{"id":105051,"date":"2023-09-08T19:51:49","date_gmt":"2023-09-08T16:51:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=105051"},"modified":"2023-09-08T19:51:53","modified_gmt":"2023-09-08T16:51:53","slug":"sox-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sox-tumani\/","title":{"rendered":"So&#8217;x tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>So&#8217;x tumani \u2014 Farg&#8217;ona viloyatidagi tuman. 1942 yil iyulda tashkil etilgan. 1959 yil 7 martda Rishton tumaniga qo&#8217;shib yuborildi. 1990 yil 27 Fevralda qaytadan tuzilgan. Qirg&#8217;iziston bilan chegaradosh. Maydoni 0,22 ming km2. Aholisi 51569 kishi (2003). Tumanda 4 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Oxunboboev, Ravon, So&#8217;x, xushyor) bor. Markazi \u2014 Ravon qishlog&#8217;i. Tabiati. Tuman hududi Farg&#8217;ona viloyati Janubda, So&#8217;x daryosi vodiysida joylashgan. Foydali qazilmalardan neft, gaz, shag&#8217;al bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014 6,7\u00b0, eng past temperatura -27\u00b0, iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 23,6\u00b0, eng yuqori temperatura 42\u00b0. Yillik yog&#8217;in 180 mm. Tuproqlari bo&#8217;z tuproq va o&#8217;tloqi tuproqlardan iborat. Yovvoyi hayvonlardan tulki, parrandalardan kaklik, bedana, zog&#8217;cha, qarg&#8217;a, to&#8217;rg&#8217;ay, sassiqpopishak, qaldirg&#8217;och; kemiruvchilardan kalamush va boshqalar uchraydi. Suvlarda har xil baliqlar bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbek va tojiklar, shuningdek, qirg&#8217;iz, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2ga 255 kishi. Ag&#8217;olining barchasi qishloqda yashaydi. Xo&#8217;jaligi. Tuman asosan qishloq xo&#8217;jaligiga ixtisoslashgan. Kichikroq korxonalar jumladan, 50 xususiy korxona hamda shirkat, dehqonfermer xo&#8217;jaliklari faoliyat kursatadi. Qishloq xo\u2019jaligida foydalaniladigan yerlarga don, sabzavot, urug&#8217;lik kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Bog&#8217;dorchilik rivojlangan. Tuman jamoa va xususiy xo&#8217;jaliklarida qoramol, qo&#8217;y va echki, parranda boqiladi. Tumanda 27 umumiy ta&#8217;lim maktabi, 1 kasb-hunar kolleji, 3 litsey, dehqon bozori, madaniyat saroyi, Markaziy stadion, Markaziy kasalxona bor. Tuman hududida dam olish va xushmanzara joylar mavjud. Tuman markazida So&#8217;x tumani telestudiyasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. So&#8217;x tumani O&#8217;zbekistonning qadimgi tarixiy maskanlaridan hisoblanadi. Sux havzasida joylashgan Selungur g&#8217;orilan paleolit davriga mansub ashyolar topilgan. So&#8217;x tumani Sux\u2014Haydarkon qadimgi konchilik hududini ham tashkil qiladi. 11-asrdan Buyuk ipak yulining Janub tarmog&#8217;i So&#8217;x tumanidan o\u2019tgan 1890 yillarda So\u2019x qishlog&#8217;i hududidan ilon shakli burttirib tushirilgan tosh tumor topilgan. Uning ustki qismida ravoqsimon ushlagich bor, quyi qismi to&#8217;rtburchakli quti shaklida. Arxeologlarning aniqlashicha, bu tumor miloddan avvakgi 3-ming yillik oxiri \u2014 2-ming yillik boshlariga mansub. Shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur Hindiston sari yurishidan avval bir yil Suxda turganligi to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumotlar bor. So&#8217;x tumanida &#171;Sadoi Sux&#187; gazetasi chiqariladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>So&#8217;x tumani \u2014 Farg&#8217;ona viloyatidagi tuman. 1942 yil iyulda tashkil etilgan. 1959 yil 7 martda Rishton tumaniga qo&#8217;shib yuborildi. 1990 yil 27 Fevralda qaytadan tuzilgan. Qirg&#8217;iziston bilan chegaradosh. Maydoni 0,22 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sox-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-105051","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105051","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=105051"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105051\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":105052,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105051\/revisions\/105052"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=105051"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=105051"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=105051"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}