxonasida saqlanib qolgan, daryolarning yuqori oqimida 2000 \u2014 3000 metr balandlikda uchraydi, tik qoyalar yaqinidagi relefi notekis bo&#8217;lgan joylarni yaxshi ko&#8217;radi. Bahorga yaqin tog&#8217;ning pastroq qismiga ekin ekilgan dalalarga tushib o&#8217;tlashi mumkin. Qo&#8217;chqorining shoxlari spiralsimon buralgan (uzunligi 120 santimetrgacha), vazni 60 \u2014 106 kilogramm (ba&#8217;zan 200 kilogrammgacha), uzunligi 170 \u2014 190 santimetr; urg&#8217;ochisining shoxlari ingichka va kalta, vazni 50 \u2014 54 kilogramm, uzunligi 160 \u2014 170 santimetr. Osiyo qo&#8217;yi Tyanshan, Pomir, Himolay tog&#8217;larining O&#8217;zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg&#8217;iziston, Qozog&#8217;iston, Afg&#8217;oniston va Pokiston hududlarida tarqalgan. O&#8217;zbekistonda bu to&#8217;rning Qizilqum qo&#8217;yi, Seversov qo&#8217;yi (O. orientalis severtzovi) Markaziy va G&#8217;arbiy Qizilqumning Amudaryo va Sirdaryo oralig&#8217;idagi past tog&#8217;larida hamda Pomir-olayning Nurota, Oqtov, Molguzar tog&#8217;larida saqlanib qolgan. Qo&#8217;chqorining uzunligi130 santimetr, bo&#8217;yi 80 santimetr, vazni 70 -125 kilogramm, erkagining shoxi halqa shaklida buralgan (uzunligi 98 \u2014 107 santimetr), urg&#8217;ochisiniki ingichka, kalta, qilichsimon egilgan. Bo&#8217;ynining ostki tomonidagi yoli Tyanshan qo&#8217;yinikiga nisbatan birmuncha kalta va ensiz. O&#8217;zbekiston hududida bu kenja tur Qizilqumning hamma past tog&#8217;larida tarqalgan edi. Chorva mollarining ko&#8217;payishi va ovlanish natijasida uning areali keskin qisqarib, hozir Nurotaning g&#8217;arbiy qismida va Markaziy Qizilqumda saqlanib qolgan. Qizilqum qo&#8217;yini muhofaza qilish uchun Nurota tog&#8217;larining Markaziy qismida 1972 yil qo&#8217;riqxona tashkil etilgan. Hozir qo&#8217;ylarning umumiy soni 1000 taga yetdi. Buxoro qo&#8217;yi, tojik qo&#8217;yi (o. orientalis bocharensis) O&#8217;zbekistonning Turkmaniston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida, qo&#8217;shni Afg&#8217;oniston va Pokistonda tarqalgan. Qo&#8217;chqori bo&#8217;ynining ostki qismida qalin va uzun yoli bo&#8217;ladi, shoxlari yirik, halqa shaklida buralgan (uzunligi 72 santimetrgacha), urg&#8217;ochisi kichikroq, shoxlari kalta va bir oz qayrilgan. Buxoro qo&#8217;yining vazni Qizilqum qo&#8217;yidan kamroq bo&#8217;ladi. O&#8217;zbekistonda Buxoro qo&#8217;yining ikkita: Bobotog&#8217; va Boysun-Ko&#8217;hitang populyatsiyalari mavjud. Qo&#8217;ylar 300 \u2014 400 metrdan 2200, ba&#8217;zan 3000 metrgacha balandlikda archa o&#8217;sadigan ochiq tog&#8217;yon bag&#8217;irlarida yashaydi. Buxoro qo&#8217;yini muhofaza qilish uchun Surxon qo&#8217;riqxonasi tashkil etilgan. Ustyurt qo&#8217;yi, arkal (o. orientalis arcal) Manqishloq yarim oroli, Kaspiy dengizining jarlik sohillari, Qorabo&#8217;g&#8217;oz ko&#8217;l, Qoraqumning past tog&#8217;lari va o&#8217;ngirliklari hamda Orol dengizining g&#8217;arbiy qismida tarqalgan. O&#8217;zbekistonda Qoraqalpog&#8217;iston hududining Ustyurt qismida uchraydi. Ko&#8217;chqorining vazni 58 \u2014 79 kilogramm, tanasining uzunligi 121 &#8212; 147 santimetr, bo&#8217;yi 77 &#8212; 98 santimetr; shoxlarining uzunligi 92 santimetrgacha, boshining ikki yonida chala o&#8217;rama hosil qiladi. Urg&#8217;ochisi erkagiga nisbatan kichikroq, vazni 36 \u2014 56 kilogramm, shoxlari ingichka va nisbatan kalta (uzunligi 25 \u2014 30 santimetr). Erkagining bo&#8217;yni ostida qalin yoli bo&#8217;ladi, tumshug&#8217;i ostida qalin yungi (soqoli) bo&#8217;lishi bilan boshqa kenja turlardan farq qiladi. Ustyurt qo&#8217;yi cho&#8217;l sharoitiga moslashgan, Qoraqum tog&#8217;larining odam va yirtqich hayvonlar o&#8217;tolmaydigan tik qiyaliklari va jarliklari ustida yashaydi. Yozda kechasi o&#8217;tlaydi, sho&#8217;rlangan buloq suvi bilan qanoatlanadi, qishda va bahorda ko&#8217;pincha kunduzi o&#8217;tlab, ko&#8217;lmak bo&#8217;lib qolgan yomg&#8217;ir suvidan ichadi. Manqishloq va Ustyurtning o&#8217;zlashtirilishi, brakonerlik tufayli Ustyurt qo&#8217;yining soni keskin kamayib ketgan, hozir bir necha yuz qo&#8217;y Qoraqalpog&#8217;iston hududida saqlanib qolgan. Ustyurt qo&#8217;yini ovlash man qilingan. Arxarlar poda bo&#8217;lib yashaydi. Bo&#8217;g&#8217;ozlik davri 5 oyga yaqin. May \u2014 iyunda bitta, ba&#8217;zan ikkita bola tug&#8217;adi. Qo&#8217;zisi 2,5 \u2014 3 yoshda voyaga yetadi. Arxar xonaki qo&#8217;ylarning avlod boshi hisoblanadi. Arxarni merinos qo&#8217;ylari bilan duragaylab mayin junli Qozog&#8217;iston arxar merinosi chiqarilgan. O&#8217;zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Ad.: Bogdanov O. P., Redkie jivotnie Uzbekistana, T., 1990. Ochil Mavlonov, Muboshir Musayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ARXAR, alqor, tog&#8217; qo&#8217;yi (Ovis)\u2014 juft tuyoqlilar turkumiga mansub yovvoyi qo&#8217;ylarning umumiy nomi. Ba&#8217;zan muflon, arkal, arqor, urial deb ham ataladi. Arxar O&#8217;rta dengiz orollari, Old, O&#8217;rta, Markaziy va shimoliy-Sharqiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/arxar-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-10502","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10502","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10502"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10502\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":164716,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10502\/revisions\/164716"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10502"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10502"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10502"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}