{"id":105589,"date":"2023-09-10T19:41:04","date_gmt":"2023-09-10T16:41:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=105589"},"modified":"2023-09-10T19:41:09","modified_gmt":"2023-09-10T16:41:09","slug":"rumiy-jaloliddin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rumiy-jaloliddin\/","title":{"rendered":"Rumiy Jaloliddin"},"content":{"rendered":"\n<p>Rumiy Jaloliddin (1207, Balx \u2014 1273, Ko&#8217;nya) \u2014 shoir va mutafakkir. Tasavvufdagi mavlaviya tariqatining asoschisi. Arab, fors va turkiy tillarida ijod qilgan. Otasi Bahouddin Valad Sufiylar va fiqh donishmandi bo&#8217;lgan. Shu bois ham Sulton Muhammad Xorazmshoh (1199-1220) saroyga taklif etgan. Pekin Valad uning taklifini rad etib, maktabdorlik hamda ilmiyijodiy ish bilan mashg&#8217;ul bo&#8217;lgan. Xorazmshoh bilan kelisholmagan Valad haj safari bahonasida oilasi bilan Balx shahrini tark etgan. Rumiy Makka yo&#8217;lida Farididdin Attor bilan uchrashgan. 1220 yil Rum sultoni Alouddin Kayqubod I ning da&#8217;vati bilan Ko&#8217;nya (Kichik Osiyo) ga kelgan. Rumiy Halab, Damashq va Bag&#8217;dod madrasalarida o&#8217;qigan, mudarrislik qilgan. Rumiy shaxsiyati kamolotida shoir va Shayx Shamsi Tabriziyning o&#8217;rni katta. U 3 yil Rumiyga dars beradi: falsafa, xususan, sufiylik ta&#8217;limotini o&#8217;rgatadi. Shoirning o&#8217;zi ham bir baytida &#171;Agar Attor menga ruh baxsh etgan bo&#8217;lsa, Shamsi Tabriziy tilsim kalitini tutqazdi&#187;, degan. 1244 yil Rumiy ustozini nihoyatda hurmat qilgani uchun o&#8217;z g&#8217;azallarida &#171;Shamsi Tabriziy&#187;, &#171;Shamsi&#187; taxalluslarini qo&#8217;llay boshlagan. Shoir g&#8217;azallarining &#171;Shamsi Tabriziy devoni&#187; nomi bilan shuhrat qozonishining boisi ham shunda [42 ming baytli &#171;Devoni Kabir&#187; (&#171;ulug&#8217; devon&#187;)ning ikkinchi nomi &#171;Devoni Shamsi Tabriziy&#187;]. Rumiy ijodi Usmonli turk adabiyotining sarchashmasi hisoblanadi. Rumiydan she&#8217;rlar devoni, &#171;Makotib&#187;, &#171;Ichindagi ichindadir&#187; (&#171;Fihi mo fihi&#187;) hamda &#171;Masnaviyi ma&#8217;naviy&#187; kitoblari meros bo&#8217;lib qolgan. &#171;Ichindagi ichindadir&#187; nasriy asar bo&#8217;lib, olimning turli majlis va suhbatlardagi falsafiy nutqlarining majmuasidir. &#171;Makotib&#187; esa, muallifning zamondoshlari va ustozlari bilan bo&#8217;lgan turli yozishmalari \u2014 maktublaridan iborat. Har 2 asarda muallifning ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-ta&#8217;limiy mushohadalari, tasavvufga doir nazariy qarashlari o&#8217;z ifodasini topgan. Shoir devoni turli janrlardan iborat 25 ming baytdan ziyod she&#8217;rlarni o&#8217;z ichiga olgan. Rumiy she&#8217;riyati, asosan, ilohiy ishq bilan bog&#8217;langan. U o&#8217;zining barcha asarlarida yeru ko&#8217;kning sohibi bo&#8217;lmish Alloh va uning zamindagi xalifasi Hazrati insonni ulug&#8217;laydi. Rumiyning mashhur asari &#171;Masnaviyi ma&#8217;naviy&#187;dir. Asarda Qur&#8217;oni Karim va hadisi sharif ma&#8217;nolarini o&#8217;ziga singdirgan, inson hayoti bilan bog&#8217;liq barcha masalalar badiiy yo&#8217;sinda bayon etilgan. 6 jild (daftar)dan iborat asarning dastlabki qismlarini adibning shogirdi Hisomiddin Chalabiy ustozi og&#8217;zidan yozib olib, taxlildan o&#8217;tkazgan. Chalabiy vafotidan so&#8217;ng muallif asarning davomini 10 yilda yozib tugatadi. Qur&#8217;oni Karim oyatlarining 70 foizi mohiyatini o&#8217;zida mujassamlashtirgan, 270 dan ziyod hikoyalarni, yuzlab pandu hikmatlarni o&#8217;z ichiga olgan bu kitob o&#8217;z vaqtida va keyinchalik ham yozuvchi nomining dunyoga keng tarqalishiga sabab bo&#8217;lgan. Chunki Rumiy masnaviyda o&#8217;zigacha bo&#8217;lgan Sharqu G&#8217;arb donishmandlarining falsafiy qarashlarini, Islomiy farzlarni sodda bir uslubda, she&#8217;riy yo&#8217;l bilan badiiy ifodalagan. Agar Rumiy &#171;Har ertalab bemorlar shifo tilab Iso alayhissalom eshigiga borishgani&#187;, &#171;Lochinning o&#8217;rdaklarni sahroga chiqargani&#187;, &#171;Zarvon ahli qissasi&#187;, &#171;Majnun Layli ko&#8217;yida yurgan itni o&#8217;pib, erkalagani&#187;, &#171;bo&#8217;yoqchining xumiga tushgan shaqalning tovuslik da&#8217;vo etgani&#187;, &#171;xorut va Morut qissasi&#187; singari qissa va hikoyalarida payg&#8217;ambarlar hayotidan turli mo&#187;jizalar keltirib, Islomiy-tasavvufiy g&#8217;oyalarni targ&#8217;ib etgan bo&#8217;lsa, boshqa turkum hikoyalarida bevosita insonning kundalik turmushi, ilm-ma&#8217;rifat kasb etishi, hunar o&#8217;rganish yo&#8217;lidagi riyozatlarini badiiy tasvirlab, chuqur falsafiy xulosa chiqarishga undagan. Rumiy ijodi yuksak badiiyati b-ngina emas, balki mantiq kuchi, falsafiy fikrlarga boyligi bilan ham katta ta&#8217;sir kuchiga ega. Uning tabiat va jamiyat hodisalarining doimiy o&#8217;sish, o&#8217;zgarishda ekani, eskining yo&#8217;qolib, yangining paydo bo&#8217;lishi \u2014 &#171;dunyoning ziddiyatlar birligidagi ziddiyatlar jangi&#187;dan iboratligi to&#8217;g&#8217;risidagi qarashlari, nemis faylasufi Gegelning e&#8217;tiroficha, uning dialektik metodni yaratishiga yordam bergan. Rumiy asarlari ko&#8217;pchilik forsigo&#8217;y va turkigo&#8217;y shoirlar ijodiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan, masnaviyxonlik xalqimiz o&#8217;rtasida keng tarqalgan. O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Rumiyning &#171;Masnaviyi ma&#8217;naviy&#187; asari saqlanadi. Istikdol yillarida Rumiy hayoti va ijodiga qiziqish yanada kuchaydi. Sh. Shomuhamedov, A. Mahkam va b. shoirning turli janrdagi she&#8217;rlaridan namunalarni o&#8217;zbek tiliga tarjima qilishdi. Shoir Jamol Kamol &#171;Masnaviyi ma&#8217;naviy&#187; tarjimasini nihoyasiga yetkazdi, 6 kitobdan iborat bu yirik asarning 4 jildi bosilib chiqdi (2002, 2003). &#171;Ichindagi ichindadir&#187; asari ham o&#8217;zbek o&#8217;quvchilarining ma&#8217;naviy mulkiga aylangan. As: uchmoqqa qanot yo&#8217;q vale uchgayman [rivoyatlar va ruboiylar], T., 1994; Injular ummoni, T., 1988; Ichindagi ichindadir, T., 1997; Ishq daftari [ruboiylar], T., 2000; Masnaviyi ma&#8217;naviy [6 j.li], 1\u20144j.lar, T., 20022003. Ad.: Fish R., Jaloliddin Rumiy, T., 1986; Jumaev R., Mavlono Jaloliddin Rumiy, T., 2003. Hamidjon Homidov, Ergash Ochilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rumiy Jaloliddin (1207, Balx \u2014 1273, Ko&#8217;nya) \u2014 shoir va mutafakkir. Tasavvufdagi mavlaviya tariqatining asoschisi. Arab, fors va turkiy tillarida ijod qilgan. Otasi Bahouddin Valad Sufiylar va fiqh donishmandi bo&#8217;lgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rumiy-jaloliddin\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-105589","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105589","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=105589"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105589\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":105598,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105589\/revisions\/105598"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=105589"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=105589"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=105589"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}