{"id":105556,"date":"2023-09-10T18:35:15","date_gmt":"2023-09-10T15:35:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=105556"},"modified":"2023-09-10T18:35:20","modified_gmt":"2023-09-10T15:35:20","slug":"rus-tili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rus-tili\/","title":{"rendered":"Rus tili"},"content":{"rendered":"\n<p>Rus tili \u2014 rus xalqi tili, jahonda keng tarqalgan tillardan. Avval SSSRda, so&#8217;ng Rossiya Federatsiyasi va MDH da millatlararo va davlatlararo aloqa vositasi. Rus tili Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi 6 rasmiy tildan biri sanaladi. Ukrain va Belorus tillari bilan birgalikda hind-yevropa tillari oilasiga kiruvchi slavyan tillarining Sharqiy guruhini tashkil etadi. O&#8217;tgan asrning 80-yillaridagi ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, Rus tilida so&#8217;zlashuvchilarning umumiy soni 250 million kishidan, jumladan, hozirgi Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlarida 185 million kishidan iborat. Bundan tashqari, mazkur hududlardagi 60 milliondan ortiq kishi Rus tilida erkin so&#8217;zlasha oladi. Rus tili juda uzoq va murakkab rivojlanish tarixiga ega. Eng qadimgi rus adabiy tili Kiyev Rusida shakllangan bo&#8217;lib, u 14-asrgacha Sharqiy slavyanlar uchun umumiy til hisoblangan. 14-15-asrlarda qadimgi Rus tili 3 tilga \u2014 velikorus (rus), ukrain va Belorus tillariga bo&#8217;linib ketadi. Shu davrdan boshlab Rus tili boshqacha aytganda, velikorus tili markazi Moskva bo&#8217;lgan Rus davlati hududida rivojlana boshlaydi. Rus tili lahja va shevalari 2 ga: shimol velikorus (&#171;o&#187; lovchi) va Janubiy velikorus (&#171;a&#187; lovchi) guruhlariga bo&#8217;linadi; o&#8217;rta rus shevalari mazkur har ikkala guruh xususiyatlarini o&#8217;zida aks ettiradi. 16\u2014 17-asrlarda shimol va Janubiy lahjalar chegarasida bo&#8217;lgan Moskvada o&#8217;ziga xos koine (umumiy laxja) shakllanib, u namunali tilga aylanadi. Qadimgi Rus tili xususiyatlarini saqlab qolgan adabiy til bilan so&#8217;zlashuv tili o&#8217;rtasida sezilarli tafovutlar paydo bo&#8217;lib, 17-asrdan boshlab rus millati va rus milliy tili shakllana boshlaydi. 17-asr oxiri \u201418-asr boshidagi adabiy til boy va ifodali, ko&#8217;plab g&#8217;arbiy yevropa o&#8217;zlashmalariga ega esada, barqaror bo&#8217;lmagan. Uni tartibga solish va barqarorlashtirishda M. V. Lomonosovning xizmatlari katta bo&#8217;lgan. 19-asr boshlarida adabiy tilning xalqchilligi bosh muammo hisoblanib, bu muammoning yechimida I. A. Krilov, A.S. Griboedov, ayniqsa, A. S. Pushkin ijodi alohida o&#8217;rin tutadi. Ayni Pushkin ijodida umummilliy rus adabiy tilining shakllanishi yakun topadi. Pushkinning buyuk xizmati shundaki, uning ijodida adabiy Rus tilining umummilliy me&#8217;yorlari ishlab chiqilgan va mustahkamlangan hamda bu me&#8217;yorlar Pushkinning zamondoshlari va undan keyingi avlod tomonidan qabul qilingan. Adabiy tilning boyishiga 19-20-asrlardagi rus adabiyotining mumtoz vakillari ulkan hissa qo&#8217;shdilar; 19 asrning 2-yarmidan boshlab uning rivojlanishiga yozuvchilar bilan bir qatorda jamoat arboblari, fan va madaniyat namoyandalari ham katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatib kelmokdalar. Oktabr to&#8217;ntarishidan so&#8217;ng o&#8217;zgacha ijtimoiy tuzum hamda fan va texnikaning rivojlanishi tufayli Rus tilida, ayniqsa, uning leksikasida sezilarli o&#8217;zgarishlar paydo bo&#8217;ldi, adabiy tilning umumiy demokratlashuvi kuchaydi. Rus tili flektivsintetik tillardan bo&#8217;lib, unda 3 ta grammatik jins kategoriyasi, otlarning 3 xil turlanishi, fe&#8217;llarning 2 xil tuslanishi mavjud; ko&#8217;makchilar predlog ko&#8217;rinishida, ya&#8217;ni o&#8217;zi bog&#8217;lanadigan so&#8217;zlar oldidan joylashadi. Hozirgi rus alifbosi Kirill yozuvi (kirillitsa)ga asoslangan. Unda bitilgan eng qadimgi yodgorliklar 11-asrga taalluqlidir. 20-asr o&#8217;rtalaridan boshlab butun jahonda Rus tilini o&#8217;rganish keng tarqaladi. Rus tili dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatda o&#8217;qitiladi. 1967 yilda rus tili va adabiyoti o&#8217;qituvchilarining xalqaro assotsiatsiyasi, 1973 yilda A. S. Pushkin nomidagi rus tili instituti tashkil etilgan. Sho&#8217;ro davrida O&#8217;zbekistonda va MDHning bir qancha mamlakatlarida Rus tilini o&#8217;qitisho&#8217;rgatishga alohida e&#8217;tibor berilgan, hatto bu jarayon majburiy asosda olib borilgan. Hozirgi paytda ham respublikamizda Rus tilini o&#8217;rgatish, avvalgiday majburiy bo&#8217;lmasada, o&#8217;z ahamiyatini yo&#8217;qotmagan. Ad.: Vinogradov V. V., Russkiy yazik. Grammaticheskoe uchenie o yazike, 2 izd., M., 1972; Russkaya grammatika, t., 1-2, M., 1980. Abduvahob Madvaliyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rus tili \u2014 rus xalqi tili, jahonda keng tarqalgan tillardan. Avval SSSRda, so&#8217;ng Rossiya Federatsiyasi va MDH da millatlararo va davlatlararo aloqa vositasi. Rus tili Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi 6 rasmiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rus-tili\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-105556","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105556","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=105556"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105556\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":105562,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105556\/revisions\/105562"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=105556"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=105556"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=105556"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}