{"id":105301,"date":"2023-09-09T13:02:30","date_gmt":"2023-09-09T10:02:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=105301"},"modified":"2023-09-09T13:02:33","modified_gmt":"2023-09-09T10:02:33","slug":"shved-tili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shved-tili\/","title":{"rendered":"Shved tili"},"content":{"rendered":"\n<p>Shved tili \u2014 german tillarining shimoliy (Skandinaviya) guruhchasiga mansub til; Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya, Daniyada, shuningdek, AQSh va Kanadada tarqalgan. Shvetsiya Qirolligining rasmiy tili, Finlyandiya Respublikasining 2-rasmiy tili. So&#8217;zlashuvchilarning umumiy soni 10 millionga yaqin (Shvetsiyaning o&#8217;zida 8,6 milliondan ortiq) kishi (o&#8217;tgan asrning 90-yillari). Shved tilining 6 ta lahja guruhi bor: svey (Shvesiyaning Markaziy hududi \u2014 Melaren ko&#8217;li atrofi), yot (Janubiy g&#8217;arbiy hududlar), Norland (shimol hudud), Sharqiy shved (Botnik qo&#8217;ltig&#8217;i qirg&#8217;oqlari), gutni (Gotland oroli), Janubiy shved (Skone viloyatidagi dan tiliga yaqin). 1645 yilda Norvegiyaning Xaredalan va Emtland viloyatlari Shvetsiyaga qo&#8217;shib olingach, u yerlarda aralash shved-norveg shevalari shakllangan. Shved tili fonetikasi cho&#8217;ziq va qisqa tovushlar (unlilar va undoshlar)ning, musiqiy urg&#8217;uning mavjudligi bilan ajralib turadi. Grammatik xususiyatlari: otlarda umumiy va o&#8217;rta jins (rod), birlik va ko&#8217;plik son, 2 ta kelishik (umumiy va qaratqich), aniqlik va noaniqlik shakllari va boshqalar mavjud; fe&#8217;llar 4 xil tuslanishga ega; mayl, zamon, nisbat kategoriyalari bo&#8217;iicha o&#8217;zgaradi. So&#8217;zlar gapda qat&#8217;iy tartibda joylashadi. Tarixiy rivojlanishida 2 davr: qadimiy Shved tili (9-asrdan 1525 yilgacha \u2014 Shvetsiya mustaqillikka erishguncha) va yangi Shved tili (1525 yildan) davrlari farqlanadi. Eng qadimiy yozma yodgorliklari 9-12-asrlarga mansub, runik yozuvda bitilgan yodgorliklardir. Lotin grafikasidagi qadimiy qo&#8217;lyozmalar 13-asrga mansub. Shved tilidagi dastlabki bosma asar 1425 yilda nashr etilgan. Qadimiy shved yozma tili 14-15-asrlarda yot lahjasi asosida shakllangan; hozirgi adabiy til esa 16-17-asrlarda svey shevalari (asosan, Stokgolm shevasi) negizida shakllana boshlagan. Yozuvi lotin grafikasi asosida unga 3 ta harf (A, A, o) qo&#8217;shgan holda yaratilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shved tili \u2014 german tillarining shimoliy (Skandinaviya) guruhchasiga mansub til; Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya, Daniyada, shuningdek, AQSh va Kanadada tarqalgan. Shvetsiya Qirolligining rasmiy tili, Finlyandiya Respublikasining 2-rasmiy tili. So&#8217;zlashuvchilarning umumiy soni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shved-tili\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-105301","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105301","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=105301"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105301\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":105306,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105301\/revisions\/105306"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=105301"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=105301"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=105301"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}