{"id":105511,"date":"2023-09-10T15:13:50","date_gmt":"2023-09-10T12:13:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=105511"},"modified":"2023-09-10T15:13:53","modified_gmt":"2023-09-10T12:13:53","slug":"rus-turk-urushlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rus-turk-urushlari\/","title":{"rendered":"Rus-turk urushlari"},"content":{"rendered":"\n<p>Rus-turk urushlari (18-19-asrlar) \u2014 Rossiya bilan Turkiya o&#8217;rtasida qora dengiz va uning atrofidagi hududlarga egalik qilish uchun olib borilgan urushlar: 1) 1735 \u2014 39 yillardagi urush. Qora dengizga chiqish va qrimtatarlarning talonchilik yurishlariga chek qo&#8217;yish uchun Rossiya (Avstriya bilan ittifoqlikda) tomonidan olib borilgan. Rus qo&#8217;shinlari Azov, Ochakov, xotin, Yassini, 2 marta Qrimni egallagan. Belgrad sulh shartnomasi (1739)ga ko&#8217;ra, Rossiya Azovni o&#8217;ziga qaytarib olgan; 2) 1768 \u2014 74 yillardagi urush. Rossiya o&#8217;z qo&#8217;shinlarini Polshadan olib chiqib ketishni rad etgandan keyin Turkiya tomonidan boshlangan. Ruslar tomonidan Larga va Kagulda turk qo&#8217;shinlari va Chesma jangida turk floti tormor etilgan, Qrim egallangan. Kuchuk\u2014Qaynarja sulh shartnomasiga ko&#8217;ra, Rossiya Janubiy Ukrainaning Janubiy Bug daryosigacha bo&#8217;lgan hududini va qora dengizga erkin chiqish huquqini olgan; 3) 1787 \u2014 91 yillardagi urush. Turkiya tomonidan Qrim va boshqa hududlarni qaytarib olish maqsadida boshlangan. A.V.Suvorov qumondonligidagi rus qushinlari Kinburn, Fokshana, Rimnik, Izmailda, F.F.Ushakov qo&#8217;mondonligidagi rus floti Kaliakriyada g&#8217;alaba qozongan. Yassi sulhi (1791)ga ko\u2019ra, Qrimning Rossiyaga qo&#8217;shilishi tasdiqlangan va rus-turk chegarasi Dnestr daryosidan deb belgilangan; 4) 1806-12 yillardagi urush. Shimoliy Qora dengiz buyi va Kavkazdagi sobiq mulklarni qaytarib olish va Bolqonda Rossiya ta&#8217;sirining yoyilishi munosabati bilan Turkiya tomonidan boshlangan. Rus qo&#8217;shinlarining g&#8217;alabalari va M.M.Kutuzovnyat diplomatik san&#8217;ati Buxarest tinchlik shartnomasi (1812)ni imzolanishiga olib kelgan. Unga ko&#8217;ra, Bessarabiyaning Rossiyaga qo&#8217;shilganligi tasdiqlangan; 5) 1828-29 yillardagi urush. Gretsiya milliy ozodlik inqilobi (1821-29) tufayli Usmonli turk imperiyasida vujudga kelgan siyosiy inqiroz natijasida kelib chiqqan. Rus qo&#8217;shinlari Zakavkazeda Kare va Arzirumni egallagan, Bolgariyada turk qo&#8217;shinlarini tor-mor etib, Konstantinopolga yaqinlashib kelgan. Adrianopol sulh shartnomasi (1829)ga ko&#8217;ra, Kavkazning qora dengiz sohillari (Batumidan tashqari), Axaltsix rayoni Rossiyaga o&#8217;tgan. Gresiya mustaqillikka erishgan. Moldova, Valaxiya va Serbiyaga muxtoriyat huquqi berilgan. 6) 1877-78 yillardagi urush. Bolqonda milliy ozodlik harakatining kuchayishi va xalqaro munosabatlarning keskinlashuvi natijasida boshlangan. Asosiy voqealari: Shipkadagi jang, rus qo&#8217;shinlari tomonidan Plevna va Kare (Zakavkaze)ning qamal qilinishi va egallanishi, 1878 yil qishida rus armiyasining Bolqon tog&#8217;lari orqali o\u2019tib, Shipkasheynovoda, Filippopolda g&#8217;alaba qozonishi, Adrianopolning egallanishi. Sanstefano sulxi (1878) bilan urush tugagan. Sulh qarorlari Berlin kongressi (1878)da qayta ko\u2019rib chiqilgan. Unga ko&#8217;ra, Ruminiya, Serbiya va Chernogoriya mustaqillikka erishgan. Bolgariya turk mustamlakasidan ozod bo&#8217;lgan. Janubiy Ukraina, Bessarabiya, Qrim, Shimoliy G&#8217;arbiy Kavkaz, Kavkazning qora dengiz bo&#8217;ylari, Janubiy G&#8217;arbiy Gruziya va Turkiya Armanistonning shimoliy qismi Rossiyaga qo&#8217;shib olingan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rus-turk urushlari (18-19-asrlar) \u2014 Rossiya bilan Turkiya o&#8217;rtasida qora dengiz va uning atrofidagi hududlarga egalik qilish uchun olib borilgan urushlar: 1) 1735 \u2014 39 yillardagi urush. Qora dengizga chiqish va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rus-turk-urushlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-105511","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105511","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=105511"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105511\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":105521,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105511\/revisions\/105521"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=105511"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=105511"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=105511"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}